5-ma’ruza 5-mavzu: quduqni burg’ilashdan olingan materiallarni geologik jihatdan ishlash metodlari


rasm. Quduqning joylashgan joyining mutlaq balandligi bilan kesmaning mutlaq balandligi orasidagi farqiga tuzatish kiritish sxemasi


Download 1.18 Mb.
bet7/15
Sana14.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1772361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
5-maruza

5.8 rasm. Quduqning joylashgan joyining mutlaq balandligi bilan kesmaning mutlaq balandligi orasidagi farqiga tuzatish kiritish sxemasi (M.A.Jdanov, 1981)
OPR uchburchagidan RP=OP sos bo’lgani uchun tuzatishning oxirgi qiymati .(5.3) bo’ladi
5.3. ifoda bo’yicha hisoblangan tuzatishni quduqni R nuqtaga tushirishda quduq og’zining mutlaq balandligidagidan ayrib tashlash kerak, chunki quduq hisoblab chiqilgan tuzatishga ko’ra qatlamning enkayishi bo’yicha pastga joylashtiriladi.
Shuni nazarda tutish zarurki, kesma chizig’iga tushirilmagan quduqlardan foydalanib tuzilgan kesma ushbu yo’nalish bo’yicha kesimning o’zgarish qonuniyatlarini aniqlab beraolmaydi.
5.3.2. Geologik kesma tuzishda quduqning qiyshayishini hisobga olish


Quduqning qiyshayishi deganda vertikal yoki qiya yo’nalgan quduqlarning loyihada ko’rsatilgan holatidan og’ishi tushuniladi. Ma’lum bir nuqtada qazilayotgan quduqning vertikaldan og’ishi deb, uning yo’nalishini yer yuzasi tomonlari (sharq, g’arb, shimol, janub)ga nisbatan qiyshayib ketishi tushuniladi. U og’ish burchagi (zenit burchagi ) va og’ish azimuti (quduq azimuti ) bilan tavsiflanadi. Og’ish burchagi 900   bilan aniqlanadi va quduqning qiyshayish burchagi deb yuritiladi va  bilan belgilanadi. Og’ish burchagi  quduq tanasi o’qining gorizontal tekislikka nisbatan og’ganini bildiradi. Og’ish azimuti loyihada ko’rsatilgan yo’nalish va quduq tanasining o’lchangan nuqtasidagi o’qining gorizontal tekislikka proektsiyasi orasidagi burchak orqali belgilanadi. Og’ish azimuti haqiqiy, magnitli yoki shartli bo’lishi mumkin.
Quduqlar quyidagi sabablarga ko’ra qiyshayishi mumkin:
1) vertikal yo’nalishda burg’ilanayotgan quduqlarning og’ishi quduq tubi maydonining turli yo’nalishlarda notekis etishi natijasida yuz beradi. Qiya yo’nalgan quduqlarning qiyshayishiga esa quduq tubi maydoni aylanasi va devorlari bo’ylab notekis joylanishi sabab bo’ladi; 2) quduq tubidagi jinslarning ma’lum bir geologik va texnologik sharoitlarda notekis maydalanishi; 3) qiya yo’nalgan quduqlarni burg’ilashda burg’ilash uskunasining og’irligi ta’sirida quduq devorlarining notekis buzilishi; 4) burg’ilash uskunasining tag qismi o’qining quduq o’qiga mos kelmasligi; 5) vertikal yo’nalgan quduqlarning qiyshayishiga ta’sir etadigan geologik sharoitlar; 6) texnik sharoitlar va h.k. ham quduqlarning qiyshayishiga sabab bo’ladi.




Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling