5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar


Download 130.13 Kb.
bet2/11
Sana10.09.2023
Hajmi130.13 Kb.
#1675182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar

Ey rui tu kavkabi jahon oroe,
V-ey bui tu ashhabi ravon osoe,
Be mui tu, yo Rab, chunon farsoe,
Gisui tu chun shabi fig'on afzoe.
(Mazmuni: Ey, sening yuzing jahonni bezovchi yulduzdir, Ey, sening xushbo'y hiding jon rohatidir; Yo Rab, sening soching bo'lmasa, chunonam parishonlik bo'ladi, Kokiling (esa) fig'onli tunga o'xshaydi).
"Majolis un-nafois"da shoirlarning badiiy mahoratiga baho berishda maqlubi mustaviy (misra yoki bayt tarkibidagi ibora yoki jumlalarning teskari o'qilganda ham ma'no anglatishiga asoslangan badiiy san'at)ga to'xtalar ekan, Atoulloh Husayniyga ajratilgan faslda shoirning bir baytini tahlil qiladi va uning mahoratini aniqlash uchun ushbu san'at qo'llangan bayt kifoya qilishini aytadi: "Bovujudi ixtisor maqlubi mustaviy san'ati-dakim, andin mushkulroq san'at bo'lmas, bu bayt ul risolada aning xossa baytidurkim:
Shakkar dahano g'ame nadoriy,
Dayr о daniyi mug'ona darkash.
Aning tab'i diqqatig'a bu bayt dalili basdur".
Shuningdek, Mavlono Shihob nomli ijodkorga baho berar ekan, uning tabiatida bo'lgan o'zgarishni maqlubi mustaviy san'ati asosida yozgan she'riga bog'lab talqin qiladi:
Mushi xari farrux shavam,
Darki raqam qar hard.
Bunda har bir misra alohida teskari holda o'qilganda, yana o'sha misra hosil bo'ladi. Lekin baytda shaklga e'tibor kuchayib ketib, ma'noga putur etgan. Birinchi misra "Farrux eshagining sichqoni bo'lay" degan mazmunni bildirgani holda ikkinchi misradan ma'no anglashilmaydi.
Navoiy ijodining badiiy qimmati, shoir san'atkorligining o'ziga xos qirralari uning badiiy tasvir vositalari va san'atlardan amaliyotda foydalanish yo'llarida yanada konkretroq namoyon bo'ladi. Navoiy lirikasida yuzdan ortiq badiiy san'atlar qo'llanilgan bo'lib, ularning ayrimlari misolida ham shoir badiiy tafakkurining yuksak darajasi haqida tasavvur hosil qilish mumkin bo'ladi. Shoirning badiiy san'atlardan foydalanish tamoyillarini quyidagi holatlarda ko'rish mumkin:
Birinchidan, Navoiy ijodida badiiy san'atlarning qo'llanilish usuli har bir she'rning mavzui va usluban qaysi turga mansubligi (tavsifiy, tasviriy, izhor, aralash) bilan bevosita aloqador. Masalan, muayyan timsbl yoki predmet asosiga qurilgan g'azalda boshdan oxirigacha biror san'at yetakchilik qilishi mumkin. Ikkinchidan, aksariyat she'rlarda badiiy san'atlar navbat bilan o'zgarib boradi va, natijada, bitta she'r doirasida o'nlab san'at­lar ishlatiladi. Uchinchidan, bir qator she'rlar uchun (ba'zan bir bayt doirasida) bir nechta badiiy san'at yoki poetik usulning qo'shilib ketgan holda - murakkab shaklda ishlatilishi xos holatlardandir. To'rtinchidan, aksariyat hollarda shoir o'z g'oyaviy niyati ifodasi uchun bir badiiy san'atni birlamchi darajaga ko'targani holda boshqa san'atlarni uning ro'yobi uchun xizmat qildiradi, boshqacha aytganda, shoir she'rlaridagi muayyan baytda ma'lum bir san'at yetakchidek ko'rinsada, aslida uning mohiyati baytda qo'llanilgan boshqa san'atlar vositasida yanada yorqinroq ifoda kasb etadi. Beshinchidan, shoir qaysi bir san'atni qanday janr yoki maqsadda qo'llamasin, har doim qat'iy tanosib talablari asosida ish ko'radi. Ma'no, tasvir va tasvir unsurlarining o'zaro mantiqiy mutanosibligi uning poetik tizimi uchun temir qonundir.
Yuqorida ta'kidlanganidek, mumtoz she'riyatga xos badiiy san'atlar mohiyat e'tibori bilan uch guruhga ajratiladi: 1. Lafziy san'atlar. 2. Ma'naviy san'atlar. 3. Mushtarak san'atlar. Lafziy san'atlar nutqning ifoda usuli, xususan so'z shakli bilan alo-qador san'atlar bo'lib, Atoulloh Husayniy ular sirasiga tarsi', tajnisli tarsi', tajnis, radd (qaytarish) san'ati va uning turlari, qalb va uning turlari, saj', tashtir, tajziya, tasri', tasmit, aks, tardid, tashri', zulqofiyatayn, tavshih, talavvun, mulamma', muqatta', muvassal, jam' ul-huruf, mudavvar, mushokala va boshqa san'atlarni kiritadi. Olimning fikricha, lafziy san'atlar ijodkor yetkazmoqchi bo'lgan fikrni yuksak badiiy shaklda ifo-dalashga xizmat qilishi kerak. Navoiy poetikasini lirik janrlar va badiiy san'atlar misolida o'rgangan olim Y.Is'hoqov shoir ijodida qo'llanilgan asosiy san'atlarni ularning she'riy matn doirasidagi funksiyasi bilan aloqadorlikda 10 ta guruhga ajratib o'rganishni tavsiya qiladi49. Lafziy san'atlar ushbu guruhlardan sintaktik-stilistik usullar (tarsi', tardi aks, radd ul-ajz il-as sadr, tashobeh ul-atrof, mudavvar, muzdavaj, tashtir, tajziya, tasri', tardid, takror, tajdidi matla' va b.), so'zning ichki va tashqi shakli bilan aloqador san'atlar (ishtiqoq, ittifoq, qalb, mutazalzil va b.), murakkab san'atlar (hijoi huruf, harfiy san'atlar), qofiya bilan aloqador san'atlar (e'not, radd ul-qofiya (iyto), zulqofi­yatayn, musajja', tasmit va b. ) tarkibiga kiritilishi mumkin. Mumtoz she'riy san'atlar Z.Mamajonov tomonidan ham tasnif qilingan bo'lib, olim ularni yuzaga kelish asosi nuqtai nazaridan 12 guruhga ajratadi. Uning tasnifida lafziy san'at­lar asosan takror asosidagi san'atlar (tajnis, tavzi', ishtiqoq, radd (qaytarish), tardu aks, tardid, taattuf, mukarrar, takrir, radd ul-matla', tarji'), ohangdoshlik (qofiyadoshlik) asosidagi san'atlar (tarsi', saj', mumosala, tashtir, tajziya, tasri', tashri', e'not va b.), shakl o'yinlari asosidagi san'atlar (tavshih, ta­lavvun, tarofuq, murabba', mu'aqqad, mudavvar, mushajjar va b.), yozuv asosidagi san'atlar (istihroj, musahhaf, tajnisi xat, qalb, muqatta', muvassal va b.) degan guruhlar tarkibida o'rganilgan. Biz ushbu tasnif laming ijobiy jihatlarini e'tirof etgan va umumiy tarzda ulardan foydalangan holda Navoiy she'riyatida qo'llanilgan san'atlarni asosan uchta katta guruh
49 Olimning ta'kidlashicha, bu tasnif shartli bo'lib, ba'zi san'atlar (tarsi', tashtir, tajziya kabilar) bir vaqtning o'zida ikki guruhga kiritilishi ham mumkin.
(Atoulloh Husayniy tasnifi) doirasida ko'rib chiqamiz50. Dastlab takrorlash yo'li bilan hosil qilinadigan ayrim lafziy san'atlarga to'xtalib chiqsak.
Navoiy she'riyatida takrorga asoslangan va nisbatan ko'p qo'llanilgan lafziy san'atlardan biri radd ul-matla' san'ati bo'lib, bu san'at g'azal yoki qasida matla'idagi birinchi misraning maqta'da, ba'zan she'r tarkibidagi baytlardan birida takrorlanib kelishiga asoslanadi. Bu tarzdagi takror tasodifiy bo'lmasdan, muayyan poetik maqsadga ega. G'azal matla'si yoki qasidaning birinchi baytida ilgari surilgan fikr keyingi baytlarda rivojlanti-rilib boriladi va she'r nihoyasida misrani takrorlash orqali o'sha fikr yangicha uslub va ifoda orqali bayon qilinadi.
Ilmi badi'ga doir forsiy manbalarda bu san'at haqida deyarli ma'lumotlar uchramaydi. Faqat Atoulloh Husayniy o'zining qofiya ilmiga doir "Risolai vofiy dar qavoyidi ilmi qavofiy" (1487) nomli risolasida ushbu san'at nomini keltirib, uni qofiya san'atlaridan biri sifatida tilga oladi va matla'da keltirilgan qofiyaning keyin­gi baytlar tarkibida takrorlanishi radd ul-matla' deb atalishini ta'kidlaydi. Aynan shunga o'xshash fikr Husayn Voiz Koshifiyning "Badoyi' ul-afkor fi sanoyi' ul-ash'or " asarida ham keltiriladi.
Shayx Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a" (1436-1437) asarida esa ushbu atama ostida uch xil turga ega bo'lgan san'at-ga ta'rif berilgan: "Bu san'at aningtek bo'lurkim, she'rning matla'ini radd qilurlar. Bu uch nav' bo'lur. Biri ulkim, matla'ning avvalgi misraini tamom maqta'da radd qilurlar..." Aynan shu ta'rif biz nazarda tutayotgan radd ul-matla'ga mos keladi.
Alisher Navoiy ijodida radd ul-matla' san'ati shoir g'azalla-ridagi bosh g'oya - fikr, xulosa yoki uning ayrim jihatlarini, yetakchi fikr, xulosaning yuzaga kelishi uchun turtki bo'lgan asosiy sababga urg'u qaratish va alohida ta'kidlash uchun xizmat qilgan. Shoir g'azallarida radd ul-matla'ning ikki xil ko'rinishi: matla'dagi birinchi misra maqta'ning so'nggi misrasida tak­rorlanib kelishiga asoslangan va matla'dagi birinchi misraning ikkinchi bayt tarkibida qaytarilib kelishiga asoslangan turlari keng qo'llanilgan.
"Xazoyin ul-maoniy"da radd ul-matla' san'ati asosida yo-zilgan 35 ga yaqin g'azal mavjud bo'lib, shulardan 31 tasida radd ul-matla'ning birinchi ko'rinishi, qolganlarida #esa mat-la'dagi birinchi misraning ikkinchi bayt tarkibida takrorlanib kelishiga asoslangan ko'rinishi qo'llanilgan (Y.Is'hoqov). Radd ul-matla'ning birinchi ko'rinishiga Navoiyning quyidagi matla'li g'azalini misol tariqasida keltirish mumkin:



Download 130.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling