5-mavzu. O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish. Mustaqillik yillarida


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana19.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1032930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
5-maruza tarix

Birinchidan, azaldan Sharqda davlat qanchalik demokratiyaga keng imkoniyat yaratib bergan 
bo`lmasin, kuchli hokimiyat mavjud bo`lgan. Eng ulug‘ va adolatpesha davlat boshlig‘ining bir 
qo`lida qilich, ikkinchisida ma‗rifat bo`lgan. Qilich hamma vaqt ham ishga solinmagan, u 
tinchlik, adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Aks holda, har qanday hokimiyat anarxiyaga aylanib 
ketishi mumkin. 
Ikkinchidan, boshqaruvning Parlamentar - Respublika usulida Prezident Parlament yig‘ilishida 
uning a‗zolari tomonidan saylanadi. Prezidentlik - Respublika boshqaruvida esa umumxalq 
saylovi yo`li bilan barcha fuqarolarning ovoz berishi asosida saylanadi. Bunda Prezident 
vakolatini Parlamentning sanoqli a‗zolaridan emas, keng xalq ommasidan oladi. 
O`zbekistonda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda sud hokimiyatini shakllantirsh 
muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham mamlakatda mustaqillik yillarida sud islohotlarini 
izchillik bilan o`tkazishga alohida e‗tibor berildi. Oliy Majlisning 1995 yil fevralda bo`lib o`tgan 
birinchi, 1995 yil dekabrda bo`lgan IV va 1996 yil avgustda bo`lgan VI sessiyalarida sud
hokimiyati uchinchi, mustaqil hokimiyat tarmog‘i ekanligi, odil sudlov tizimini shakllantirish 
va demokratiyalashtirish lozimligi ko`rsatildi. Oliy Majlisning VI sessiyasida Birinchi Prezident 
Islom Karimov ―Sud islohotini chuqurlashtirish, hokimiyatining uchinchi, mustaqil va qaram 
bo`lmagan tarmog‘i sifatida butun odil sudlov tizimini demokratlashtirish-huquqiy davlatni 
mustahkamlashning yana bir muhim yo`nalishidir... Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning 
huquqlari va manfaatlarini ximoya qiluvchi organga aylanib, haqiqatdan ham mustaqil bo`lib 
qolishi lozim‖, - dedi. 
O`zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O`zbekiston 
Resublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O`zbekiston 
Respublikasi Oliy xo`jalik sudi, shu muddatga saylanadigan viloyat sudlari, tuman, shahar 
xo`jalik sudlaridan iborat. 
1996 yildan boshlab sud islohotlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Oliy majlisning 1996 yil 26 
dekabrda bo`lgan VII sessiyasida Jinoyat kodeksi va Jinoyat-ijroiya kodekslariga jiddiy 
o`zgarishlar kiritildi. 
Sud hokimiyati Konstitutsiya va xalq tomonidan sudga berilgan jinoyat, fuqoralik va 
ma‗muriy hamda xo`jalik ishlari bo`yicha huquq va adolat, qonun ustivorligi tamoyiliga amal 
qilish, topshirilgan ish uchun javobgarlik asosida odil sudlovni amalga oshirish imkonini 
beruvchi vakolatlar majmuidir. 
O`zbekiston mustaqilligi yillarida hokimiyat organlari tubdan isloh qilindi. Bu tizim 
tarkibiga viloyat, tuman, shaharcha, shaharlar tarkibidagi tuman, shahar, qishloq, posyolka 
doirasidagi hokimiyat muassasalari majmui kiradi.
Milliy davlatchilik tarixi tajribasidan kelib chiqqan holda va ―O`zbekiston Respublikasi
hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to`g‘risida‖gi Qonunga mavofiq viloyat, shahar va 
tumanlarda hokim lavozimi ta‗sis etildi. Viloyat, tuman, shahar hokimi hududning oliy 
mansabdor shaxsi sifatida tegishli hudud ijroiya hokimiyatini boshqaradigan bo`ldi. 
O`zbekistonda o`zini-o`zi boshqarish organlarini tashkil etishga katta e‗tibor berildi. 
O`zbekiston Konstitutsiyasida o`z-o`zini boqarish organlarini to`zish tartiblari belgilab berilgan. 
Konstitutsiyaning 105-moddasida shaharlardagi mahallalarda hamda shaharcha, qishloq va 
1
Jo‗raev N. Agar ogoh sen ... Portretga chizgilar. siyosiy esse. - T.,: ― Yozuvchi‖, 1998, 48-bet. 


ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o`zini-o`zi 
boshqarish organlari hisoblanadi, deb belgilab qo`yilgan.fuqarolarning yig‘inlarida ikki yarim yil 
muddatga mahalla raisi ( oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylanadi. 
Markaziy Osiyo mintaqasi va musulmon sharqida davlat qurilishi va boshqaruv tajribasi 
o`zigaxos xususiyatlarga va o`ziga xos an‗analarga ega. Sharqda qadimdan ijtimoiy-siyosiy 
hayotda mahallalarning roli salmoqli bo`lgan. 
Mahalla azaldan Markaziy Osiyodagi shaharlar ichidagi, hududiy birlik bo`lib, u bizga 
o`tmish dan meros bo`lib qolgan. Mahalla; - o`z-o`zini boshqarishning asosiy bug‘ini. U 
aholining ijtimoiy masalalarini xal etishda muhim rol o`ynaydi. Mahallachilik uzoq an‗analarga 
va xalqimiz tarixiga, uning boy ma‗naviy-axloqiy udumlariga bog‘liq bo`lgan o`lkan hayot 
maktabidir.
Mamlakatimizda Mahallalarni tashkil etishga homiylik qilishda O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining respublika ―Mahalla‖ xayriya jamg‘armasini tashkil etish to`g‘risidagi 1992 yil 
12 sentyabrdagi hamda mamlakat ―Mahalla‖ xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish 
to`g‘risidagi 1992 yil 8 Oktyabrdagi farmonlari katta siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo`ldi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling