5-mavzu: nuklein kislotalar. Ularning kimyoviy tarkibi. Nukleozid va nukleotidlar. Dnk va rnk larning tuzilishi. Ularning strukturasi. Reja


Download 0.86 Mb.
bet4/5
Sana07.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1173297
1   2   3   4   5
Bog'liq
5- mavzu ma\'ruza

RNK ning tuzilishi.
Ribonuklein kislotalar (RNK) ning kimyoviy tuzilishi DNKga o‘xshab, faqat RNK tarkibida timin o‘rnida uratsil va dezoksiriboza o‘rnida riboza uchraydi. Undan tashqari, RNK molekulasi tarkibida oz miqdorda bo‘lsada, psevdouratsil, 5 – metilsitozin, I – metilguanin uchraydi.
RNK molekulasi bitta polinukleotid zanjirdan tashkil topgan bo‘lib, uning fazoviy konfiguratsiyasi ancha beqaror bo‘ladi. RNK molekulasi polinukleotid zanjirlarining ba’zi qismlari bir – biriga yaqin kelib, o‘zaro vodorod bog‘lar bilan birikadi va spiral struktura hosil qiladi. Bu strukturalar RNK tiplariga qarab har xil shaklda bo‘ladi.
Keyingi yillarda molekulyar massasi uncha katta bo‘lmagan ayrim t – RNKlarning birlamchi va ikkilamchi strukturasi aniqlandi. t – RNKlarning polinukleotid zanjiri bir necha unlab nukleotid koldigidan tashkil topgan bulib, xar doim erkin fosfat kislotasi bulgan guanozin koldigi bilan boshlanadi. t – RNKlarning molekulasi, odatda, ikkita – sitidinfosfat va adenin fosfat (SSA) dan tashkil topgan standart gruppa bilan tugaydi. Bular orasida esa ma’lum shaklda bulgan t – RNKlarning molekulalarining birlamchi va ikkilamchi strukturasi aniqlangan. Bulardan biri oksil sintez kilinadigan joyga alanin aminokislotasini tashiydi va alaninli t – RNK deb ataladi. Bu t – RNK ni Xolli (AKSH) topgan.


RNK molekulasidagi vodorod bog‘lari
Hozirgi vaqtda barcha aminokislotar t – RNK sining birlamchi strukturasi aniqlangan. Bu sohada akademik Baev rahbarligida ish olib borilgan. Ular tomonidan dastlab aniqlangan t – RNK valinli t – RNK bo‘lgan. Uning struktura tuzilishi quyidagicha. Harflar bilan polinukleotid zanjirdagi ribonukleotid qoldiqlar belgilangan. Punktir chiziqlar esa komlementar asoslar o‘rtasidagi vodorod bog‘larni bildiradi. Valinli t – RNK tarkibida bunday komplementar qismlar bir – biridan juda uzoq joylashgan. Masalan, molekula boshidagi 1 – 7 nukleotid molekulaning oxirida joylashgan 67 – 73 nukleotidga komplementardir. Bular vodorod bog‘lar orqali birikishi tufayli t – RNK ning “beda bargini” eslatuvchi murakkab konfiguratsiyasi hosil bo‘ladi.
RNKning boshqa turlari, masalan, yuqori molekulasi ribosoma – RNK va informatsion – RNK boshqacha struktura tuzilishiga ega. Bu RNKlarning molekulasida spirallashgan qismlar bilan bir qatorda spiral bo‘lmagan qismlar ham uchraydi. Spirinning ko‘rsatishicha eritmaning ion kuchi, temperaturasi va boshqa faktorlariga qarab, RNKning makromolekulalari har xil strukturaga ega bo‘lishi mumkin. Hujayrada RNK oqsil bilan birikkan holda bo‘ladi. Shuning uchun uning nativ konfiguratsiyani o‘rganish birmuncha qiyin.
Ribonuklein kislotalarning oqsil biosintezidagi ahamiyati bilan alohida tanishamiz.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling