5-ma’ruza Axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari. Elektron tijorat tizimlari va elektron raqamli imzo. Virtual laboratoriyalar va ular bilan ishlash
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Chuvalchanglar" va "Troya otlari"
- "Troya" dasturlari
- Yuklanuvchi
- Makroviruslar
Kompyuter viruslarining turlari
Kompyuter viruslari - foydalanuvchining ixtiyorisiz kompyuterga kirib, u yerda ko‘zda tutilmagan har xil o‘zgartirishlar qiluvchi va o‘z-o‘zini ko‘paytiruvchi dasturdir. Kompyuter viruslari zararli kodlar deb nomlanuvchi katta dastur sinflarining bir ko‘rinishi bo‘lsa-da, lekin ularni bir xil deb bo‘lmaydi. "Chuvalchanglar" va "Troya otlari" zararli kodlar turkumiga kiradi. Ular kompyuterda ko‘paya olmasligi jiqatidan viruslardan farq qiladi. "Chuvalchang" dasturi kompyuter tarmoqlari orqali tarqaladi va kompyuterda ko‘paymasdan, balki uning o‘rniga foydalanuvchi ixtiyorisiz, masalan elektron pochta orqali o‘z dasturini yuboradi. "Troya" dasturlari umuman tarqala olmaydi, kompyuterga yo o‘z sohibi yoki undan o‘g‘rincha foydalanuvchi shaxs tomonidan tushiriladi. Odatda, ular zarur yoki qiziharli ma'lumot yoxud dastur ko‘rinishida bo‘ladi. Masalan, ular foydalanuvchiga elektron pochta orqali xat, fayl ko‘rinishida keladi va uni yuklashni so‘raydi, fayl yuklanishi bilan dastur kompyuterga kiradi va foydalanuvchi xoqlamagan har xil xarakatlarni bajaradi. Masalan, kompyuterni zararlab, undagi kerakli ma'lumotlarni o‘z muallifiga yuborishi mumkin. Birinchi guruq viruslari uchga: faylli, yuklanuvchi va makroviruslarga bo‘linadi. Eng ko‘p tarqalgan dastlabki kompyuter viruslari faylli viruslardir. Ular operasiyaviy tizim fayllari va kataloglarida joylashgan. Masalan, "overwriting" ("Ustidan yozish") shunday viruslardan bo‘lib, ular, kompyuterga tushgandan keyin zararlangan fayl kodi o‘rniga o‘z kodini yozib, mavjud ma'lumotlarni yo‘qotadi. Albatta, bunday holda fayl ishlamaydi va uning ichidagilarni qayta tiklab bo‘lmaydi. Ular anchagina soddaligidan o‘zini tez oshkor etib qo‘yadi. Faylli viruslarning boshqa turi, ya'ni parazit turi xam mavjud. Bunday viruslar zararlangan fayllar ish faoliyatini tupik yoki qisman saqlab qolsa-da, biroq ularning ichidagilarni o‘zgartirib yuboradi. Masalan, ular o‘zini faylning boshi, o‘rtasi yoki oxiriga yozishi mumkin. "Cavity" ("bushlik") viruslari o‘z kodini faylda ishlatilmaydigan ma'lumotlar o‘rniga yozadi. "Companion" ("og‘ayni") viruslari esa undan ham ayyor. Ular faylni o‘zgartirmay, uning nusxasini yaratadi, fayl yuklanganda boshharuvni fayl nusxasi, ya'ni virus o‘z qo‘liga oladi. Yuklanuvchi viruslarning ishlash tarzi operasiyaviy tizim algoritmini ishga tushirishga asoslangan. Bu viruslar disketalarning yoki qattiq disklarning yuklanuvchi sektorini (boot- sektor) - diskning maxsus qismida joylashgan kompyuterning boshlang‘ich yuklanuvchi dasturini zararlaydi. Agar yuklanuvchi sektor ma'lumotlarini o‘zgartirsa, kompyuter yuklanmasligi mumkin. Makroviruslar - kompyuter viruslarining bir turi bo‘lib, ular makrotillar yordamida vujudga keladi. Ko‘pgina ofis ilovalarida Word, Excel, Access, Power Point, Project, Corel Draw kabi makrotillar mavjud. Makrotillar ofis dasturlarida ish unumini oshirish uchun maxsus dasturlar tuzishda ishlatiladi. Masalan, Word dasturida faksda yuboriladigan hujjatlarni to‘ldirish va yuborish jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha maxsus dastur (makros) yaratish mumkin. Ma'lumotlarni kiritib tugmachani bosishgina foydalanuvchining zimmasida, qolgan barcha ishlarni makrosning o‘zi bajaradi. Darvoqe, kompyuterga yaxshi makroslardan tashqari, yomon makroslar ham kirishi mumkin, ular foydalanuvchi ruxsatisiz o‘z nusxalarini yaratishi, qujjatlarda gi ma'lumotlarni o‘zgartirishi, fayllarni yoki kataloglarni o‘chirishi ham mumkin. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling