5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar
Download 130.13 Kb.
|
5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashbih, istiora, mubolaga
Bahor sensiz o'luptur manga ajab do'zax,
Qizil gul anda o'tu oq shukufalardur yax. Bahor sensiz agar do'zax o'lsa tong ermas, Bihisht ichinda liqo bo'lmasa erur do'zax... ("G'aroyib us-sig'ar", 108-g'azal). G'azal matla'sida oshiq uchun yor bo'lmasa, bahor fasli ham qish kabi tuyulib, ko'klamda ochilgan qizil gul olov, oq gul muz singari bo'lishi bayon qilinmoqda (Shu o'rinda mumtoz adabiyotimizda yor orqali ma'shuqa, do'st, piri komil, Payg'am-bar (s.a.v.) va Alloh nazarda tutilishini eslatish joiz). Diniy manbalarga ko'ra, oxiratda gunohkorlarga do'zax azobi ikki bir-biriga qarama-qarshi hodisa - olov va qattiq sovuq (muz) orqali namoyon qilinadi. Navoiy bu o'rinda do'zaxdagi ana shu azobga ishora qiladi. Ikkinchi baytda lirik qahramon yorga qarata "bahor sensiz qishga teng bo'lishi tabiiy va bu ajablanarli emas, chunki diydor bo'lmasa jannat ham do'zax bilan teng-dir", der ekan, liqo so'zi orqali jannatda yuz beradigan ilohiy jamolga ishora qiladi. Diniy manbalarga ko'ra, jannatda Alloh o'z diydorini suyukli bandalariga namoyon qiladi: ushbu diydor chog'ida barcha hushidan ketadi. Hushlariga kelgach, ular yana shu ilohiy jamolni qo'msaydilar, ushbu jamolsiz endi jannat ham ularga xuddi do'zaxdek bo'lib ko'rinadi. Baytda qo'llanilgan tamsil san'ati oshiqning ruhiy holatini ta'sirchan ifodalashga xizmat qilgan. Ko'rinadiki, birinchi baytda do'zaxning ma'nosi umumiy holatda ifodalangan bo'lsa, ikkinchi baytda konkret hodisa - Yor jamoli bo'lmasa, jannat do'zax bo'lib ko'rinishi ta'kidlangan. Navoiy ijodida takrorga asoslangan san'atlar asosida tardi aks san'ati ham alohida o'rin egallaydi. Ma'lumki, tardi aks (ar. - teskari qilib takrorlangan) bayt tarkibidagi ikki so'z yoki birikmani avval muayyan bir tartibda keltirib, so'ng ularning o'rnini almashtirib takrorlash san'ati bo'lib, mumtoz poetika-ga doir manbalarda "aks", "tabdil" nomlari bilan ham keladi. Tardi aks san'ati takrorning qaysi o'rinda kelishiga qarab komil (tardi aksning bayt doirasida sodir bo'lishi, bunda baytning birinchisi misrasidagi ikki so'z yoki birikma ikkinchi misrada o'rin almashinib takrorlanadi) va maxraj (tardi aksning mis-ra doirasida hosil qilinishi, bunda bir misradagi ikki so'z shu misraning o'zida o'rin almashinib takrorlanadi) kabi turlarga bo'linsa, mazmun nuqtai nazaridan mutahodiy (ikki so'z yoki iboraning tartibini o'zgartirib takrorlash oqibatida yangi ma'no hosil qilinmaydigan) va majro (ikki so'z yoki birikmaning o'rin olmashinib takrorlanishi natijasida yangi ma'no hosil qilinadigan) kabi turlarga ajratiladi. Masalan, "Sab'ai sayyor"dan olingan quyidagi bayt qo'llanilish o'rniga ko'ra komil bo'lib, mazmunning saqlanib qolganligiga ko'ra mutahodiy aks hisoblanadi: Har ne ul buzdi, bu barin tuzdi, Bu barin tuzdi, har ne ul buzdi. Baytda Navoiy Bahromni uning otasi Yazdijurdga qarama-qarshi qo'yib, "otasi nimaniki vayron qilgan bo'lsa, bu obod qildi", deb yozar ekan, ikkinchi misrada bu fikrni o'zaro almashinib kelgan jumlalar vositasida qayta uqtirib, farzand otaning tamoman aksi bo'lib chiqqanligini ta'kidlaydi. Quyidagi baytda esa tardi aksning maxraj turi qo'llanilgan bo'lib, o'rin almashinish ikkinchi misra doirasida ro'y bergan: Ne bo'ldi dardima, ey bevafo, davo qilsang, Vafog'a va'da qilib, va'dag'a vafo qilsang . ("Badoyi' ul-vasat", 357-g'azal) Bunda oshiq yordan vafo qilishni o'tinar ekan, birinchi jumlada avval "vafoga va'da qilish"ni so'raydi, so'ngra ikkinchi jumla orqali ana shu "va'daga vafo qilish"ni tasdiqlatib oladi, natijada shoir baytda majro aks orqali vafoni qat'iylashtirishga erishadi. Navoiy "Majolis un-nafois"da "insoniyat va xush axloqliqda Xuroson va Samarqand mulkida yagona" bo'lgan Mirzobekning bir matla'sini keltirib, unda tardi aks san'ati qo'llanilganligini aytib o'tadi: Ko'zung ne balo qaro bo'lubtur, Kim jonga qaro balo bo'lubtur. Navoiy keyinchalik Mirzobek tomonidan oxiriga yetkazilmagan bu baytni uning xotirasi uchun g'azal holiga keltirib, "Xazoyin ul-maoniy"ning birinchi devoni bo'lmish ""G'aroyib us-sig'ar"ga 161-raqam ostida kiritadi. Navoiy she'riyatida lafziy san'atlardan yana tarsi' (baytdagi barcha so'zlarning o'zaro teng va ohangdosh bo'lishiga asoslangan), tavzi' (baytda bir xil tovushlarni bir necha marta takrorlashga asoslangan), qalb (misra yoki bayt tarkibidagi so'zning teskari o'qilganda ham ma'no anglatishiga asoslangan), radd ul-ajuz al as-sadr (baytning oxirida kelgan so'z keyingi bayt-ning boshida takrorlanib keladigan), tasdir yoki radd us-sadr il-al ajuz (baytning boshida kelgan so'z baytning oxirida ham takrorlanadigan), tasbi' yoki tasbig' yoki tashobih ul-atrof (avvalgi misra oxiridagi so'z yoki jumla keyingi misra boshida aynan takrorlanishiga asoslanadigan), tajziya (bayt misralarining teng bo'laklarga bo'linib, birinchi va uchinchi, ikkinchi va to'rtinchi bo'laklarning o'zaro qofiyadoshligiga asoslanadigan), zulqofiyatayn (qo'sh qofiya keltirishga asoslanadigan), zulqavofi' (uch va undan ortiq qofiya keltirishga asoslanadigan) va boshqa san'atlar ham keng qo'llanilgan. Badiiy san'atlarning ikkinchi katta guruhi ma'noning birlam-chiligiga asoslanib, badi' ilmida ma'naviy san'atlar deb yuriti-ladi. Y.Is'hoqov tasnifida ular istioraviy-ramziy tasvir usullari (majoz, istiora, kinoya, baroati istehlol va b.), qiyosiy-assotsiativ usullar (tashbih, talmih, tansiq us-sifot va b.), fikrni dalillash (motivirovka) yo'llari (husni ta'lil, tamsil, irsoli masal va b.), emotsional-mubolag'ali tasvir usullari (mubolag'a, tashbihning ayrim turlari, ruju', murojaat, savol-u javob va b.) kabi guruhlarga kiritilgan bo'lsa, Z.Mamajonov ularni o'xshatish asosidagi san'atlar (tashbih, tamsil, talmih, irsol ul-masal, laff va nashr), majoz asosidagi san'atlar (istiora, kinoya, tashxis, intoq), belgini kuchaytirish asosidagi san'atlar (mubolag'a, taf-rit, iyg'ol va b.), ifoda usullari asosidagi san'atlar (mulamma', tajohuli orif, mazhabi kalomiy, husni ta'lil, ruju', savol-u javob, nido va b.) degan guruhlarga kiritadi. Mumtoz adabiyot, xususan, Alisher Navoiy she'riyatida shunday ma'naviy san'atlar va tasvir vositalari borki, ular badiiy ijodning muhim tarkibiy qismiga aylanib ketgan va shoir ijodini ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tashbih, istiora, mubolag'a kabi san'atlar nafaqat Alisher Navoiy, balki butun Sharq adabiyotining eng qadimiy va ajralmas poetik unsurlaridan sanaladi. O'rta asrlarda mubolag'a san'atiga xos tasvirni bo'rttirish va kuchaytirish xususiyatlari badiiy asarlarga zeb berganligini "Ahsanahu akzabahu" (Eng yaxshi she'r - eng yolg'on she'r) degan fikrning ommalashganligi bilan bog'liq-likda kuzatsak, shoirning badiiy mahoratini belgilovchi asosiy mezon sifatida tashbih san'atidan foydalanish darajasi asos qilib olinganligini manbalardagi fikrlar tasdiqlaydi: "Har bir shoirning katta mahorati tashbihlarda ko'rinadi. Tashbihda qudratliroq bo'lgan har bir shoir jahongirroqdir" (Said Nafisiy). Ma'lumki, tashbih biror predmet yoki hodisaning xususiyatini shu xususiyati bor boshqa narsa yoki hodisa orqali tasvirlashga asoslanadi. Adabiyotshunoslikda tashbih san'ati mushabbah yoki o'xshamish (tasvirda fikr qaratilayotgan (o'xshatilayotgan) narsa yoki tushuncha), mushabbahun bih yoki o'xshatilmish (tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha), vajhi shabah yoki o'xshatish sababi (nimaga ko'ra o'xshatishning yuzaga chiqqanligi) va odoti tashbih yoki o'xshatish vositasi (o'xsha-tilish belgisi) kabi to'rt unsur asosiga qurilishi ta'kidlangan. Ushbu unsurlarning barchasi ishtirok etgan o'xshatish tashbihi mufassal deb ataladi. Agar ulardan vajhi shabah tushirib qoldirilsa, bunday o'xshatish tashbihi mujmal va agar odoti tashbih ham qatnashmasa, bunday o'xshatish tashbihi muqayyad deb ataladi. Tashbihi muqayyad tashbihi mufassalga qaraganda o'xshatish belgisining kuchliligi bilan ajralib turadi. Masalan, Ey nasimi subh, ahvolim diloromimg'a ayt, Download 130.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling