5-ma’ruza: Marketingni ichki va tashqi muhiti Reja
Marketingni ichki va tashqi sohasi tushunchalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi
Download 36.89 Kb.
|
5 2 soat
Marketingni ichki va tashqi sohasi tushunchalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi.
Marketingning atrof-muhiti, umuman bozor kon’yunkturasiga va xususan firma faoliyati, shu jumladan, bozorning boshqa sub’ektlariga bevosita ta’sir etuvchi kuchlar va omillar yig‘indisidan iborat. Muhit doimiy o‘zgarishda, ya’ni u yoki bu salbiy yo ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli, uni tizimli o‘rganish, alohida jarayonlarni va ularning o‘zaro aloqasini kuzatish zaruriyati marketing tadqiqotlari jarayonida juda muhim tadbir bo‘lib hisoblanadi. Hatto muhitning arzimas o‘zgarishiga e’tibor bermaslik yoki nazoratni susaytirish firmaning va bozorning boshqa sub’ektlari ishida juda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun korxona marketologlarining muhit doirasida bo‘layotgan o‘zgartirishlarni alohida va mas’uldorlik bilan kuzatib borishlari nazarda tutiladi. Boshqalarga qaraganda ular yangi tendensiyalarni kuzatib qulay imkoniyatlarni topishlari lozim, chunki ular ixtiyorida maxsus marketing instrumentlari, ya’ni marketing tadqiqotlari mavjuddir. Odatda, makro va mikro-muhit farqlanadi. Makro-muhit yoki tashqi sharoitlar omillari asosan tizimli, umumiy bozor doirasidagi omillardan iborat. Bu yerga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, demografik, geografik, milliy, ilmiy-texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va boshqa harakterdagi ta’sirlarning keng spektri kiradi. Mikro-muhit yoki ichki sharoitlar omillari firmaning faoliyati va uning imkoniyatlariga bevosita tegishli. Mikro-muhitning asosiy qismi firma boshqaruvining nazorati ostida bo‘ladi (faoliyat sohasini aniqlash, kadrlarni tanlash, xodimlar malakasining umumiy darajasi va marketing madaniyati, maqsadli bozorlar (segmentlar)ni, tovarlar harakatining yo‘llarini tanlash, raqobat kurashida strategiyalarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini yechish). Shunday qilib, mikro-muhitni o‘rganish bozorning aniq sub’ektiga nisbatan qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi, undan farqli ravishda makro-muhit esa marketing va bozor sub’ektlari, mamlakat va xalq iste’moli tovarlari sohalari uchun umumiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Download 36.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling