5-Mavzu. Jamgarma va investitsiyalar


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana20.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1712516
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
5-jamg\'arma va investitsiya

Asosiy tayanch tushunchalar: 
Inflyatsiya – q
og’oz pul birligining qadrsizlanishi. 
Talab inflyatsiyasi – iq
tisodiyotdagi barcha mavjud resurslar to’liq foydalanilgan sharoitda 
ishlab chiqarish sohasi ortiqcha talabni qondira olmasligi natijasida kelib chiquvchi inflyatsiya.
Taklif inflyatsiyasi – ishlab chiq
arilayotgan mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning 
ko’payishi hisobiga narxlarning oshishi natijasida kelib chiquvchi inflyatsiya. 
O’rmalab boruvchi inflyatsiya – narxlar yiliga 10 foizgacha o’suvchi inflyatsiya.
Jadal inflyatsiya – narxlar yiliga 20 dan 200 foizgacha o’suvchi inflyatsiya.
Giperinflyatsiya – narxlar yiliga 200 foizdan yuq
ori darajada o’suvchi inflyatsiya.
Takrorlash uchun savollar: 
1. 
Inflyatsiya nima va uning q
anday turlari mavjud? 
2. 
Inflyatsiyani ta’riflashdagi turlicha yondashuvlardan qaysi birini to’g’ri deb hisoblaysiz? 
3. 
Talab va taklif inflyatsiyalarining umumiy va farq
qiluvchi jihatlari nimada? 
4. 
Giperinflyatsiya q
anday qilib turg’unlikka olib kelishi mumkin? 
5. 
O’zbekistonda inflyatsiyaga qarshi qanday chora-tadbirlar qo’llanilmoqda? 
 
 
 
 
 
Xulosalar 
 


1. Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol 
va jamg’arma maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini 
qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildirib, unumli va 
shaxsiy iste’molga ajraladi.
2. Jamg’arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi 
ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to’planib borishi. Uning hajmi uy 
xo’jaliklari daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. 
3. Iste’mol va jamg’arma hajmi hamda unga ta’sir ko’rsatuvchi omilar o’rtasidagi 
bog’liqlik iste’mol va jamg’arma funktsiyasi deyiladi. Bu funktsiyalarni bayon etishda klassik 
iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga 
ko’ra, jamg’arma banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, ularning qiziqishlari shu 
qadar kuchli bo’ladi. J.M.Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy 
xo’jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog’liq emasligini, kishilar uchun 
hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari 
darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo’jaliklarining joriy daromadlarini 
ko’rsatadi. 
4. Iste’molchilarning daromadlari qanchalik o’sib borgan sari ularning jamg’arishga 
bo’lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi. 
5. Amalda jamg’arish kapital mablag’lar yoki investitsion sarflar shaklida yuzaga chiqib, 
u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash va 
yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi. 
6. Jamg’arish summasi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy 
daromad hajmi ko’payishini belgilaydigan omillar, jamg’arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu 
omillardan asosiysi qo’llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. 
7. Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko’paytirishga, ishlab chiqarish 
quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo’yilmadir. U pul mablag’lari, bank kreditlari
aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari 
ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin 
bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. 
8. Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1) investitsiya 
sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 2) foiz stavkasi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling