5-ma’ruza: Marketingni ichki va tashqi muhiti Reja


Download 36.89 Kb.
bet6/10
Sana08.06.2023
Hajmi36.89 Kb.
#1465360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5 2 soat

Tabiiy muhit jamiki landshaft (manzara) va atrof-muhitning ifloslanishi quyidagi holatlarga bog‘liq:
xom ashyoni ratsional ishlatish darajasi;
qayta ishlab chiqarishga imkonsiz tabiiy resurslardan foydalanish miqdori;
butunlay yo‘q bo‘lish oldida turgan hayvonlar soni;
ozon qatlamining kamayishi va natijada «issiqxona taassuroti» vujudga kelishi.
Yo‘nalishlarning har bir muayyan ko‘rsatkichlari orqali atrof-muhitning u yoki bu tomonini tasniflash mumkin. Shu bilan birga bular marketing kuchlarining ta’sirotiga ham ega.
Umumiy yondoshuv jihatdan tabiiy muhitning o‘zgarishi quyidagi omillar atrofida ro‘y beradi: xom ashyoning tanqisligi (defitsit), energiyaning qimmatlashishi, atrof-muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslarning davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi.
Marketing nuqtai nazaridan hozirgi sharoitda suv, oziq-ovqat, yog‘och, neft, ko‘mir hamda ayrim mineral turlarini ishlatishda oqilona yondoshuv qo‘llanishi katta ahamiyatga ega. Energiyaning qimmatlashishi, avvalo, neft qazish ishlari bilan bog‘liq. Ma’lumki, ularning zaxiralari cheklangan va keyingi qazish jarayonlari -yildan-yilga yirik investitsiyalarni talab etmoqda. Boshqa (alternativ) energiya turlarini topish borasida muhim izlanish va tadqiqotlar olib borilmoqda. Gap quyosh, yadro, shamol va boshqa energiya manbalari to‘g‘risida borayotir.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ekologiya qonunchiligi doimo takomillashtirish va o‘ta talabchanlik tendensiyasiga ega. Demak, bu sharoitda atrof-muhitni himoya qiluvchi standartlarga rioya qilgan firmalar muammolarni yechish maqsadida kam kuch va vosita sarflanadigan yo‘l va imkoniyatlarni amaliyotga jalb etishlari muqarrar.
Bozor kon’yunkturasi ko‘p tomondan demografik tavsiflar va aholi shakllanishining asosiy tendensiyalari bilan belgilanadi. Bunda shaxsiy iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning rivojlanishi va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar bozoridagi o‘zgarishlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kuzatiladi.
O‘zbekiston ko‘p millatli davlat bo‘lib hisoblanadi. Unda 100 dan ortiq millat va elatlar yashaydi, aholisi esa 25 mln. ga yaqin. Ulardan o‘zbeklar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ahalining 60% idan ko‘pi qishloqlarda yashaydi. 1991 -yildan 1998 -yilgacha aholi soni 12,9%ga oshdi. Aholining umumiy sonidagi qishloq aholisining salmog‘i 59,9%dan 62,1%gacha o‘sdi. Aholining ko‘payishi, milliy miqyosda, 2,3%dan 1,7 %gacha pasaydi, qishloq joylarida esa — 3,3%dan 2,1%gacha. Tug‘ilishning nisbatan yuqori darajasi aholining demografik tarkibiga o‘z ulushini qo‘shmoqda, undagi 16 yoshga kirgan aholining ulushi 42,8%ni tashkil qiladi. Bu esa ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabning o‘sib borishi va yaqin kelajakda mehnat bozoridagi yosh bitiruvchilar sonining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda (Professional ta’lim va o‘qitish tizimining axborotnomasi. 1998 -yil. Milliy kuzatash. Yevropa o‘qitish fondi. Toshkent. O‘zbekiston).

Download 36.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling