5-ma’ruza 5-mavzu: quduqni burg’ilashdan olingan materiallarni geologik jihatdan ishlash metodlari
-rasm. Quduqning qiyshayishini bir tekislikdagi qiyshayish holatiga keltirish sxemasi
Download 1.18 Mb.
|
5-maruza
5.10-rasm. Quduqning qiyshayishini bir tekislikdagi qiyshayish holatiga keltirish sxemasi (M.A.Jdanov, 1981)
Shunday qilib, biz quduqni bir qiyshayish tekisligiga keltirib, shu tekislikda uning uzunligi va qiyshayish burchagini aniqladik. Quduq tanasi AV ning gorizontal proektsiyasini kesmaning cho’zilishi va yo’nalishiga shunday parallel qilib joylashtiramizki, bunda quduqning og’zi A kesma chizig’iga o’rnashsin. A nuqtadan yo’nalish chizig’ini va og’ish burchagini, shuningdek, NS merdianini o’tkazamiz (5.11-rasm,I). So’ngra V nuqta yo’nalishga parallel bo’lgan chiziq bo’yicha bu chiziqning kesma yo’nalishi bilan S nuqtada kesishgunga qadar proektsiyalanadi; natijada AVS uchburchagini hosil qilamiz, bunda: =qiyshayish yo’nalishi bilan kesma yo’nalishi orasidagi burchak; yo’nalish azimuti 2 va qiyshayish azimuti 1(=21) farqiga teng bo’lgan burchak; =1800(+) ga teng burchak. 5 .11-rasm. Qiyshaygan quduq holatining qiyshayish tekisligi (I) va kesma tekisligiga (II) nisbati 5.11-rasm, II da ikki qirrali burchak va unda qiyshaygan quduqning M qiyshayish tekisligidagi holati tasvirlangan. V1 nuqtadan AA1 chizig’iga perpendikulyar tekislik o’tkazib, A1V1S1 uchburchagini hosil qilamiz; S1 nuqtani A nuqta bilan tutashtirib p burchagini aniqlaymiz. Bu burchak orqali quduqni va uning uzunligi AS1ni kesma tekisligiga o’tkazish zarur. 5.11-rasm, II dan quyidagilarga ega bo’lamiz: V1A1=AA1tgn; A1S1=tgp. . Chunki bo’lsa, quyidagiga ega bo’lamiz: ; . (5.7) A1S1 ning qiymatini quyidagi nisbatdan aniqlaymiz: AA1=AV1cosi ; AA1=AS1cosp yoki AV1cosi=AS1cosp , bundan bo’ladi. (5.8) Burchaklar kosinuslari nisbatini bilgan holda, ayrim qatlamlarning qalinligini aniqlash mumkin. Qatlamning izlanayotgan og’ish burchagini kesma tekisligida (p) va quduqning uzunligini kesmada (AS1), shuningdek, grafik (chizma) shaklda quyidagicha aniqlash mumkin (5.12-rasm). Quduqning qiyshaygan A1V1 tanasini (bitta qiyshayish tekisligiga keltirilgan) A1 nuqta bo’yicha davom ettiramiz, A1 nuqtada unga perpendikulyar o’tkazamiz. So’ngra V1 nuqtada 900i burchakni tashkil etamiz va uni tiklangan A1 nuqtadan perpendikulyar bilan A nuqtada kesishguncha davom ettiramiz; A nuqtada qiyshayish tekisligining qiyshaygan burchagiga mos keladigan i burchakni hosil qilamiz. SHundan so’ng V1 nuqtada burchagini chizamiz (qatlamni og’ish burchagi) va uning tomonini kesma yo’nalishi bilan S1 nuqtada kesishganga qadar davom ettiramiz; hosil bo’lgan A1S1 bo’lagini A1 nuqtadan qiyshayish yo’nalishi bo’yicha davom ettiramiz va ni hosil qilamiz. S1 nuqtani A nuqta bilan birlashtirib, A nuqtada izlanayotgan p burchakni aniqlaymiz. p orqali kesma tekisligiga quduq tanasi tushiriladi. AC1 bo’lagi quduq tanasining kesma tekisligidagi uzunligini bildiradi. Geofizik ma’lumotlar (elektr va radioaktiv karotaj) hamda kuzatuvlar majmui asosida kesma tuzish metodlari geologik ma’lumotlar bo’yicha kesma tuzish metodiga juda o’xshaydi. Quduqning qiyshayishini hisobga olish uchun yuqorida qayd etilgan metod bilan geofizik
Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling