5-ma’ruza: Marketingni ichki va tashqi muhiti Reja
Download 36.89 Kb.
|
5 2 soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iste’molchilar
- Vositachilar
- Davlat va jamoat muassasalarining mansabdor yoki javobgar shaxslari
Raqiblar mazkur firma faoliyat yuritayotgan bozorlarda xuddi shunday mahsulotni ishlab chiqarib qatnashadigan korxonalar (kompaniyalar)dan iborat. Kurash haqqoniy yoki g‘irrom raqobat shartlari asosida amalga oshiriladi. Birinchi holda tannarxning pasayishi, mahsulot sifatining oshishi, firmaning obro‘izzatini ko‘tarish, qo‘shimcha xizmatlar sektorini kengaytirish va zamonaviy marketingning boshqa usullari qo‘llanadi, ikkinchisida — demping, korrupsiya, shantaj, xom ashyodan, ish kuchidan, ta’minotchilardan mahrum qilish va hokazo Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida raqobatchilikni g‘irrom usullar bilan olib borish qonun tomonidan man etilgan.
Iste’molchilar — mazkur firma mahsulotining haridorlari hisoblanadigan jismoniy va huquqiy shaxslar (fuqarolar, oilalar, firmalar, jamoat tashkilotlari va davlat muassasalari). Iste’molchilar o‘rtasidagi katta farqqa qaramay, ularda umumiy xususiyatlar bor. Ular marketing maqsadlariga bog‘liq holda maqsadli guruhlarga birlashtirilishi mumkin bo‘lgan jins, yosh, malaka, ehtiyojlar tarkibi, daromadlarni belgilaydi. Umuman, bozordagi xatti-harakatlari strategiyasi jihatidan bir-biridan ancha farq qiladigan iste’molchilarning besh turi farqlanadi. Bular yakka iste’molchilar, oilalar yoki uy xo‘jaliklari, vositachilar, ta’minotchilar, davlat va jamoat tashkilotlarining mas’ul shaxslari yoki xodimlaridir. Salmoqli qismini yakka iste’molchilar tashkil etadi, ya’ni aholining tovar va xizmatlarni faqat o‘zining shaxsiy foydalanishi uchun sotib oladigan qismi. Oilalar yoki uy xo‘jaliklari asosan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini harid qiladilar. Miqyoslariga va haridlarining hajmiga ko‘ra ular ham iste’molchilarning asosiy turiga kiradi. Vositachilar ancha professional haridorlardir, zero, ular tovarlarni asosan qayta sotish maqsadlarida sotib oladilar. Shu bilan bog‘liq holda ular tovar narxiga, uning o‘ramiga, saklanish muddatlari kabi omillarga ko‘proq e’tibor beradilar. Firmalarning xodimlari bo‘lgan ta’minotchilar moddiy-texnika ta’minoti uchun tovarlarni sotib oladilar, bunda ular e’tiborining markazida tovarning narx va miqdoriy tavsifi, transport harajatlari, ishlab chiqaruvchining obro‘i, mijoz istagiga reaksiyaning tezligi, to‘lovni kechiktirish imkoniyati kabi ko‘rsatkichlar turadi. Davlat va jamoat muassasalarining mansabdor yoki javobgar shaxslari o‘zlarinikini emas, balki jamoat mablag‘larini sarflaydilar. Ishlab chiqaruvchini tanlashda ular, eng avvalo, ishonchlilik, qonunga rioya qilishlik, shuningdek, shaxsiy aloqalari sharoitlaridan kelib chiqib yo‘l tutadilar. Download 36.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling