5-mavzu. O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish. Mustaqillik yillarida


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana19.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1032930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-maruza tarix

Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish kerak. Iqtisodiy islohotlar hech 
qachon siyosat ortida qolmasligi kerak u biror mafkuraga bo‗ysundirilishi mumkin emas. Buning 
ma‗nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. 
Ikkinchidan, murakkab o`tish davrida davlatning o`zi bosh islohotchi bo`lishi zarur. Davlat 
butun xalqning manfaatlarini ko`zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo`lishi , iqtisodiy 
taraqqiyotning yetakchi yo`nalishlarini belgiilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren 
davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o`zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab 
chiqishi va izchil ro‗yobga chiqarishi kerak. 
Uchinchidan, qonun ustivorligiga erishish, qonunlarga rioya qilish lozim. Buning ma‗nosi 
shuki, demokratik yo`l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz 
hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim. 
To`rtinchidan, demografiya sohasidagi real ahvolni, aholining mavjud turmushi darajasini 
hisobga olgan holda bozor munosabatlariga o`tish bilan bir qatorda kuchli ijtimiy siyosatni 
o`tkazish. Ijtimiy ximoyalash va kafolatlarning kuchli, ta‗sirchan mexanizmi mavjud 
bo`lgandagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlagan holda bozor iqtisodiyoti sari tinimsiz 
rivojlanib borishni ta‗minlash mumkin. 
Beshinchidan, yangi iqtisodiy bozor munosabatlarini puxta uylab, bosqich ma-bosqich , ya‗ni 
evolyutsion yo`l bilan qaror toptirish mumkin. 
Demokratik jarayonlarni va iqtisodiy o`zgarishlarni muvaffaqiyatli isloh qilish uchun barcha 
tamoyillar birday muhim belgilovchi ahamiyat kasb etadi. 
O`zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov mustaqillikning bir yilligi arafasida jahon 


―O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li‖ nomli asarida yangilangan jamiyatda 
yashovchi har bir kishining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi 
yo`llarinin ko`rsatib bergan bo`lsa, ‖O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida‖ 
kitobida iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga doir beshta tamoyilning ahamiyatiga yana bir bor 
to`xtaldi. Xususan, bozor munosabatlariga bosqich ma-bosqich o`tishning O`zbekiston uchun 
naqadar afzalliklariga alohida e‗tibor berildi. 
Birinchi Prezident I.Karimov mustaqillikning dastlabki kunidan boshlab yangi jamiyatga mos 
siyosiy islohotlar o`tkazish yo`llarinin oqilona ko`rsatibgina qolmay, ayni paytda jamiyatning 
bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish tamoyillarini ishlab chikdi, uni izchil amalga oshirish 
chora-tadbirlarini ko`rdi. Jahon tajribasi, O`zbekistonniing milliy xususiyatlari, imkoniyatlari va 
shart-sharoitlari asosida taraqqiyotning ― O`zbek modeli‖ ishlab chiqildi 
Shunday qilib, XX asr 90-yillarning boshlariga kelib O`zbekiston xalqlari tarixida misli 
ko`rilmagan tarixiy voqea yuz berdi. O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lgakiritdi. Dunyo 
haritsida 1991 yil 1 sentyabrdan boshlab yana bitta mustaqil, to`la huquqli suveren davlat - 
O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi. 
Yangi O`zbekiston o`ziga xos istiqlol va tarqqiyot yo`lini tanladi.
Mustaqillikning ilk kunlaridayoq Birinchi Prezident Islom Karimov huquqiy demokratik 
davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalasini dolzarb vazifa qilib o`rtaga 
tashladi. Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo`q. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek, dunyoda bir-biriga o`xshagan ikkita inson 
bo`lmaganidek, bir-biriga aynan o`shagan ikkita davlat ham yo`q. 
Demokratik jamiyatning xalqaro miqyosida e‗tirof etilgan bir qator tamoyillari bor: 
insonning xoxish-irodasini erkin bildirish va uni amalga oshirish; ozchilikning ko`pchilikka 
bo`ysinishi; dalat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat asosiy organlarining saylab 
qo`yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. Ayni ana shu tamoyillar 
asosida jahon davlatchiligi eng ilg‘or tajribalarga mos keladigan, uni dunyo tan oladigan, inson 
huquqlari har jihatdan kafolatlanadigan jamiyatni barpo etish mumkin. 
O`zbekiston demokratik jamiyat qurishda jahon xalqlari tajribasi sinovidan o`tgan ana shu 
tamoyillarga asoslandi. Shu bilan birga O`zbekiston demokratik,fuqarolik jamiyat qurilishida 
xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma‗naviy taraqqiyoti tajribasiga, milliy 
davlatchiligimiz negizlariga, ma‗naviy merosimiz ildizlariga, milliy xususiyatlarimiz va boy 
an‗analarimizga tayanish yo`lini tutdi. Ma‗lumki, Markaziy Osiyo xalqlari o‘zlarining ming 
yilliklar mobaynida shakllangan olamshumul siyosatlari, ma‗naviy barkamol davlatchilik 
an‗analari bilan jahon davlatchiligi va siyosati taraqqiyotiga katta ta‗sir ko`rsatgan. Ulug‘ 
bobolarimiz Somoniylar, Mahmud G‘aznaviy va Xorazmshohlarning adolat va insonparvarlikka 
tayangan saltanatlari, Sohibqiron Amir Temurning turkiy ulusni birlashtirib, markazlashgan 
davlat barpo etishi, millat iftixori uchun kurashishi va buyuk Temuriylar saltanatiga asos solishi 
va boshqa tarixiy haqiqatnilar jahon siyosatdonlari tomnidan yuqori baholangan. Birinchi 
Prezident I.Karimov siyosati ana shunday qadimiy va boy tajribaga tayandi. 
Mustaqilikka erishgan har bir xalq davlat qurilishining u yoki bu turini aniq siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa sharoitlariga, tarixiy an‗analari va ma‗naviy-ahloqiy qadriyatlariga qarab
o`zi tanlaydi. Shuning uchun ham har bir mamlakat va xalqning davlat qurilishi o`ziga xos va 
farqli xususiyatlarga ega bo`ladi. Shunga qaramasdan, xalqaro tan olingan bir qancha muhim
tamoyillar borki, ular insoniyat tarixiy taraqqiyotining Hozirgi bosqichida madaniy demokratik 
davlatning asosiy quyidagi xususiyatlarni ifodalaydi:

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling