CHeklar bilan hisob-kitob qilish (O‘zbekiston FuqarolikKodeksining 807-816 moddalari). CHek – mohiyatiga ko‘ra belgilangan shakl va zaruriy rekvizitlariga ega bo‘lgan, mulkiy xuquqni tasdiqlovchi xujjatdir. CHek bo‘yicha to‘lovlar chek taqdim etilganida ijro etiladi. - CHeklar bilan hisob-kitob qilish (O‘zbekiston FuqarolikKodeksining 807-816 moddalari). CHek – mohiyatiga ko‘ra belgilangan shakl va zaruriy rekvizitlariga ega bo‘lgan, mulkiy xuquqni tasdiqlovchi xujjatdir. CHek bo‘yicha to‘lovlar chek taqdim etilganida ijro etiladi.
- Fuqarolik kodeksining cheklarga oid qoidalari cheklar bilan hisob-kitob qilish haqidagi 1931 yil Jenevada imzolangan yagona tusdagi (unifikatsiyalashtirilgan) halqaro qonun talablariga mos keladi. CHek beruvchining chekda ko‘rsatilgan summani chek saqlovchiga to‘lash haqida bankka hech qanday shart qo‘yilmagan topshirig‘i mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘oz chek deyiladi. CHek bilan hisob-kitob qilinganida faqat chek beruvchining chek berish yo‘li bilan tasarruf etishga haqli bo‘lgan mablag‘lari saqlanayotgan bankgina chek bo‘yicha pul to‘lovni qilib ko‘rsatilishi mumkin. CHekni taqdim etish muddati o‘tmagunicha uni chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
- CHekning berilishi – bajarish uchun chek berilgan pul majburiyatini bekor qilmaydi. To‘lov muomalasida cheklardan foydalanish tartibi va shartlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. CHekda quyidagilar bo‘lishi shart: hujjat matniga kiritilgan «chek» degan nom; muayyan pul summasini to‘lash haqida to‘lovchiga topshiriq; to‘lovchining nomi va to‘lov qaysi hisobvaraqdan amalga oshirilishi kerakligi; to‘lov valyutasi; chek tuzilgan sana va joy; chekni yozib bergan shaxsning – chek beruvchining imzosi. Hujjatda mazkur rekvizitlardan birontasining bo‘lmasligi chekni kuchdan mahrum qiladi. Tuzilgan joyi ko‘rsatilmagan chek chek beruvchi turgan joyda imzolangan deb hisoblanadi. CHekning shakli va uni to‘ldirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |