5-ma’ruza: Marketingni ichki va tashqi muhiti Reja


Download 36.89 Kb.
bet8/10
Sana08.06.2023
Hajmi36.89 Kb.
#1465360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5 2 soat

Ta’minotchilar — bu kelishilgan shartnomalarga ko‘ra firmani xom ashyo materiallari, jihozlar va texnik vositalar, komplektlovchi mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolar bilan ta’minlab turuvchi korxonalar. Ular uch turga bo‘linadi: eksklyuziv, qonunqoidaga rioya qiladigan va chetki. Birinchilari — faqat mazkur firma bilan hamkorlik qiladilar, ikkinchilari — firmaga ham, uning raqiblariga ham xizmat qo‘rsatadilar, uchinchilari — faqat raqobatchilar bilan ishlaydilar. Tabiiyki, eksklyuziv ta’minotchilarga yetarlicha katta hajmdagi faoliyat sohasiga ega bo‘lgan, bunday ta’minotchiga barqaror ishni ta’minlay olgan firma ega bo‘lishi mumkin. Qonunqoidaga rioya qiladigan ta’minotchilarga kelganda esa, ular bilan yaqin munosabatlarni saqlab turish kerak, chunki ular firma haqida ham, uning raqiblari haqida ham boy axborot manbai bo‘lib maydonga chiqishi mumkin.
Ta’minot tizimining tashkil etilishi jiddiy ravishda marketing jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi va resurslarning kamchiliga, tovar jo‘natishdagi uzilishlar, albatta, sotish hajmiga va pirovard korxonaning izzatobro‘iga ziyon keltirishi mumkin.
Vositachilar — mahsulotlarni sotish va siljitishda firmalarga yordam beruvchi bozor (kompaniya) sub’ektlari. Shu bilan bir qatorda ular firma haqida va o‘zlari haqida ma’lumot tarqatish bilan shug‘ullanadilar. Vositachilar savdo va transport tashkilotlari, reklama va marketing agentliklari, sotish bilan shug‘ullanuvchi firmalar va moliya tashkilotlari bo‘lishi mumkin.
Savdo korxonalari, birinchidan, taqsimot kanallarini aniqlashda va, ikkinchidan, mijozlarni shakllantirishda ko‘maklashadilar. Moliya vositachilari sifatida banklar, kredit va sug‘urta kompaniyalari va boshqa moliya bitimlarini tavakkalchilikdan sug‘urtalash ishlarini olib boruvchi tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Mijozlar bilan xushmuomala munosabatda bo‘lish uchun korxona zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘llashdan tashqari yana marketing vositachilari bilan samarali hamkorlikda bo‘lishi shart.

Download 36.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling