5-ma’ruza 5-mavzu: quduqni burg’ilashdan olingan materiallarni geologik jihatdan ishlash metodlari


-rasm. Quduqning qiyshayishi inobatga olinmagan holda qatlam ustining mutlaq balandliklaridagi xatoliklar sxemasi


Download 1.18 Mb.
bet8/15
Sana14.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1772361
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
5-maruza

5.9-rasm. Quduqning qiyshayishi inobatga olinmagan holda qatlam ustining mutlaq balandliklaridagi xatoliklar sxemasi (M.A.Jdanov)
Quduqlarning qiyshayish sabablarini aniqlash konda ishlayotgan geologning vazifasi hisoblanadi. Chunki geologik kesma qiyshayib ketgan quduqlardan foydalanib chizilsa, noto’g’ri tayyorlanadi. Agar qatlamlarning yuqoriga ko’tarilishi bo’yicha qiyshayishi sodir bo’lsa, quduq qatlamning ustki qismini D nuqtada (5.9-rasm,a) uchratadi. D nuqtadagi quduqning qiyshayib ketganligi hisobga olinmasligi oqibatida quduqning kam chuqurligini ifodalaydigan D nuqta D1 nuqtaga tegishli bo’lib qoladi, bu esa o’z navbatida kesmaning noto’g’ri tuzilishiga sabab bo’ladi. Quduq qatlamning pastga qarab og’ishi bo’yicha qiyshaygan bo’lsa (5.9-rasm,b), u qatlamning ustki qismini ancha pastda - E nuqtada uchratadi. Bu K nuqtaga tegishli bo’lib, aslida mavjud bo’lmagan strukturaviy muldani kesmada ifodalanishiga olib keladi, chunki qatlam ustki qismining asl holati (vertikal quduqda) F nuqtaga to’g’ri keladi.
Geologik kesma tuzishda quduqning qiyshayganligini o’rganadigan metodni ko’rib chiqamiz. Aytaylik, quduqning qiyshayish paytida uning chetga burilish burchagi va enkayish burchagining azimut qiymati o’zgaruvchan bo’lsin. Bunday paytda quduqning qiyshayishini hisobga olishda, eng avval uning qiyshaygan holatini bir tekislikka tushirish lozim bo’ladi. 5.10-rasm,a da inklinogramma berilgan, ya’ni quduq o’qining proektsiyasi gorizontal tekislikka tushirilgan.
Quduqning og’zi A nuqtada, tubining oxirgi holati esa V nuqtada tasvirlangan. Quduqning qiyshayishini bir  AV tekislikda (soxta) ifodalash uchun ularning ayrim qiyshayish tekisliklarini bir tekislikka joylashtiramiz (5.10-rasm,b). 5.10-rasm,b dan ma’lum bo’lishicha, quduqning qiyshaygan tanasini vertikal tashkil etuvchisi V1V1 hisoblanadi va u ga teng.
qiymatini analitik usulda hisoblaymiz:
(5.4)
xning qiymatini bilgan holda quduqning qiyshayish burchagi n ni bir tekislikka keltiramiz va quyidagi bog’lanish orqali hisoblaymiz:
(5.5)
AV tekislikda (soxta qiyshayish tekisligi) qiyshayish burchagini aniqlab, shu tekislikda quduqning uzunligi AV1 (5.10-rasm,v)ni hisoblab chiqamiz.
(5.6)


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling