5-mavzu. O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish. Mustaqillik yillarida


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana19.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1032930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-maruza tarix

Birinchidan, davlat - bu zaruriy ob‗ektiv reallik bo`lib, jamiyat mavjudligi va faoliyatining 
hayotni adolatli va huquqiy asosda tashkil etishning asosiy shartidir. 
Davlatning milliy kontseptsiyasi uning rivojlanishi, takomillashuvi, faoliyatining samaradorligini 
ta‗minlash xususiyatidan kelib chiqadi. 
Ikkinchidan, davlat - bu shunchaki zaruriy ob‗ektiv reallik bo`libgina qolmay, u jamiyatning 
extiyoji, uning barcha a‗zolari uchun muayyan kadriyat hamdir. Tarixning ko`pasrlik tajribasi va 
hozirgi zamon tajribalari ham shuni aniq ko`rsatib turibdiki, davlat hokimiyatining zaifligi, 


kuchsizligi aksariyat hollarda fojiali xodisalarga olib keladi. 
Uchinchidan, demokratik davlat ayrim bir ijtimoiy qatlamlar, guruhlar va sinflarga emas, balki 
butun jamiyat mafaatlariga xizmat qilish uchun kerak. U butun xalq, butun jamiyat mafaatlarini 
ifodalaydi.
To`rtinchidan, demokratik davlat huquqni, faoliyat usullari va mexanizmlarini takomillashtirish 
fuqarolik jamiyatiga tobora yaqinlashish yo`lidan muntazam rivojlanib boradi. 
Beshinchidan, demokratik davlatning vazifasi inson vafuqarolar erkinliklari va xuqularini 
kafolatlashdan iborat. 
Demokratiyani davlat qurilishini tashkil etishning shunday bir shakli deb belgilash mumkinki
unda siyosiy hokimiyatni tashkil etishda, uning faoliyatining bosh yo`nalishlarini belgilashda va 
nazorat qilishda xalq ishtirok etadi. 
Jahon tajribalarning guvohlik berishicha, insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida davlat 
qurilishining oliy, madaniy shakli demokratiyadir va u quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: 
Xalqning erkin xoxish-irodasi
fuqarolarning teng huquqligi; 
inson huquqlarining ustivorligi; 
Hokimiyat organlarining saylanib qo`yilishi; 
ularning saylovchilarga bo`ysunishi; 
tayinlash yo`li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo`yiladigan organlar oldida 
hisob berishga burchliligi; 
hokimiyat tarmoqlarining taqsimlanganligi; 
Jahon hokimiyati tomonidan qabul qilingan va eng demokratik me‗yorlariga javob 
beradigan bu tamoyillar O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq ifodalangan va qonuniy 
mustahkamlangan. Istiqlol yillari yangi mustaqil O`zbekistonning milliy davlatchiligi 
poydevorini barpo etish sohasida puxta va jiddiy ish olib borilgan davr bo`ldi Ma‗lumki, 
davlatchiligimizning qariyib uch ming yillik tarixi Rossiya imperiyasiga zo`rlik bilan qo`shib 
olinishimiz natijasida o`zilib qolgan edi. Faqat mustaqillikka erishilgandan keyingina xalqaro 
munosabatlarning teng huquqli sub‗ektiga aylangan suveren O`zbekiston jahon yangi 
davlatchiligini qurish va rivojlantirishga kirishdi. 
Faqat istiqlolgina xalqimizga Vatanida o`zini erkin xis qilish, chinakam milliy qadriyatlarni 
tiklash, milliy davlatchiligini shakllantirish imkonini berdi. 
Mustaqillikka erishilgach, xalqimiz oldida keskin muammolar kundalang bo`ldi, Bo`lar: 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling