5-Mavzu. Jamgarma va investitsiyalar
Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash muammolari
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
5-jamg\'arma va investitsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-chizma. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning klassik modeli.
4. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash muammolari Mamlakatdagi investitsiya faolligi va uning darajasi iqtisodiy rivojlanishda katta ahamiyat kasb etadi. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun esa jamg’arish jarayoni me’yorda amalga oshirilishi lozim. Demak, jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish barqaror iqtisodiy o’sishning sharti hisoblanadi. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg’arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog’liqligi hisoblanadi. Investitsiya va jamg’arma o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida bir qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini ko’rib chiqamiz. Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg’armaning funktsiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi (7-chizma). r SqS(r) r 2 E r 0 r 1 IqI(r) 0 S 0 qI 0 S, I 7-chizma. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning klassik modeli. Chizmadan ko’rinadiki, klassik modelni tuzishda tik o’q bo’yicha real foiz stavkasi, yotiq o’q bo’yicha esa jamg’arma va investitsiya hajmi ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Investitsiya va foiz stavkasi o’rtasida teskari funktsional bog’liqlik mavjud: foiz stakasi qanchalik yuqori bo’lsa, investitsiya hajmi shu qadar past bo’ladi va aksincha. Jamg’arma esa to’g’ri, o’suvchi funktsional bog’liqlikka ega, ya’ni foiz stavkasining yuqori bo’lishi jamg’arma darajasining ham yuqori bo’lishiga olib keladi. Iqtisodiyotdagi investitsiya va jamg’arma hajmlari o’rtasida muvozanat (E nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining r 0 darajasi ta’minlanishi lozim. Foiz Капитал ҳажми Капитал ҳажми stavkasi darajasining muvozanat darajasidan chetlanishi (r 1 – past va r 2 – yuqori bo’lgan holatlar) investitsiya va jamg’arma hajmi o’rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Foiz stavkasining r 1 darajasida investorlar uchun qulay narxlarning vujudga kelishi investitsion resurslarga bo’lgan talabni oshiradi, biroq bunday darajada jamg’arma uchun rag’bat pasayib ketadi. Natijada investitsion resurslar taqchilligi paydo bo’ladi. r 2 darajada esa barcha sub’ektlar uchun jamg’armaning nafliligi oshadi, biroq bunday foiz darajasida barcha investorlar ham o’z faoliyatining foydaliligini ta’minlay olmaydilar. Natijada jamg’armaning ahamiyatli qismi investitsiyalarga aylana olmaydi. Keynschilarning investitsiya va jamg’arma o’rtasidagi muvozanat modeli o’z tuzilishiga ko’ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta – J.M.Keyns tomonidan jamg’arma foiz stavkasining emas, balki daromadning funktsiyasi deb qaralishi hisoblanadi: ) (Y S S . Investitsiya esa, klassik modeldagi singari, foiz stavkasining funktsiyasi deb olinadi: ) (r I I . Ya’ni, keynscha kontseptsiyaning asosida jamg’arish va investitsiya darajalarining boshqa-boshqa omillar ta’sirida o’zgarishi yotadi. Keynscha modelning mohiyatini 8-chizma orqali izohlash mumkin. S,I S E F I F E I 0 N F NI Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling