5-Mavzu. Jamgarma va investitsiyalar


-chizma. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modeli


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana20.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1712516
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
5-jamg\'arma va investitsiya

8-chizma. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modeli. 
 
Chizmadan ko’rinadiki, grafik ko’rsatkichlarining joylashuvi ham klassik modeldan farq 
qiladi. Tik o’qda jamg’arma (S) va investitsiya (I) darajasi, yotiq o’qda esa milliy daromad 
darajasi (NI) joylashgan. Iqtisodiyotdagi jamg’arma darajasi milliy daromad hajmiga bog’liq 
holda o’zgaradi. Milliy daromad hajmi amalda investitsiya darajasiga ham ta’sir ko’rsatsada, 
mazkur modelda uni milliy daromadga bog’liq bo’lmagan, ya’ni avtonom holda beriladi.
Grafikda investitsiya va jamg’arma egri chiziqlari E nuqtada kesishadi. Agar 
iqtisodiyotdagi to’la bandlik holatiga milliy daromadning F darajasida erishiladi, deb tasavvur 
qilsak, u holda bu darajada investitsiya va jamg’arma muvozanatini (E
F
nuqta) ta’minlash uchun 
investitsiya I
F
darajada bo’lishiga erishish lozim bo’ladi. Biroq, Keyns talqiniga ko’ra, 
investitsiya va jamg’arma darajasining muvozanati to’la bandlik bo’lmagan sharoitda ham 
ta’minlanishi mumkin: grafikdagi milliy daromadning N hajmida aynan shu holatga (E nuqta) 
erishiladi. 
Investitsiya va jamg’arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha modellari 
o’rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo’ladi: birinchidan, klassik modelda bu muvozanat 
ro’y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda to’la bandlik holatida bo’lishi taqozo etiladi. 
Keynscha modelda esa, yuqorida ko’rib chiqilganidek, bu muvozanatga to’la bandlik bo’lmagan 
holatda ham erishish mumkin; ikkinchidan, klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan 
bo’ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi inkor etiladi; uchinchidan, 
yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda jamg’arma foiz stavkasining funktsiyasi sifatida
keynscha modelda esa daromad funktsiyasi sifatida qaraladi. 
Demak, yuqoridagilardan ko’rinadiki, jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning 
keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya’ni iqtisodiyotning to’la 
bandligi mavjud bo’lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model 


hisoblanadi. Shunga ko’ra, biz ham makrodarajadagi boshqa muammolarni ko’rib chiqish va 
tahlil qilishda asosan ushbu modeldan foydalanamiz.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling