5-mavzu. Tuproq hosil bo’lishida iqlim va gidrologik omillarning o’rni
Download 195.77 Kb. Pdf ko'rish
|
2891 5-mavzu (1)
1-ilova Ma’ruza matni Iqlim – ob-havoning statistik ko’p yillik rejimi bo’lib, u yoki bu joyning asosiy geografik tavsiflaridan biri – atmosfera holatining va tuproqqa ta’sir etadigan atmosfera jarayonlarining asosiy miqdor ko’rsatgichidir. Geologik vaqt nuqtai nazaridan iqlim- o’zgaruvchan hadisa hisoblanadi. Iqlimning o’zgarishi bilan organik dunyoning rivojlanish tarixi,demak,Er sharidagi tuproq qoplamining rivojlanish tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Iqlim Yer sharining yuzidagi tuproq tiplariningqonuniy joylashishida juda muhim rolь o’ynaydi. U tuproq paydo bo’lish jarayonlarining dinamikasidagi ma’lum tsiklining o’rnatilishida, ularning o’ziga xos xususiyati va yo’nalishida katta axamiyatga ega. Tuproq paydo bo’lish Tuproq paydo bo’lishiga ta’sir etuvchi shart-sharoitlardan biri – iqlim hisoblanadi. Tuproq hosil qiluvchi asosiy omil bo’lgan iqlim, o’simliklarning o’sib rivojlanishida katta rolь o’ynaydi. O’simliklar qoplamining zonal tarqalishi va tuproqdagi biologik jarayonlar energiyasi iqlimga bog’liq. Iqlim elementlaridan hisoblangan temperatura va atmosfera yog’inlari tuproq paydo bo’lishida bevosita ishtirok etib, tuproqning issiqlik va suv rejimlarini belgilaydi. Ammo muayyan maydonlardagi iqlim bilan bog’liq bo’lgan suv, issiqlik rejimi o’simliklar qoplami ta’sirida keskin o’zgaradi. Natijada tuproqning o’ziga xos gidrotermik rejimi yuzaga keladiki, unga tuproq iqlimi deyiladi. Tuproq iqlimi tuproqda kechadigan biokimyoviy jarayonlarning tezligiga hamda nurash va ishqorsizlanish jadalligi singari jarayon va xodisalarga bevosita ta’sir etadi. Bu o’zgarishlar o’simlik tiplari, tuproqning mexanik tarkibi, ona jinslar xarakteriga ko’ra turlichadir. Iqlim sharoitlari qishloq xo’jaligi, jumladan dehqonchilikda juda katta rolь o’ynaydi. SHuning uchun ham iqlim, respublikamizning tabiiy resurslaridan biridir. Qishloq xo’jaligini olib borish sistemasi, bir yilda bir necha marta hosil olish imkoniyatlari, ekinlarning tanlab ekilishi singarilar iqlim sharoitlariga ko’ra belgilanadi. Termik va tuproqning namlanish sharoitlariga qarab, iqlim gruppalari ajratiladi. Bunda geografik kengliklar bo’yicha xaroratning bir xilda bo’lmasligi e’tiborga olinadi. Termik gruppalardagi asosiy ko’rsatkich vegitatsiya davridagi 100Sdan yuqori bo’lgan o’rtacha sutkalik harorat hisoblanadi. Ana shu ko’rsatkichga ko’ra iqlimning quyidagi asosiy gruppalari ajratiladi. Download 195.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling