5-Ma’ruza: Sanoat va xo‘jalik yo‘llari


Xo‘jalik yo‘llaridagi muxandislik qurilmalari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1525661
1   2   3   4
Bog'liq
5-ma\'ruza (1)

Xo‘jalik yo‘llaridagi muxandislik qurilmalari 
O„zbekiston 
Respublikasi 
hududida 
foydalanishdagi 
etti 
guruhdagi: 
ogoxlantiruvchi, imtiyoz, ta‟qiqlovchi, buyuruvchi, axborot-ko„rsatuvchi, servis, 
qo„shimcha axborot yo„l belgilari Venada 1968 yil qabul qilingan yo„l belgilari 
Konvensiyasiga va bu Konvensiyani to„ldiruvchi Jenevadagi 1971 yil Evropa 
kelishuvi talablariga to„liq mos keladi. 
Yo„l to„siqlari qo„llanish sharoitlariga qarab ikki guruhga bo„linadi. Birinchi 
guruhga «barer» konstruksiyali (balandligi 0,75 m dan kam bo„lmagan) va 
devorsimon («parapet» shaklidagi balandligi 0,6 m dan kam bo„lmagan) yo„l 
to„siqlari kiradi. Bu guruhidagi to„siqlar transport vositalarini yo„l poyida, 
ko„priklarda, yo„l o„tkazgich joylarida ushlab qolish va qarama-qarshi tomondan 
harakatlanayotgan transport vositalari to„qnashuvining oldini olish hamda yo„l 
mintaqasida joylashgan har xil predmetlarga (yoritgich, ko„prik tayanchlari, daraxtlar 
va h.k.) kelib urilishidan saqlash uchun o„rnatiladi. 
Ikkinchi guruh to„siqlariga setkalar, har xil panjaralar (balandligi 0,8-1.5 m) 
kiradi. Ulardan piyodalarning harakatini tartibga solish va hayvonlarning yo„l qatnov 
qismiga chiqishining oldini olish maqsadida foydalaniladi. 
Yo„naltiruvchi qurilmalar avtomobil yo„llarida keng foydalaniladi. 
Yo„naltiruvchi qurilmalarga quyidagilar kiradi: 
- yo‘naltiruvchi ustunchalar; 


- sun’iy yoritgichli tumbalar; 
- xavfsizlik orolchalari. 
Agarda ularga yo„l belgi chiziqlari yoki nur qaytaruvchi plenkalar 
yopishtirilgan bo„lsa, yo„naltiruvchi qurilmalar vazifasini (ayniqsa kechasi) yo„l 
to„siqlari ham bajarishi mumkin. 
Yo„naltiruvchi qurilmalar yo„l yoqasining chetini, xavfli to„siqlarni kechasi va 
yomon sharoitlarda ko„rinishini ta‟minlashi uchun qo„llaniladi. 
Yo„naltiruvchi ustunchalar avtomobil yo„llarining yoritilmaydigan uchastkalarida 
yo„l to„siqlari o„rnatilmaydigan hollarda quyidagi joylarda o„rnatiladi: 
Yo„naltiruvchi ustunchalar yo„l yoqasining chetidan 0,35 m kam bo„lmagan 
masofada va yo„l qatnov qismining chetidan 0,75 m kam bo„lmagan masofada yo„l 
yoqasiga joylashtirilib, ularning balandligi 0,75

0,8 m belgilanadi (33-rasm). 
Nazorat savollari 
 
1. Sanoat yo„llari haqida qanday tassavurga egasiz?
2. Arqon yo„llar qaerlarda quriladi? 
3. Sanoat yo„llarining bajaradigan vazifalari nimalardan iborat?
4. Kon yo„llarini vazifalari nimadan iborat?
5. Arqon yo„llar haqida nimalarni bilasiz?
6. Xo„jalik yo„llari va ularga qo„yilgan talablar nimalardan iborat?
7. Xo„jalik yo„llarining elementlari xaqida tushuncha bering?
8. Xo„jalik yo„llaridagi muxandislik qurilmalari haqida nima bilasiz? 
9. Xo„jalik yo„llarida yo„l belgilarini o„rnatish talablari qaysi hujjatda keltirilgan?

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling