5-Ma’ruza: Sanoat va xo‘jalik yo‘llari
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
5-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arqon yo‘llar
- Arqon yo‘llari konstruksiyalari
Kon yo‘llari Kon yo„llari sanoat korxonalari konlarida, ochiq yoki yopiq turdagi karerlarida quriladi va foydalaniladi. Kon yo„llaridan maxsus konlarda ishlovchi texnikalar harakatlanadi. O„zbekistonda Navoiy, Angren tog„ metallurgiya kombinatlarida kon yo„llaridan foydalanishadi. Sanoat korxonalari kon yo„llari ikki xil ko„ndalang kesimda loyihalanadi:suv qochirish tizimi yopiq tarzda – bordyur bilan, ochiq holatda – yo„l yoqasi bilan. Maydon ichidagi avtomobil yo„llari ko„ndalang kesimlari qurilish bosh rejasiga binoan belgilanadi, bunda alohida ravishda vertikal rejalashtirish va suv qochirish tizimlari qabul qilinadi. Yo„l ko„ndalang kesimini turini tanlashda qatnov qismidan qor, axlat va yomg„ir suvlarini tozalash sharoitidan kelib chiqib tanlanadi. Kon yo„llari ko„ndalangkesimlari asosiy turlari, ular supachada joylashganda quyidagi ko„rinishda bo„ladi: 54-rasm. Kon yo„llari yo„l poyi tuzilmasi a – qoya va sizuvchi gruntlarda; b – gilli gruntlarda; 1 – ariqcha orti taxti; 2 - lotok; 3 – yo‘l yoqasi; 4 - ariqcha; 5 - mustaxkamlangan lotok; 6 – tuproq vali; 7 – o‘piriladigan prizma; 8 – yo‘l cheti qattiq qoplamasi; h z – gilli gruntni sizuvchi gruntga almashtirish qatlami qalinligi; i k – korыta tubi qiyaligi; n – tuproq vali balandligi; b – qatnov qismi kengligi. 55-rasm. Kon yo„llari http://maxi-exkavator.ru/articles/trucks/~id=407http://maxi- exkavator.ru/articles/trucks/~id=407 Arqon yo‘llar Osma arqon - yo„llari sanoatning ko„p sohasida ishlatiladi. Ayrim xollarda ular 20 km gacha bo„lgan masofada sochiluvchan materiallar (qum, shag„al, ruda) tashishda, ayniqsa tog„lik joylarda avtomobil va temir yo„l transporti bilan raqobatlashadi. Arqon yo„llar – yuk va yo„lovchilarni tashishda qo„llaniladigan, vagon, vagonchalar, kabinalar yoki kresellarni harakatga keltirish uchun qurilgan osma troslarda harakatni yuzaga keltiruvchi, tayanch yoki ko„tarma-tayanchli yo„llar bo„lib, bunda vagon yoki kabinalar erga tegmasdan osma holatda qo„zg„aladi. 56-rasm. Bolalar maydonchasidagi oddiy arqon yo„l Yo„lovchi tashuvchi arqon yo„llar o„tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 2000 kishiga, yuk arqon yo„llarida soatiga 1000 tn gacha etishi mumkin. Eng uzun arqon yo„llari Shvetsiyada bo„lib, uning uzunligi 96 km ga etadi. Dunyodagi eng uzun sanoat arqon yo„li Moande (Gabon)da bo„lib, uzunligi 76 km. Ushbu arqon yo„li 1959-1962 yillarda qurilgan. O„zbekistonda arqon yo„li “SHarg„un” shaxtasida qurilgan bo„lib, uzunligi 21 km. Turizm maqsadidagi arqon yo„li “Chimyon” dam olish pansioanatida qurilgan. 57-rasm. Arqon yo„llari 58-rasm. Arqon yo„llari konstruksiyalari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling