5-ma’ruza: Marketingni ichki va tashqi muhiti Reja
Xalqaro marketing muhitining xususiyatlari
Download 36.89 Kb.
|
5 2 soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘arbda ishlab chiqarish, Sharqda sotish
- Sharqda ishlab chiqarish, G‘arbda sotish
- Sharqda ishlab chiqarib, shu yerning o‘zida sotish
Xalqaro marketing muhitining xususiyatlari asosan ayirboshlash (almashinish) jarayonlarini murakkablashtirayotgan to‘siqlarni yo‘qotishdan iborat. Turli xil iqtisodiyotlar va mamlakatlar o‘rtasida qiyosiy ustunliklarni qayta taqsimlash ro‘y beradi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar (dastavval, JanubiSharqiy Osiyoda), shuningdek, Sharqiy Yevropa mamlakatlari ko‘rinishidagi yangi raqiblar paydo bo‘ldi. Ular ilgari g‘arbiy mamlakatlar hukmron bo‘lgan iqtisodiyotning qator bazaviy sektorlariga (po‘lat, kimyo, to‘qimachilik mahsulotlari) nisbatan qulay o‘rinlarga chiqib oldilar. Yevropa hamjamiyati asosiy sanoat mahsulotlari (avvalo xom ashyo va materiallar) bozorlarida Sharqiy Yevropa mamlakatlarining faolligini seza boshladi. An’anaviy rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo‘lgan raqobat ular chegaralaridan chiqib ketib, haqiqiy global tus oddi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, MDH ga nisbatan G‘arb mamlakatlari tomonidan uchta asosiy marketing konsepsiyasi qo‘llaniladi: 1. G‘arbda ishlab chiqarish, Sharqda sotish — bu konsepsiya Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlarida haligacha mavjud bo‘lgan tovar defitsitiga asoslanadi va foydani olib chiqish va valyuta konvertatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina muammolarga qaramay keng tarqalgan. Bu yerda G‘arb ishlab chiqaruvchilari va vositachilari tomonidan nafaqat tovarlarning va ishlab chiqarishning yuqori sifati, balki marketing afzalliklari ham maydonga chiqadi. 2. Sharqda ishlab chiqarish, G‘arbda sotish — bu konsepsiya ko‘pgina G‘arb kompaniyalari uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu kompaniyalar Sharqiy Yevropa va MDHdan G‘arbda sotish uchun ishlab chiqarish ba’zasi sifatida foydalanish, malakali Sharqiy Yevropa ish kuchini ekspluatatsiya qilish va mavjud marketing kanallari yordamida mahsulotlarni sotish kabi yo‘llar bilan ta’minlangan. Bundan kelib chiqadiki, xalqaro savdo tizimiga kirish uchun bozorlarni ochish emas, balki yangi industrial mamlakatlar singari G‘arb firmalari bilan kurasha oladigan yangi raqobatbardosh sohalarning paydo bo‘lishi eng muhim ahamiyat kasb etadi. 3. Sharqda ishlab chiqarib, shu yerning o‘zida sotish — bu konsepsiya G‘arb biznesi uchun ma’lum qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi, chunonchi: yuqori sifatli xom ashyoning yetishmasligi, byurokratik kelishuvlarning murakkabligi, narxlashtirish mexanizmining samarasizligi va, ayrim hollarda, bozor imkoniyatlaridan foydalanishda ko‘zda tutib ish qilishning nuqsonlari. Bunga qaramay, ishlab chiqarish va sotish strategiyasi ko‘pgina G‘arb firmalari tomonidan faol amalga oshirilyapti. Masalan, Markaziy Osiyo bozori o‘z miqyoslari bilan eng yirik ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan, kir yuvish vositalari, tish pastasini chiqaradigan «Prokter end Gembl» va «Koka-kola» kompaniyalarini, «Nestle» konserni va boshqalarni qiziqtirib qoldi. Korxona to‘xtovsiz tashqi kuch va omillar ta’siroti ostida o‘z faoliyatini olib boradi. Ba’zi hollarda ular maqbul imkoniyatlarni, boshqa hollarda esa xavf-xatarni sodir qiladilar. Shu bois aytish mumkinki, korxona peshqadamligining istiqboli tovar va xizmatning tegishli marketing muhitiga mosligi bilan ifodalanadi 11-chizmada korxona makro-muhitining asosiy omillari keltirilgan. Download 36.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling