5-mavzu. Multimedia texnologiyalari va vositalari reja: Multimedia tushunchasi. Multimediya imkoniyat dasturi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-QO\'SHIMCHA MANBAA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ta’lim jarayonida mul’timedia texnologiyalaridan foydalanish.
- Nazorat savollari
5.7-Rasm. Virtual borliq shlemi
Axborotli qo‘lqop – virtuallikni oshirish maqsadida ishlatiluvchi qo‘lqop bo‘lib, u yordamida virtual borliqdagi predmetlarni ushlash, surish va harakatga keltirish mumkin. VR-kostyum - virtual borliqning eng to‘liq to‘plamli qurilmasi hisoblanadi. Tananing barcha nuqtalaridagi harakatni kuzatib boruvchi ko‘pgina magnitli sensorlardan iborat kombinzon. Multimedia tizimining dasturiy muhitini ham ikkiga bo‘lish mumkin: amaliy va ixtisoslashtirilgan. Amaliy dasturlar foydalanilayotgan yoki loyihalashtirilgan amaliy dasturlar. Ixtisoslashtirilgan dasturlarga multimedia ilovalarini yaratuvchi dasturiy vositalar kiradi. Bu toifadagi dasturlarga grafik muharrir, 125 videotasvir muharriri, tovushli axborotni xosil qilish va muharrirlash vositalari kiradi. 2. Ta’lim jarayonida mul’timedia texnologiyalaridan foydalanish. Jahon miqyosida nazar soladigan bo‘lsak kompyuter grafikasi va dizayn juda ham keng darajada rivojlangan. Ularni amalda anchadan buyon qo‘llab kelishmoqda. Lekin bu yaratilayotgan barcha dasturlar, roliklar, dizaynlarning asosiy qismi kinofilmlar, multfilmlar, web- saytlar uchun yaratilmoqda. Maxsus saytlarda fanlarga mavzulashtirilgan multimediali darsliklarning kamligi, borlarini ham aniq bir fanni mavzularini to‘la yoritib bera olmasligi ta’lim sohasiga yanada ko‘proq e’tibor berish lozimligini e’tirof etadi. Lekin elektron darsliklar ichiga kiritilgan matnli yozuvlar, rasmlardan hozirda grafikaning eng zamonaviy yo‘nalishi bo‘lgan roliklarning yaratilishi saytlarga va shunga tegishli bo‘lgan narsalarga qiziqishni oshiradi. To‘g‘ri bu sohada ko‘p ishlar amalga oshirilgan. Darslarning multimedia imkoniyatlaridan foydalantib o‘tilishi o‘qituvchilarga bir qancha qulayliklar tug‘diradi. Chunki, shu fanga mavzulashtirilgan ovozli dasturlar, rasmli ishlanmalar, harakatli yozuvlar (prezentatsiyalar), multiplikatsiya ko‘rinishida yaratilgan filmlar, animatsiyalar bir tomondan o‘qituvchi uchun yangilik bo‘lsa, ikkinchi tomondan ta’lim oluvchilar uchun qiziqarli va diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Va mavzuni yaxshi o‘zlashtirilishiga turtki bo‘ladi. Multimedia texnologiyalarining afzalliklari va alohida xususiyatlarini sanab o‘tamiz: - turli xil ko‘rinishdagi katta xajmdagi axborotlarni bitta diskda saqlash imkoniyati mavjud (bir necha bobli matnlarni, minglab yuqori sifatli tasvirlarni bir necha soatli film va roliklarni hamda tovushli axborotlarni); - sifati saqlangan holda ekranda tasvirlarni qismlarga ajratish yoki ularni eng qiziq hamda kerakli qismlarini kattalatish imkoni mavjud; - grafiklar, tasvir va rasmlarni qiyosiy taxlil qilish, ularning ko‘rsatgichlarini xisoblash, ilmiy yoki o‘rganish maqsadida dasturiy vositalar yordamida ishlov berish imkoniyati; - tasvir yoki tasvirni yoritish maqsadida foydalanilgan matn hamda boshqa ko‘rsatilayotgan axborotdan kalit so‘zlarni yoki tasvirni 126 kerakli qismini ma’lumot olish hamda tushuntirishga kerakli axborotni ajratib olish imkoniyatlari mavjud; - statik yoki dinamik tasvirga monand uzluksiz musiqa hamda boshqa audio ta’minotini olib borish; - «stop-kadr» (kadrni to‘xtatish) ish tartibidan foydalanib videoyozuv lavxasidan foydalanish imkoniyati; - global Internet tarmog‘iga hamda ulanish uning resurslaridan va foydalanuvchilaridan foydalanish maqsadida imkoniyati mavjud; - grafik va tovush redaktorlari, kartografik axborot va matnlarga ishlov bera oladigan shaxsiy amaliy dasturlar bilan ishlash mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan afzallik va xususiyatlardan tashqari yana ko‘pgina imkoniyatlari mavjuddir, jumladan, tasvirni yaxlit yoki bir qismini avtomatik ravishda ko‘rish, tanlangan joyini saqlab qolish va belgilab qo‘yish. Multimedia tizimlarini paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarini rivojlanishiga va ilm-fanda, talimda, savdoda (biznesda) tibbiyotda keng ko‘lamda tadbiq etilishiga turtki bo‘ldi. ATlarining multimedia vositalari o‘quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir: - differensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilishi; - o‘qish jarayonini baholash, teskari aloqa bog‘lashi; - o‘zini-o‘zi nazorat qilish va tuzatib borishi; - o‘rganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini ko‘rsatishi; - fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompter va axborot texnologiyalardan foydalanishi; - o‘quvchi – talabalarga fanni o‘zlashtirish uchun strategik ko‘nikmalar hosil qilishi va hokazo. Shuningdek, multimedia vositalarining amaliy tomoni, ulardan o‘quv jarayonida foydalanish va kelgusida ta’lim tizimida o‘quv jarayoni uchun ma’lumotlar bazasini va animatsion taqdimotlar yaratishdek muhim vazifani amalga oshirishga zamin hozirlaydi. Multimedia - jadal rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: - axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy 127 mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari; - muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish kobiliyati operativ va video-xotira, katta sig‘imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi; - “inson-kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi; - multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Rivojlangan mamlakatlarda o‘qitishning usuli hozirgi kunda ta’lim sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha tadbiq qilinmokda. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saklash 25- 30% oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75% ortadi. Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish kuyidagi afzalliklarga ega: - berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati borligi; - ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi; - ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; - olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi. 128 Multimedia vositalari asosida o‘qitish jarayonida aniq fanni kompyuter asosida to‘liq o‘qitish, ma’ruza matnlarini taxrirlash, talabalar topshirgan nazorat natijalarining taxlili asosida ma’ruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash, o‘quvchi-talabalar axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida animatsiya elementlarini dars jarayonida ko‘rishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Sifatli multimedia ilovalari ishlab chiqishga yo‘naltirilgan turli-tuman, bir biridan farqli texnologik usullar mavjud. Nazorat savollari 1. Multimedianing texnik – dasturiy vositalarini aytib bering. 2. Multimediya tushunchasiga izoh bering? 3. Multimediya nima? 4. Video yozish va video tahrirlash vositalarini ishlash prinsipini aytib bering. 5. Ta’lim jarayonida mul’timedia texnologiyalaridan foydalanishni izohlab bering. 6. Multimediya komponentlarini izohlang. 7. Multimedianing apparat-dasturiy vositalariga nimalar kiradi? Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling