5-Mavzu: Xaridning mohiyati va iste’molchilar huquqlari Reja


Download 58.93 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi58.93 Kb.
#1588220
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 5

Birinchidan, ular mahsulotdan foydalanishni muammoni hal qilish bilan bog‘lashadi.
Ikkinchidan, mahsulot o‘ziga xos individual-shaxsiy vaziyatga bog‘liqdir.
Uchinchidan, unda qamrab olingan shaxsiy qadriyatlar mavzulariga kuchli hissiy javob uyg‘otuvchi reklama kampaniyasi ishlab chiqilmoqda.
To‘rtinchidan, mahsulotga yaxshilanishlar amalga oshiriladi.
Ushbu strategiyalarning har biri xarid qilish jarayonida mijozlarni jalb qilish darajasini oshiradi – pastdan o‘rtagacha (lekin yuqori darajagacha emas).
Qidiruvga asoslangan xarid xatti-harakati
Xaridor xulq-atvorining bu turi muammoning cheklangan echimi bilan tavsiflanadi. Xaridlar iste’molchini jalb qilish past darajadaligi bilan ifodalanadi, lekin mahsulot brendlari o‘rtasida muhim farqlar mavjud bo‘ladi.
Sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayoni quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi: "xabardorlik-xarid-munosabat".
Bunday holda, iste’molchi muayyan brendga e’tibor berishni to‘xtatadi. Bir markadan ikkinchisiga o‘tishning sababi, muayyan brendga norozilik emas, balki o‘xshash mahsulotlarning keng doirasi sanaladi. Masalan, iste’molchilar odatda sotib oladigan mahsulot markalari sotib bo‘lingan bo‘ladi va iste’molchilar bu holatda tokchadagi narsalardan tanlashlari kerak bo‘ladi.
Bunday vaziyatda bozor etakchilari va izdosh kompaniyalar turli strategiyalarga amal qiladilar. Etakchilar do‘kon peshtaxtalarida o‘z mahsulotlari ulushini oshirish, muntazam ravishda intensiv reklamaga pul sarflash orqali odatiy iste’mol xatti-harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qiladi.
Izdosh-kompaniyalar esa xaridorni maxsus narxlarda, kuponlar va bepul namunalarda mahsulot taklif qilib, bir markadan ikkinchisiga o‘tishga undaydilar, reklama esa iste’molchini yangi mahsulot foydasiga tanlov o‘tkazishga ishontiradi.


5.3. Iste’molchilar huquqlari va uni himoya qilish


Konsyumerizm (inglizcha consumer – iste’molchi) deb nomlangan uyushgan iste’molchilar harakati 1936 yilda AQSH milliy iste’molchilar uyushmasining paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Amerika Qo‘shma SHtatlari milliy iste’molchilar uyushmasi. Ushbu ijtimoiy harakat ommaviy iste’molchining huquq va manfaatlarini himoya qilishga va eng avvalo quyidagilarga tayanadi:
1) ongli qaror qabul qilish huquqi – mahsulot (xizmat) ni sotib olish yoki sotib olmaslik - mahsulot haqida zarur ishonchli ma’lumotlarni olishga asoslangan;
2) savdo kompaniyasini tanlash huquqi va oldi-sotdining eng qulay usuli;
3) sotib olingan mahsulotning iste’mol xususiyatlari majmuasidan foydalanish huquqi-uning sifati, kafolatlari, xizmat;
4) mahsulotdan xavfsiz foydalanish huquqlari;
5) iste’molchilarning jamiyat a’zolari sifatida sotuvchilarning uzoq muddatli davlat manfaatlari, ekologik me’yorlar va boshqalarni hisobga olishni talab qilish huquq va majburiyatlari.
Konsyumerizm (iste’molchilik)ning maqsadlaridan biri tovar ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar hamda biznes infratuzilmasining boshqa ishtirokchilari, xususan reklama agentliklari faoliyatini tartibga solishdan iborat. SHuning uchun konsyumerizm iste’molchilarning xulq-atvoriga marketologlarning ta’sirini cheklash bilan bog‘liq.

Download 58.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling