5-Mavzu. Korxonaning asosiy va aylanma fondlari, ishlab chiqarish quvvatlari


Download 68.14 Kb.
bet10/12
Sana22.03.2023
Hajmi68.14 Kb.
#1285884
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ISH

Birinchi bosqichda aylanma mablag’lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zaxiralariga aylanadi, ya`ni pul - tovar (P-T).
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o`z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag’lar va birinchi o`rinda aylanma fondlar tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T).
Uchinchi bosqichda aylanma mablag’lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P).
Shu tariqa aylanma mablag’lar barcha bosqichlardan o`tib, to`liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin:
1-bosqich - pul-tovar (P-T);
2-bosqich - ishlab chiqarish (I.Ch); 3-bosqich - tovar-pul (T-P).
Shuni qayd qilib o`tish muhimki, korxonaning aylanma mablag’lari bir vaqtning o`zida uchala bosqichda ham pul mablag’lari, ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko`rinishida mavjud bo`lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag’lari harakati ma`lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko`zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag’lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag’larning etishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
7.6. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko`rsatkichlari va ularning aylanishini tezlashtirish yo`llari.
Aylanma mablag’lar aylanishini tezlashtirish nafaqat korxona uchun, balki butun xalq xo`jaligi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. U resurslarning nisbiy ozod qilinishi, ijtiomiy xarajatlarning kamaytirilishiga ko`maklashadi va iqtisodiy rejalashtirish sur`atini oshiradi.
Korxona aylanma mablag’laridan samarali foydalanish uch asosiy ko`rsatkichni tavsiflaydi:

  1. aylanish koeffisienti;

  2. aylanma mablag’larning yuklanish koeffisienti; 3) vositalarning bir marta aylanishi davomiyligi.


Download 68.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling