5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 189.57 Kb.
bet19/23
Sana11.03.2023
Hajmi189.57 Kb.
#1259449
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R

Fluktuasiyalar umumiy holda ta’sirlantirishni anglatadi. Ularning ikki katta
turkumi: tashqi muhit yaratadigan fluktuasiyalar va tizimning o’zida vujudga keladigan fluktuasiyalar farqlanadi. Ba’zan fluktuasiyalar juda kuchayib, tizimni to’la egallab olishi va mohiyat e’tibori bilan uning mavjudlik tartibini o’zgartirib yuborishi mumkin. Ular tizimni unga xos bo’lgan «tartib turi»dan olib chiqadi, ammo xaosga olib chiqadimi yoki yo’qmi1 – bu masalaning boshqa tomoni.
Ta’sirlar tarqaladigan tizim dissipativ tizim hisoblanadi. Umuman olganda, bu
fluktuasiyalar to’la qamrab olgan tizim xulq-atvorining xususiyatidir. Har xil ta’sirlarga o’ta ta’sirchanlik va buning natijasida haddan tashqari nomuvoziylik – dissipativ tizimning asosiy xossasidir. To’plamlarni o’ziga tortuvchi, elementlar intiladigan markazlarni hosil qiluvchi tuzilma – attraktor deb ataladi. Masalan, bir yerga olomon to’planganida, o’z yo’nalishida harakatlanayotgan odam unga e’tibor bermasdan o’tib keta olmaydi. Uning trayektoriyasi olomon tomonga buriladi. Kundalik hayotda bu qiziquvchanlik, deb ataladi. O’z-o’zini tashkil etish
nazariyasida Attraktorlar tuzilmalarga
mazkur jarayon «to’planish nuqtasiga siljish» deb nomlanadi. o’z atrofiga stoxastik elementlarni to’playdi, shu tariqa muhitni ajratadi va tartib o’rnatish ishtirokchisiga aylanadi. Dunyoning
postnoklassik manzarasida tartiblilik va tuzilmalarga ajratilganlik tartibsizlik va stoxastiklik singari voqyelikning obyektiv, universal xususiyatlari, deb e’tirof etilgan. Ular rivojlanishning barcha strukturaviy darajalarida namoyon bo’ladi. Nomuvoziy tizimlarning nomuntazam xulq-atvori muammosi sinergetikaning diqqat markazida turadi. Sinergetika – strukturogenezning eng umumiy qonuniyatlarini aniqlashni o’z predmetiga aylantirgan o’z-o’zini tashkil etish nazariyasidir.
1 Н.Моисеев Современнўй рационализм. М.: 1995. -С 48.
39
Umumilmiy yondashuvlar va tadqiqot metodlari ular falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o’rtasida o’ziga xos «oraliq metodologiya» bo’lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko’pincha
«axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik»,
«ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.
Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga
«singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o’laroq)
matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o’ziga xos jihatlaridir.
Agar falsafiy kategoriyalar umumlikning mumkin bo’lgan eng yuqori darajasi
– muayyan umumiy darajani o’zida mujassamlashtirgan bo’lsa, umumilmiy tushunchalarga ko’proq umumiy abstrakt (bir xil) daraja xoski, bu ularni abstrakt- formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy
masalasini (to’la hajmda) yechishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir.
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari, tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o’z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona o’zaro aloqasini ta’minlaydi. Umumilmiy tamoyillar, yondashuvlar qatoriga tizimli va strukturaviy-funksional, kibernetik, ehtimoliy yondashuvlar, modellashtirish, formalizasiya hamda boshqalar kiradi.
Umumilmiy tushunchalarning muhim roli shundan iboratki, ular o’zining
«oraliq xususiyati» bilan falsafiy va alohida ilmiy bilimning (shuningdek tegishli metodlarning) o’zaro o’tishini ta’minlaydi. Gap shundaki, birinchi bilim ikkinchi
bilimga sof yuzaki tarzda, bevosita o’tmaydi. Shuning uchun ham maxsus ilmiy mazmunni darhol falsafiy tushunchalar tilida ifodalashga urinishlar, qoida tariqasida, nokonstruktiv va samarasiz bo’ladi.

Download 189.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling