5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar


Download 130.13 Kb.
bet6/11
Sana10.09.2023
Hajmi130.13 Kb.
#1675182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi,
Ko'zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

("Badoyi' ul-vasat", 608-g'azal)


Visol va'dasini bergan yorning kelmagani oqibatida oshiqning kechasi bilan uxlamay chiqishi mubolag'ali tasvir, lekin bu holatni aqlan tasavvur ham qilish mumkin va ba'zan hayotda ham uchrab turadi.
2) ig'roq (ar. kamonni qattiq tortmoq) - aqlan ishonish mum­kin bo'lsa ham, hayotda yuz bermaydigan mubolag'a.
Bunday tasvirda o'quvchi voqea yoki xususiyatni ko'z oldiga keltirib, tasavvur qila oladi, biroq uning amalda yoki hayotda sodir
bo'lishi mumkin emas. Masalan, "Farhod va Shirin" dostonida Shirinning oti yiqilay deganda, Farhodning otni va Shirinni
yelkasiga ko'tarib bir necha chaqirim yo'l bosishini aqlan qabul qilish mumkin bo'lsa ham, bunday voqea hayotda yuz berishi
mumkin emas:


Ko'tardi orqasig'a bodponi,
Nechukkim bodpo, ul dilraboni...


Chu ikki-uch yig'och gom urdi shaydo,
Bo'lub ollinda qasr-u havz paydo.

3) g'uluvv (ar. - qo'lni imkon boricha baland ko'tarish) -aql ham bovar qilmaydigan, hayotda ham yuz berishi mumkin


bo'lmagan mubolag'a:


Har qizil gulkim, yuzung shavqida olib isladim,
Yetkach ohim shu'lasi, oni sarig' gul ayladim.
("Favoyid ul-kibar", 426-g'azal)
Baytda keltirilishicha, oshiq o'z yorining qizil yuzini sog'inib, qizil gulni olib hidlagan ekan, ohining shu'lasidan qi zil gul sariq gulga aylanibdi. Tasvirlanayotgan ushbu hodisani aqlan qabul qilish mumkin emas hamda bunday hodisa hayotda ham yuz bermaydi.
Navoiy she'riyatining barcha davrlari uchun xos bo'lgan badiiy san'atlardan yana biri istiora bo'lib, shoir ijodining ilk davriga mansub bo'lgan "Qaro ko'zum" deb boshlanuvchi g'azalidayoq istioralar guldastasi: "yuzing guli", "ko'ngul ravzasi", "qading niholi", "jon gulshani", "jon rishtasi", "xazon sipohi", "anjumani shavq", "boshoqli o'q" kabilardan mahorat bilan foydalanilgan edi. Ma'lumki, istiora (ar.- oriyatga yoki omonatga olish) so'z yoki iboralarni she'rda asl ma'nosida emas, balki majoziy ma'noda ishlatishga asoslangan badiiy san'atdir. Shams Qays Roziy istiorani majozning ko'rinishlaridan biri si-fatida ta'riflaydi. Rashididdin Vatvot esa istiora san'ati barcha tillarda mavjud va benihoya go'zal san'at ekanligini, agar u tabiiy bo'lsa, so'zga go'zallik bag'ishlashini ta'kidlaydi. Istio­ra o'z xususiyatlariga ko'ra, ikkiga bo'linadi: 1) ochiq istiora yoki istiorai bit-tasreh (istiora obyekti (o'xshatilayotgan narsa) tilga olinmay, faqat istioralanuvchigina zikr qilinadigan); 2) yopiq istiora yoki istiorai izofiy (istioralanuvchi zikr etilmas-dan, uning biror sifati, xulq-atvori, uzv-a'zosi izofat sifatida keltiriladigan). Agar
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro' kelmadi,
Ko'zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi,
degan mashhur baytda ma'shuqa ochiq istiora yo'li bilan sarvga
o'xshatilgan bo'lsa,
Soqiyo, may tut, mug'anniy, navhayi ohingni chol
Kim, sipohi umrum o'lmish ko'si rihlat cholg'udek, -
baytining ikkinchi misrasida shoir yuksak mahorat bilan umrni shoh yoki lashkarboshiga, o'tayotgan umrning oy-u yillarini askarlarga o'xshatib, yopiq istiorani mahorat bilan qo'llaganligiga guvoh bo'lamiz.
Alisher Navoiy juda ko'p o'rinlarda, istiorani boshqa badiiy san'atlar bilan uyg'unlikda qo'llagan holda tasvir va tavsifning nihoyatda yorqin namunalarini yaratgan. Uning she'rlarida mavhum tushunchalarga real xususiyatlar baxsh etish orqali yaratilgan istioralar va ana shunday istioralar vositasida bir bayt doirasida yuzaga kelgan yorqin lavha va manzaralar ham ko'plab uchraydi. Masalan, quyidagi baytga nazar tashlaylik:
Buki har yondin ko'kartibdur yuzumni koji dard,
Jism uyi toqini oltun birla qildim lojuvard.
Baytda Navoiy ustma-ust "koji dard" (g'am shapalog'i)dan ko'kargan za'faron yuzini "jism uyi"ning lojuvard va oltin bilan bezatilgan peshtoqiga o'xshatar ekan, yangicha istioralar, tashbih va mubolag'a san'atlari uyg'unligida nihoyatda go'zal real manzara tasvirini kitobxonning ko'z oldida gavdalantiradi.
Navoiy ijodida mahorat bilan qo'llanilgan ma'naviy san'atlar orasida eng murakkablaridan biri husni ta'lildir. Ma'lumki, husni ta'lil (ar. - chiroyli dalillash) biror voqeani unga bevosita daxli bo'lmagan boshqa bir hodisa bilan izohlash san'ati bo'lib, bunda shoir o'zi tasvir etayotgan hodisaga biror go'zal sabab ko'rsatadi. Bu asoslash mantiqiy va hayotiy bo'lmasdan, aksincha xayoliy, shoirona shaklda namoyon bo'ladi. Husni ta'lil san'atining nomi dastlab Umar Roduyoniyning "Tarjumon ul-balog'a" asarida uchraydi. Muallif husni ta'lilni "muayyan obyektni tasvirlashda biri birining sababi bo'lgan ikki sifatning namoyon bo'lishiga asoslangan san'at" sifatida tasvirlaydi. Husni ta'lil haqidagi nisbatan kengroq ma'lumot Atoulloh Husayniyning "Badoyi` us-sanoyi'" asarida berilgan bo'lib, muallif Taftazoniy va Qutbiddin Sheroziyning ushbu san'at haqidagi fikrlariga batafsil to'xtaladi va Taftazoniy tasnifini keltirib o'tadi. Bu tasnifga ko'ra, husni ta'lil quyidagi to'rt tur:
1)belgining mavjudligi, lekin sabab aniq ko'zga tashlanmaganligi uchun uni xayoliy, badiiy sabab bilan izohlashga asoslangan; 2)belgining zikr etilgan sababdan boshqa yana bir – hayotiy bo'lmagan sababga ega ekanligiga asoslangan; 3) belgining ba'zan sababga ega bo'lish, ba'zan ega bo'lmasligiga asoslangan va 4) belgining umuman sababga ega bo'lmasligiga asoslanganhusni ta'lilni o'z ichiga oladi.
Alisher Navoiy ijodida husni ta'lilning ushbu turlaridan keng istifoda etilgan. Xususan, "G'aroyib us-sig'ar"dan 9-raqam ostida o'rin olgan g'azalning quyidagi baytida uning birinchi turi qo'llanilganligini ko'rish mumkin:

Download 130.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling