5-mavzu. Uzatmalar
Friksion va tasmali uzatmalar
Download 1.12 Mb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasmali uzatmalar
5.2. Friksion va tasmali uzatmalar
Friksion uzatma yaqinlashtiruvchi kuchlar bilan bir-biriga siqilgan silliq katoklar sirti orasida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchlaridan foydalanishga asoslangan. Silindrik, konussimon katokli uzatmalar eng ko‘p tarqalgan. Konussimon katokli uzatmalar bir-biriga nisbatan ma’lum burchak ostida joylashgan vallar orasida aylanma harakat uzatishga imkon beradi; ponasimon katokli uzatmalar esa katta aylanma kuchlarni uzatish xususiyatiga ega. Friksion uzatmalarning afzalligi: oddiy tuzilgan, ravon va shovqinsiz ishlaydi, uzatish sonini pog‘onasiz o‘zgartirish mumkin. Yetakchi valning aylanish soni o‘zgarmagani holda etaklanuvchi valning aylanish tezligini pog‘onasiz o‘zgartirishga imkon beradigan uzatmalar variatorlar deyiladi. Variatorlar old tomoni bilan tegishuvchi katokli; konussimon katokli va charm oraliq halqali, shuningdek, sferik sirtga ega bo‘lgan katokli qilib ishlanadi. Yetaklanuvchi katokni yetakchi katok markaziga tomon siljitish yo‘li bilan etaklanuvchi katokning aylanishlar soni kamaytiriladi. Konussimon katoklar orasidagi siqilgan oraliq halqa chapga surilsa etaklanuvchi valning aylanishlar soni ortadi. O‘qlarga o‘rnatilgan oraliq katoklarning vaziyatini o‘zgartirib, etaklanuvchi valning aylanish tezligini kamaytirish mumkin. Tasmali uzatmalar 10-15 m, ba’zan, 25-40 m gacha masofaga aylanma harakat uzatish uchun xizmat qiladi. Oddiyligi va uncha yeyilmasligi tasmali uzatmalarning afzalligi, uzatish sonining turg‘unmasligi (tasmaning sirpanishi) va uzatmaning kattaligi kamchiligi hisoblanadi. Tasmali uzatmalar etakchi va etaklanuvchi shkivlar hamda tasmadan iborat. Quyidagi tasmali uzatmalar eng ko‘p tarqalgan (5.1- rasm): bir tomonga aylanadigan parallel vallar orasida aylanma harakat uzatishga mo‘ljallangan to‘g‘i (ochiq); etakchi va etaklanuvchi shkivlari qarama-qarshi tomonga aylanadigan ayqash; kesishgan vallarga aylanma harakat uzatish uchun mo‘ljallangan yarim ayqash; o‘zaro perpendikulyar tekisliklarda joylashgan vallarga aylanma harakat uzatish uchun mo‘ljallangan burchakli; etakchi valning aylanishlar soni o‘zgarmagani holda etaklanuvchi valning aylanishlar sonini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan pog‘onali shkivlari bor uzatma; bir-biriga yaqin joylashgan shkivlarga aylanma harakat uzatish uchun mo‘ljallangan ponasimon tasmali u z a t m a. Tasmasi shkiv arig‘iga tiqilib turishi natijasida tasmali uzatma katta kuchlarni uzatishga imkon beradi. Ponasimon tasmalar bir necha qatlam rezinalangan matodan tayyorlanadi. Tasma yordamida aylanma harakat uzatish uchun tasma bilan shkiv sirtlari orasida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchlari uzatiladigan kuchdan katta bo‘lishi kerak. Tasmani quyidagicha taranglab: uzunligini nazariy (hisoblab chiqilgan) uzunligidan qisqa qilib; taranglash roliklaridan foydalanib (taranglikni oshirish bilan birga tasmaning kichik shkivni qamrash burchagini ham oshirib); tasmali uzatmaning etakchi shkivi o‘rnatilgan elektr dvigatelni salazkalarga o‘rnatib; shuningdek, vintli, reykali va yukli taranglash qurilmalari qo‘llab bu shartni ta’minlash mumkin. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling