5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar
Download 130.13 Kb.
|
5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar
Zulfi sunbul, yuzi gul sarvi gulandomimg'a ayt.
("G'aroyib us-sig'ar", 84-g'azal) misralarida Alisher Navoiy "yorimning zulfi sunbulga o'xshash" yoki "yorimning yuzi gul kabidir" jumlalari o'rniga "zulfi sunbul", "yuzi gul" tarzidagi aniq va qisqa o'xshatishlarni qo'llar ekan, bunda yor go'zalligi yorqinroq namoyon bo'ladi. Navoiy ijodida qo'llanilgan tashbihlarda o'xshamish faqat shaklga emas, ko'p hollarda vazifaga asoslanganligini kuzatish mumkin. Masalan, "Sab'ai sayyor"dan olingan quyidagi baytda Navoiy tongni libosga, falakni gozur, ya'ni kir yuvuvchiga va quyoshni sovunga o'xshatar ekan, tong otishi bilan qorong'ulik ketishini shunday tasvirlaydi: Subh savbini gozuri aflok, Mehr sobuni surtubon yudi pok. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: falak ham tozalovchi qilgan ishni qiladi, ya'ni u ham o'zining libosidagi (tongdagi) kirni (zulmatni) yo'qotadi, lekin uning kir yuvish vositasi anchayin mukammal: uning sovuni quyoshdir. Navoiy tashbihlari ko'pincha bir necha qatlamli ekanligi bilan ajralib turadi, ya'ni ularda o'xshatish unsurlari bir vaqtning o'zida bir necha funksiyalarni bajaradi. Bunda shoir o'zidagi biror narsa yoki holatni tasvirlanayotgan shaxsdagi biror narsaga o'xshatadi-da, so'ng undagi biror narsa bilan o'zidagi narsani qiyoslaydi. Masalan, quyidagi baytlarga nazar tashlasak: Mening firoqim-u oning visoli tun bila tong, Bu nav' dahrda yo'q ehtimoli tun bila tong... Tongim yorug'-u tunum tiyradurki, chirmashadur Ko'ngul aro yuz-u zulfung xayoli tun bila tong... Tunung xujasta, tonging qutlug' o'lsun, ey mahvash Ki, ikki banda sanga bo'ldi xoli tun bila tong. Ushbu baytlarda oshiqning firoqi ham, yorning visoli ham tun bilan tongga o'xshatilar ekan, shoir tazod san'ati vositasida o'xshatishlarning ma'no qatlamlarini ochib beradi. Navoiy tashbihlariga xos yana bir xususiyat shundan iborat-ki, ularning aksariyati kundalik hayotda, turmushda uchraydigan oddiy narsa va hodisalarga asoslangan. Masalan, quyidagi baytga e'tibor qarataylik: Suvang ul oy evining tomini balchig' yasabon, Paykarimning evini, hajrki tufrog' etadur. Baytda Navoiy poetik mahoratining yana bir qirrasiga guvoh bo'lamiz: oshiqqa qarashli narsa yoki uning holati ma'shuqqa tegishli narsa yoki voqeaga o'xshatiladi. Bu o'rinda oshiq ma'shuqaning uyini obod qilishni va shu maqsadda o'zining hijron tufayli tufroqqa aylangan jismini fido qilishni istaydi. Shoir yor uyining obod bo'lishi uchun oshiq vujudini fido qilishi tabiiyligini o'zining jismini ayriliq tuproqqa aylantirgan uyga o'xshatish orqali erishgan. Shuningdek, ushbu o'xshatish orqali fikr falsafiylashtirilgan: bir uyning buzilishi ikkinchi uyning obod bo'lishiga xizmat qiladi (A.Rustamov). Navoiy ijodida mubolag'a san'atidan ham ustalik bilan foydalanilgan. Ma'lumki, mubolag'a (ar. - kattalashtirish, kuchaytirish) adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol harakati yoki holatini bo'rttirib, kuchaytirib ifodalash san'ati bo'lib, bu xil tasvirda badiiy timsol xususiyatlari yanada yaqqol namoyon bo'ladi, o'quvchi ko'z oldida yorqinroq gavdalanadi. Mubolag'a san'ati haqida ilmi badi'ga doir mumtoz manbalarda ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, mazkur asarlarda mubolag'aning asosan ig'roq turiga to'xtalib o'tilgan. Xususan, "Funun ul-balog'a" muallifi shunday yozadi: "Bu san'at aningdek bo'lurkim, bir narsaning vasfinda mubolag'ani had va g'oyattin o'tkarurlar". Sharafiddin Romiy esa o'zining "Haqoyiq ul-hadoyiq"asarida mubolag'ani uning yuqori darajasi bo'lgan ig'roqdan ajratish zarurligini ta'kidlaydi. Mubolag'a va uning darajalari haqida nisbatan to'liqroq ma'lumot Atoulloh Husayniyning "Badoyi' us-sanoyi'" asarida berilgan bo'lib, muallif mubolag'aning tablig', ig'roq, g'uluvv, mardud g'uluvv kabi turlarini keltiradi. Mubolag'aning quyidagi 3 darajasi mumtoz adabiyotimizda, xususan Alisher Navoiy ijodida keng qo'llanilgan: 1) tablig' (ar. yetkazmoq) - aqlan ishonish mumkih bo'lgan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo'lgan mubolag'a. Bunda bo'rttirib tasvir qilinayotgan hodisa yoki xususiyat aqlga to'g'ri keladi va ba'zan qiyinchilik bilan bo'lsa-da, amalga oshishi ham mumkin: Download 130.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling