Aloqalar o‘rnatiluvchi auditoriya — mohiyatan bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish niyatini bildirgan shaxslarning muayyan guruhi. Ular quyidagi tiplarga bo‘linadilar:
ichki (mehnat jamoasi, kasaba uyushmalari, aksionerlar, menejerlar, direktorlar kengashi);
mahalliy (atrofda yashovchi aholi, mahalla qo‘mitalari, faxriylar kengashi, «Nuroniy» jamg‘armasi);
davlat muassasalari (davlat idoralarining mansabdor shaxslari, soliq va statistika idoralarining, ijtimoiy jamg‘armalar, yong‘in inspeksiyalari, sanitarepidemiologik nazorat idoralarining xodimlari va hokazo);
moliyaviy doiralar (bank xodimlari, auditorlar, moliyachilar, moliyaviy va investitsion maslahatchilar);
ommaviy axborot vositalari (muxbirlar, reklama, iqtisodiyot, biznes bo‘limlarining, gazetalar, jurnallar, televideniye va radio, axborot va tahliliy agentliklar xodimlari);
fuqarolik guruh harakatlari (ekologik harakatning iste’molchilar assotsiatsiyalari, sog‘lom hayot tarzi harakatining faollari va yuristlari);
keng jamoatchilik (ekspertlar, siyosatchilar, sportsmenlar, artistlar, rassomlar, musiqachilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |