5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar
Kechti umrum naqdi g'aflat birla nodonlig'da hayf
Download 130.13 Kb.
|
5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otashin gul bargidin xilatki jononimdadur
- eshiking tufrogini yostanibon. Takrorga asoslangan va qofiya bilan bogliq sanatlar orasida sherning umumiy strukturasiga bevosita aloqador sanatlardan biri radd ul-qofiya
Kechti umrum naqdi g'aflat birla nodonlig'da hayf,
Qolg'ani sarf o'ldi anduh-u pushaymonlig'da hayf. Maqta':
Kechti umrum naqdi g'aflat birla nodonlig'da hayf. ("G'aroyib us-sig'ar", 303-g'azal). Radd ul-matla'ning Alisher Navoiy ijodidagi ikkinchi ko'rinishiga esa misol tariqasida quyidagi g'azalni keltirish mumkin: Otashin gul bargidin xil'atki jononimdadur, Xil'at ermas, ul bir o'tdurkim, mening jonimdadur. Otashin la'lidururkim, anda muzmar bo'ldi jon, Otashin gulbargidan xil'atki jononimdadur. ("Badoyi' ul-vasat", 194-g'azal). Ushbu g'azalda shoirning maqsadi yorning "otashin gul bargidin" tikilgan libosini mubolag'ali ravishda tasvirlash va uning oshiq ruhiy holatiga ta'sirini ko'rsatishdan iborat bo'lib, shoir bunda g'oyaviy niyatiga erishish uchun yana boshqa san'atlar: tashbih va ruju' san'atlaridan ham mohirlik bilan foydalanadi. Agar birinchi misrada yorning libosi cho'g'dek qizil gul bargiga o'xshatilgan bo'lsa, ikkinchi misrada shoir ruju' vositasida ushbu fikrini rad etib, undan ham kuchliroq va mubolag'aliroq tashbihni keltiradi: yorning egnidagi xil'at bu libos emas, balki oshiqning joniga tushgan o't - alangadir. Keyingi misrada tasvir yanada yuqori pog'onaga ko'tariladi: yor egnidagi libos bu cho'g'dek la'l bo'lib, uning ichiga jon (yor vujudi) yashiringan. Shunga bog'liq holda to'rtinchi misra ushbu fikrni yana bir bor ta'kidlayotgandek tasavvur uyg'otadi. Navoiy she'riyatida radd ul-matla' san'atining bir oz o'zgargan ko'rinishi ham qo'llanilgan bo'lib, unda matla'dagi birinchi misra ikkinchi bayt yoki maqta'da bir oz o'zgargan shaklda takrorlanadi. Bu san'atni shartli ravishda yarim radd ul-matla' deb atash mumkin (Y.Is'hoqov). "Xazoyin ul-maoniy" kulliyotida o'ndan ortiq g'azal ushbu san'at asosida yozilgan. Matla' va ikkinchi bayt orasidagi yarim radd ul-matla'ga misol: O'puy olsam eshiking tufrog'ini yostanibon, Saltanat taxtig'a chiqmoq tilamon uyg'onibon. It kibi har necha qavsang urubon tosh-u kesak, Yona kelgum eshiking tufrog'ini yostanibon... ("Navodir ush-shabob", 452-g'azal). G'azalda lirik qahramon yorga nisbatan o'z muhabbati va sadoqatini isbotlashga harakat qilayotgan holat tasvirlangan. Shoir bunda tazod san'ati yordamida mubolag'ali tasvirdan foydalanadi. Matla'da o'z maqsadini umumiy tarzda ifodalagan oshiq keyingi baytda yorning konkret harakati (oshiqni tosh va kesak bilan it kabi quvish)ga javoban yanada kuchliroq sadoqat namoyon qiladi: Yona kelgum eshiking tufrog'ini yostanibon. Takrorga asoslangan va qofiya bilan bog'liq san'atlar orasida she'rning umumiy strukturasiga bevosita aloqador san'atlardan biri radd ul-qofiya bo'lib, u g'azal yoki qasida matla'idagi qofiyaning undan keyingi baytlardan birida yoki maqta'da takrorla-nishiga asoslanadi. Bu san'at XVI asrgacha yaratilgan poetikaga doir manbalarda "iyto" deb yuritilgan. Sakkokiyning "Miftoh ul-ulum", Shams Qays Roziyning "Al-Mo'jam", Nasiriddin Tusiyning "Me'yor ul-ash'or", Husayn Voiz Koshifiyning "Badoyi' ul-afkor fi sanoyi' ul-ash'or", Abdurahmon Jomiyning "Risolai qofiya" (1465), Atoulloh Husayniyning "Risolai vofiy dar qavo-yidi ilmi qavofiy" asarlarida mazkur san'at haqida ma'lumotlar keltiriladi. Ushbu asarlarning deyarli barchasida iyto qofiya nuqsonlaridan biri sifatida e'tirof etilib, agar takrorlanuvchi qofiyalar orasida muayyan masofa bo'lsa (g'azal va qit'ada 7 baytdan keyin, qasidada esa 14-20 baytdan keyin) yoki she'r ikki matla'ga ega bo'lsa (she'r o'rtasida yana bir qo'sh qofiyalanuvchi bayt kelsa), iytodan foydalanish mumkin, degan umumiy xulosa aytiladi. Shayx Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a" (1436-37) asarida radd ul-qofiya san'ati radd ul-matla' tarkibida tahlil qilinib, risolada keltirilgan radd ul-matla'ning ikkinchi va uchinchi turlari aynan radd ul-qofiya san'atiga mos keladi. Alisher Navoiy g'azaliyotida ushbu san'at ancha faol qo'llanilgan bo'lib, "Xazoyin ul-maoniy" kulliyotida uning turli ko'rinishdagi 450 dan ortiq namunalarini uchratish mum-kin (Y.Is'hoqov). Shoir she'riyatida radd ul-qofiya shoirning maqsadi, tasvir jarayoni bilan aloqador san'at bo'lib, Navoiy qofiyaga shunchaki shakl bilan bog'liq hodisa sifatida qaramaydi, balki ma'noni yuzaga chiqaruvchi muhim vosita sifatida yondashadi. Shoir g'azaliyotida keng qo'llanilgan ushbu san'at ma'lum fikrning takrori uchun emas, balki yangi nutqiy jarayon doirasida yangicha uslubiy ko'rinishlar ifodasi uchun xizmat qiladi. Navoiy ijodida radd ul-qofiyaning g'azaldagi birinchi misraning qofiyasi ikkinchi baytda takrorlanishiga asoslangan, birinchi misraning qofiyasi ikkinchidan keyingi baytlardan birida takrorlanishiga asoslangan, matla'dagi ikkinchi misraning qofiyasi ikkinchidan keyingi baytlardan birida takrorlanishiga asoslangan va matla'dagi qofiyalardan birining maqta'da takrorlanishiga asoslangan turlari qo'llanilgan. Shulardan birinchi turga misol keltiramiz: Download 130.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling