5-Ma’ruza: Sanoat va xo‘jalik yo‘llari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1525661
  1   2   3   4
Bog'liq
5-ma\'ruza (1)



5-Ma’ruza: Sanoat va xo‘jalik yo‘llari 
 
Reja 
1. Sanoat yo„llarining bajaradigan vazifalari.
2. Kon yo„llari.
3. Arqon yo„llar.
4. Xo„jalik yo„llari va ularga qo„yilgan talablar.
5. Xo„jalik yo„llarining elementlari.
6. Xo„jalik yo„llaridagi muxandislik qurilmalari.
Tayanch so‘zlari: sanoat yo„llari, kon yo„llari, osma kanat, quvr o„tkazgich 
transporti. 
Sanoat yo‘llarining bajaradigan vazifalari 
Sanoat korxonasi avtomobil yo„li - sanoat yo„llari - sanoat yoki boshqa 
korxona (tashkilot) balansi (hisobi)da turuvchi, uning ishlab chiqarish, texnologik 
tashishlariga xizmat ko„rsatuvchi, uning hududidagi va unga kirish yo„li. SHu 
korxonaning ishlab chiqarish, texnologik talablari asosida loyihalanadi. 
Sanoat yo„llarida har xil yuklarni tashish bilan birgalikda mahsulotlarni 
iste‟molchiga etkazib berishda va mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etadi. 
Mujassamlangan «sanoat transporti» tushunchasi sanoat, qurilish, qishloq xo„jaligi va 
boshqa korxonalarga xizmat ko„rsatuvchi umum foydalanilmaydigan transport 
vositalarini anglatadi. Sanoat yo„llari joylashishi va vazifalariga ko„ra tashqi va 
korxona ichi sanoat yo„llariga bo„linadi. 
Tashqi sanoat yo„llarida korxonaga 
keltirilgan xom-ashyo, yarimfabrikat yonilg„i va boshqa turli buyumlarni umum 
foydalanadigan magistral transportidan korxona ichiga va tayyor mahsulotlar hamda 
bo„shagan vagonlarni magistral transport yo„llarigacha tashish bilan shug„ullanadi. 
Korxona ichi sanoat transporti xom-ashyo yarimfabrikatlar, turli xil detallar
yonilg„i va boshqa buyumlarni omborxonalardan sexlarga, sexlararo va sex ichida 
tayyor buyumlarni esa sexlardan omborxonalarga tashish bilan shug„ullanadi. 
Sanoat yo„llari undagi transport turiga qarab, temir yo„l, avtomobil yo„l, suv 
yo„li, quvur o„tkazgich va maxsus (osma arqon yo„l va h.)lar kompleksi yoki ulardan 
ayrimlari bo„lishi mumkin. Bundan tashqari unga sexlar ichi, sexlararo ishlovchi turli 
konveyer va transporterlar, elektr yoki avtomobil, yuk karralari harakatlanadigan 
yo„llar kiradi.
53-rasm. Sanoat yo„llari 
Tashqi sanoat transportining asosini temir yo„l va avtomobil transporti tashkil 
etadi, ular hisobiga 80% yuk to„g„ri keladi. Sanoat yo„llari shaxobchalari uzunligiga 
qarab quyidagiga bo„linadi: 1 km gacha - 58%, 1 - 5 km gacha - 30%, 5-10 km gacha 


- 6%, 10 km dan ortiq - 6%. Qazib oluvchi sanoat amaliy ishida temir yo„l va 
avtomobil transporti keng qo„llaniladi: temir yo„l toshko„mir ochiq konlarida, 
avtomobil - rangli metall va tog„-kimyo, xom-ashyosi konlarida. Sanoat yo„llarini 
rivojlantirishning asosiy yo„nalishlaridan biri konveyer yo„llarini rivojlantirishdir.
Sanoat avtomobil yo„llari tasnifi: YUk tig„izligi bo„yicha - 1 mln.t. netto bir 
yilda va undan ko„p - III p - turkum. 1 mln.t. netto 1 yilda - IV p turkum. 
Engil avtomobilga keltirilgan harakat miqdoriga qarab: 2000 avt./sut va ko„p - 
III p. 2000 avt./sut kam. -IV p. Turkum. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling