5-Mavzu. Jamgarma va investitsiyalar


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana20.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1712516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
5-jamg\'arma va investitsiya

Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga 
mo’ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof 
qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Sof 
investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan 
iborat. Boshqacha aytsak, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining 
ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o’sishini ta’minlaydi.
Yalpi investitsiyalar bilan amortizatsiya hajmi o’rtasidagi nisbat iqtisodiyot rivojlanish 
holatining ko’rsatkichi hisoblanadi. Quyidagi 6-chizmada yalpi va sof investitsiyalar hamda 
amortizatsiya nisbati o’zgarishining o’suvchi, turg’un va qisqaruvchi iqtisodiyotlarga ta’sirini 
ko’rishimiz mumkin. 
 
Yalpi
investitsiyalar 
Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga 
a) o’sib boruvchi iqtisodiyot 
Yalpi 
investitsiyalar 
Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga 
b) turg’un iqtisodiyot 
Yalpi 
investitsiyalar 
Соф инвестициялар 
Амортизация 
Истеъмол ва давлат 
сарфлари 
 
Капитал 
ҳажми 
Капитал 
ҳажми 
Амортизация 
Истеъмол ва давлат 
сарфлари 
Капитал 
ҳажми 
Капитал 
ҳажми 
Амортизация 
 
Р
Истеъмол ва давлат 
сарфлари 


Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga 
v) qisqarayotgan iqtisodiyot 
6-chizma. Yalpi investitsiya hamda amortizatsiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga 
ta’siri. 
Chizmadan ko’rinadiki, yalpi investitsiyalar tarkibida sof investitsiyalar hajmining 
ahamiyatli darajada bo’lishi yil oxirida kapital hajmining o’sishiga hamda, pirovardida 
iqtisodiyotning o’sishiga olib keladi. Turg’un iqtisodiyot sharoitida esa yalpi investitsiyalar faqat 
amortizatsiya ajratmalari, ya’ni iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmiga teng bo’lib, yil 
oxirida kapital miqdori o’zgarmay qoladi. Yalpi investitsiyalarning iste’mol qilingan kapitalni 
qoplash fondi hajmidan ham oz bo’lishi yil oxirida kapital miqdorining qisqarishiga va, buning 
oqibatida, iqtisodiyot ko’rsatkichlarining pasayib ketishiga olib keladi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling