5 ona tili docx
Download 226.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5 - ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aytilishi va yozilishi bir xil
- Ko‘p ma’noli so‘zlar
- Talaffuzi va yozilishi bir-biriga juda yaqin
37
LEKSIKOLOGIYA Leksikologiya yunoncha lexikos – «lug‘at», logos – «ta’limot» so‘zlaridan olingan bo‘lib, so‘z haqidagi, to‘g‘rirog‘i, so‘z ma’nolari haqidagi ta’limotdir. So‘zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat- holatlarni bildirishi uning atash ma’nosi sanaladi. Faqat mustaqil so‘zlargina atash ma’nosiga ega bo‘ladi. Olmoshlar bundan mustasno. Ular atash ma’nosiga ega so‘zlarga ishora qiladi. So‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga bo‘linadi. O‘n, Toshkent, Mirzacho‘l singari aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanilgan so‘zlar bir ma’noli so‘zlar sanaladi. Nutqiy jarayonda ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llanuvchi so‘zlarga ko‘p ma’noli so‘zlar deyiladi: shirin olma, shirin so’z(ko’chma ma’no) So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan atash ma’nosi o‘z ma’no sanaladi. So‘zning nutqda boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qiladigan yondosh ma’nosi ko‘chma ma’no hisoblanadi. M-n: Odamning qulog‘i–o‘z ma’no, qozonning qulog‘i–ko‘chma ma’no. Agar so’zning ko‘chma ma’nosi bo’lsa bu ko‘p ma’noli so‘z. Aytilishi va yozilishi bir xil bo‘lib, turli atash ma’nolarini bildirgan so‘zlarga shakldosh - OMONIMLAR so‘zlar deyiladi: yuz, tut, oq Shakldosh so‘zlar bir qarashda ko‘p ma’noli so‘zlarga o‘xshab ketadi. Ularni bir- biridan farqlash kerak. Ko‘p ma’noli so‘zlar bir so‘zni o‘z va ko‘chma ma’nolarida(ma’no deyarli bir xil faqat ko’chma ma’no) qo‘llashdan hosil bo‘ladi. Shakldosh so‘zlar esa shakli o‘xshash (ma’nosi bir – biriga umuman o’xshamaydigan) ikki va undan ortiq so‘zlardir. Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo‘lgan so‘zlar uyadosh so‘zlar deyiladi: kitob, daftar, ruchka; gul, bulbul, bog’; Talaffuzi va yozilishi bir-biriga juda yaqin, lekin ma’nolari bir-biridan butunlay (bir tovush bilan) farq qiladigan so‘zlarga PARONIMLAR deyiladi: 1. Abzal – ot-ulovni egarlash yoki aravaga qo‘shish uchun zarur asboblarning jami. Afzal – yaxshi, a’lo, ortiq so‘zlarining ma’nodoshi. 2. Daho – kuchli zehn va iste‘dod. Daha – shaharning ma’muriy bo‘linishi. 3. Amr – buyruq, farmon. Amir – o‘tmishdagi davlat rahbari. Bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so‘zlarga ma’nodosh - SINONIM so‘zlar deyiladi. Ma’nodosh so‘zlar bir umumiy ma’noni ifodalasa ham, shu umumiy ma’noni qanday ifodalash nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladi: shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq ovozning baland-pastligiga Download 226.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling