5-Mavzu. Jamgarma va investitsiyalar


Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash muammolari


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana20.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1712516
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
5-jamg\'arma va investitsiya

 
4. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash muammolari 
 
Mamlakatdagi investitsiya faolligi va uning darajasi iqtisodiy rivojlanishda katta ahamiyat 
kasb etadi. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun esa jamg’arish jarayoni me’yorda 
amalga oshirilishi lozim. Demak, jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi makroiqtisodiy 
muvozanatga erishish barqaror iqtisodiy o’sishning sharti hisoblanadi. Biroq, bu muvozanatga 
erishish doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg’arma 
darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog’liqligi hisoblanadi. 
Investitsiya va jamg’arma o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida bir qator nazariy 
qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini ko’rib 
chiqamiz. 
Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan foiz 
stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg’armaning funktsiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi 
(7-chizma).
r SqS(r) 
r


r

r
1
IqI(r) 
0 S
0
qI
0
S, I 
7-chizma. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning klassik modeli. 
Chizmadan ko’rinadiki, klassik modelni tuzishda tik o’q bo’yicha real foiz stavkasi, yotiq 
o’q bo’yicha esa jamg’arma va investitsiya hajmi ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Investitsiya va 
foiz stavkasi o’rtasida teskari funktsional bog’liqlik mavjud: foiz stakasi qanchalik yuqori bo’lsa, 
investitsiya hajmi shu qadar past bo’ladi va aksincha. Jamg’arma esa to’g’ri, o’suvchi 
funktsional bog’liqlikka ega, ya’ni foiz stavkasining yuqori bo’lishi jamg’arma darajasining ham 
yuqori bo’lishiga olib keladi. Iqtisodiyotdagi investitsiya va jamg’arma hajmlari o’rtasida 
muvozanat (E nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining r

darajasi ta’minlanishi lozim. Foiz 
Капитал 
ҳажми 
Капитал 
ҳажми 


stavkasi darajasining muvozanat darajasidan chetlanishi (r
1
– past va
r

– yuqori bo’lgan holatlar) 
investitsiya va jamg’arma hajmi o’rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Foiz 
stavkasining r
1
darajasida investorlar uchun qulay narxlarning vujudga kelishi investitsion 
resurslarga bo’lgan talabni oshiradi, biroq bunday darajada jamg’arma uchun rag’bat pasayib 
ketadi. Natijada investitsion resurslar taqchilligi paydo bo’ladi. r

darajada esa barcha sub’ektlar 
uchun jamg’armaning nafliligi oshadi, biroq bunday foiz darajasida barcha investorlar ham o’z 
faoliyatining foydaliligini ta’minlay olmaydilar. Natijada jamg’armaning ahamiyatli qismi 
investitsiyalarga aylana olmaydi. 
Keynschilarning investitsiya va jamg’arma o’rtasidagi muvozanat modeli o’z tuzilishiga 
ko’ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta – J.M.Keyns tomonidan 
jamg’arma foiz stavkasining emas, balki daromadning funktsiyasi deb qaralishi hisoblanadi: 
)
(Y
S
S

. Investitsiya esa, klassik modeldagi singari, foiz stavkasining funktsiyasi deb olinadi: 
)
(r
I
I

. Ya’ni, keynscha kontseptsiyaning asosida jamg’arish va investitsiya darajalarining 
boshqa-boshqa omillar ta’sirida o’zgarishi yotadi. Keynscha modelning mohiyatini 8-chizma 
orqali izohlash mumkin. 
S,I

E
F
I
F
E I 
0 N F NI 


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling