5-Mavzu. Jamgarma va investitsiyalar


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana20.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1712516
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
5-jamg\'arma va investitsiya

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Iste’mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan 
va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayoni. 
Shaxsiy iste’mol – iste’molchilik tavsifidagi ne’matlar va xizmatlardan bevosita 
foydalanishni, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishi.
Unumli iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan 
foydalanish.
Iste’mol sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun 
ishlatiladigan qismi. 
Jamg’arish – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi 
ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to’planib borilishi. 
Iste’molga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi. 
Jamg’arishga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg’arishga ketadigan ulushi. 
Iste’molga keyingi qo’shilgan moyillik – daromad hajmining o’zgarishi natijasida iste’mol 
sarflari hajmining o’zgarishi darajasi. 
Jamg’arishga keyingi qo’shilgan moyillik – daromad hajmining o’zgarishi natijasida 
jamg’arish hajmining o’zgarishi darajasi. 
Iqtisodiy jamg’arish – milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni, 
shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko’paytirish uchun foydalanish. 


Jamg’arish normasi – jamg’arish summasining milliy daromadga nisbatining foizdagi 
ifodasi. 
Kapital quyilmalar – asosiy kapitalni kengaytirish va uni takror ishlab chiqarishga 
qilinadigan sarflar. 
Investitsiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirishga, ya’ni asosiy 
va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo’yilma.
Investitsion faoliyat – investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha qilinadigan amaliy 
harakatlar. 
Investor – investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs. 
Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda) o’sgan qismining investitsion sarflar 
summasiga nisbatining foizdagi ifodasi. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlari: 
1. Iste’mol, jamg’arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha ta’riflang.
2. Iste’mol va jamg’armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab ko’rsating.
3. Iste’mol va jamg’arma funktsiyalarining grafikdagi tasvirini chizib, ularga shartli 
raqamlar qo’llagan holda tushuntiring.
4. Manfiy va musbat (ijobiy) jamg’arma nima va ularning grafikdagi joylashishi qanday 
bo’ladi? 
5. Jamg’arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi? 
6. Iste’molga va jamg’armaga o’rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz? Iste’mol va 
jamg’armaga qo’shilgan moyillik qanday aniqlanadi? 
7. Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? Ularning 
qisqacha tavsifini bering. 
8. Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga ta’siri qanday?
9. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning klassik modelining mohiyatini 
tushuntirib bering. 
10. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modelining mohiyatini 
hamda klassik modeldan farqini tushuntirib bering. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling