5 ona tili docx


TOVUSH O’ZGARISHLARI(FONETIK HODISALAR)


Download 226.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/29
Sana28.02.2023
Hajmi226.46 Kb.
#1237709
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
5 - ona tili

31
TOVUSH O’ZGARISHLARI(FONETIK HODISALAR)
3 xil tovush o’zgarish hodisalari mavjud. Bular TOVUSH TUSHISHI,
TOVUSH ORTISHI va TOVUSH ALMASHISHI
TOVUSH TUSHISHI
So’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilganda tovush tushishi
F’el yasalishi
Sifat yasalishi
Ot yasalishi
O
tdan
yig’i+la=yig’la
o`yin+a=o`yna
o`rin+a=o`rna
chaqin+a=chaqna
otdan:
og`iz+aki=og`zaki
fe’ldan:
ayir+im=ayrim
fe’ldan:
buyur+uq=buyruq
qayir+oq=qayroq
Sifat
dan
qiyin+a=qiyna
ulug`+ay=ulg`ay
sariq+ay=sarg`ay
qizil+ar=qizar
past+ay=pasay
sust+ay=susay
Taqlid

zdan
ingir+a=ingra
ho`ngir+a=ho`ngra
Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar qo’shilganda tovush tushishi
Egalik bilan
(i,u,a - tushadi)
Kelishik bilan
(qo’shimchadagi
- tushadi)
og`iz+im=og`zim
ko`ngil+ing=ko`ngling
bag`ir+i=bag`ri
burun+i=burni
bo`yin+i=bo`yni
qo`yin+i=qo`yni
singil+im=singlim
qorin+i=qorni
bo`g`iz+i-bo`g`zi
o`g`il+i=o`g`li
o`rin+ing=o`rning
egin+im=egnim
yarim+i=yarmi
shahar+i=shahri
zahar+i=zahri
Men+ni=meni
sen+ning=sening
Men+nika=meniki


32
Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar qo’shilganda tovush tushishi
Fe’l nisbati ta’sirida
- tushadi
Jamlovchi son
ta'sirida - tushadi
ayir+il=ayril
qayir + il=qayril
Olti+ov=oltov
ikki+ala=ikkala
yetti+ovlon=yettovlon
Fe’llarda so’z qo’shilishi ta’sirida tovush tushishi
Ayta+oldi=aytoldi, bora+olmadi=borolmadi, yoza+oladi=yozoladi
Ishlar+edi=ishlardi, borgan+emish=borganmish, Borar+ekan=borarkan
TOVUSH ORTISHI
So’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilganda tovush ortishi
F’el yasalishi
Sifat yasalishi
Ot yasalishi
Ega+la=egalla
achi+q=achchiq
isi+q=issiq
sasi+q=sassiq
his+iy=hissiy
tib+iy=tibbiy
shar+os=sharros
var+ak=varrak
gur`+ak=g`urrak
jiz+a=jizza
Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar qo’shilganda tovush ortishi
Egalik ta’sirida
Egalik va kelishik ta’sirida
(- ortadi)
mavzu+im=mavzuyim
obro`+im=obro`yim
mavqe+ing=mavqeying
baho+ing=bahoying
Xudo+im=Xudoyim
avzo+ing=avzoying
parvo+ing=parvoying
bu+im=bunim
u+ing=uning
o`sha+i+si=o`shanisi
shu+i+si=shunisi
U+ga=unga
u+da=unda
bu+dan=bundan
u, bu, shu, o‘sha olmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -ga, -gacha, -cha
qo’shimchalari qo‘shilganda n tovushi ortadi
Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar qo’shilganda tovush ortishi
De+il=deyil, ye+ish+yeyish
! “Orzu” so`ziga egalik qo`shimchalari qo`shilganda hech qanday tovush
ortmaydi: orzum, orzung, orzusi.


33
TOVUSH ALMASHISHI
So’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilganda tovush tushishi
F’el yasalishi
Ot yasalishi
Sifat yasalishi
son+a=sana,
ong+la=angla,
ot+a=ata,
yosh(ot)+a=yasha,
yosh(sifat)+ar=yashar
tara+q=taroq
so’ra+q=so’roq
bo’ya+q=bo’yoq
yama+q=yamoq
qiyna+q=qiynoq
sana+q=sanoq
sovi+q=sovuq
quri+q=quruq
sayra+qi=sayroqi
quvna+q=quvnoq
yumsha+q=yumshoq
yig’la+qi=yig’loqi
unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchasi qo‘shilganda
a unlisi о ga almashadi: sayla — saylov, sina — sinov, aya — ayovsiz;
so‘ra — so’roq, bo ‘ya — bo ‘yoq; о’yna — о’ynoqi, sayra — sayroqi
unlisi bilan tugagan ko‘pchilik fe’llarda -v, -q qo‘shimchasi
qo‘shilganda, i unlisi u almashadi: o‘qi — o‘quvchi, qazi — qazuvchi,
sovi — sovuq. Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe’llarga -q qoshimchasi
qo‘shilganda, i almashmaydi: og‘ri — og‘riq, qavi — qaviq.
k, q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g’inli so‘zlarga, shuningdek, bek,
yo‘q kabi ayrim bir bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda
undoshi undoshiga, undoshi g‘ ga almashadi: tilak — tilaging, yurak
— yuragim , kubok — kubogi, bek —begi; tayoq — tayog‘i, qoshiq —
qoshig‘i, yaxshiroq — yaxshirog‘i, yo‘q — yo‘g‘i.
Lekin ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zlarga, bir bo‘g‘inli ko‘pchilik
so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k, q tovushi almashmaydi:
ishtirok — ishtiroki, ocherk — ocherki, erk — erki, huquq — huquqim,
ravnaq — ravnaqi, yuq — yuqi.
Taqlid so‘zlardan fe’l yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qo‘shimchasi
so‘zda v yoki u tovushi bo’lganda -ulla ga almashadi: shovulla, gurulla
- ga qo’shimchasi -ka, -qa bo’lgan vaqtda tovush alamashishi
So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan
yoziladi: ko'chama-ko‘cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi.
Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so‘zlar qo‘shib
yoziladi: ro‘baro, darbadar kabi.
Belgining ortiq darajasini bildiruvchi (-dan/-ga)ko‘pdan ko'p, tekindan
tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizidi kabilar ajratib
yoziladi.


34
TESTLAR
1. Qaysi javobdagi so‘zda fonetik hodisa kuzatiladi?
A) O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir.
B) Odob yoshlarni kattalar duosiga sazovor etadi.
C) Ne-ne to‘siqlarni yengishgan edi.
D) Asabiylashmay yuzma-yuz o‘tirib, fikrimizni
tushuntira olamizmi?
2.
Qaysi javobdagi so‘zlarda fonetik hodisa
kuzatiladi?
A) qiynaldi, sanadi B) ma’naviy, o‘ksigan
C) yumshoq, foydali
D) o‘ynovchilardan, bog‘ga
3. Hadisi sharifda shunday deyilgan: "Odamlarga
nisbatan yomonligingni to‘xtat, shu o‘zingga sadaqa
bo‘ladi". Ushbu gapda qo‘llangan tovush o‘zgarish-
larining soni va turi to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) 2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush tushishi
B) 1 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi
C) 2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi
D) 1 ta tovush ortishi, 2 ta tovush almashishi
4. Jarangli juftiga ega bo‘lgan til orqa undoshi qaysi
javobda berilgan?
A) g B) k C) ng D) q
5. Sipohning tarqoqligi saltanatning
kuchsizlanishiga olib keladi. Ushbu gapda necha
marta tovush almashish fonetik hodisasi yuz bergan?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 0
6. Quyida berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar
qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Bolaning ko‘ngli
o‘ksimasin deb yumshoq o‘rindiqqa o‘tqazdi.
1) tovush tushishi; 2) tovush almashishi;
3) tovush ortishi
A) 2, 3 B) 1, 2 C) 1, 2, 3
D) 1, 3
7. Ona - u, bag‘rida millat beshigi,
Qalbida yopilmas qadr eshigi,
Allasi oromdir - hayot qo‘shig‘i,
Ayol omon bo‘lsa, dunyo go‘zaldir.
Ushbu she’riy
parchada qanday fonetik o‘zgarishlar uchraydi?
A) tovush almashishi, tovush orttirilishi, tovush
tushishi B) tovush almashishi, tovush ortishi
C) tovush almashishi, tovush tushishi
D) tovush ortishi, tovush tushishi
8.
Bir mahal bola yig‘ladimi yo tashqarida
shamolning guvullashi orasida dahshatli bir faryod
qulog‘iga kirdimi, anglay olmay qoldi. Ushbu
gapdagi fonetik o‘zgarishlarning turini ko‘rsating.
A) bitta tovush tushishi, uchta tovush almashinishi
B) bitta tovush tushishi, ikkita tovush almashinishi
C) uchta tovush almashinishi
D) bitta tovush orttirilishi, ikkita tovush almashinishi
9. Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda
bo‘lmaydi. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida nechta
tovush o‘zgarishi yuz bergan?
A) 1 B) 2 C) 4 D) 3
10. Ko‘p ishlovchi ko‘p yashaydi. Ushbu gapda
fonetik hodisalarning qanday turi mavjud?
A) tovush tushishi
B) tovush ortishi
C) tovush almashishi D) tovush tushishi va ortishi
11.
Portlovchilar guruhiga mansub bo‘lmagan
jarangli undoshlarni toping.
A) v, z, l, y
B) v, h, t, k
C) j, k, s, z
D) v, z, y, m
12. a unlisi o unlisi kabi aytiladigan so‘zlar qaysi
javobda berilgan?
A) tonna, oynak, kombayn B) savob, zamon, bahor
C) qaynoq, sanoq, dumaloq
D) tomosha, samon, muomala
13.
Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z
qatnashgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Temir qo‘rg‘on ichida qizil toychoq o‘ynaydi.
B) Bir nafasda olamni kezar. C) Tilsiz aql o‘rgatar.
D) Tig‘ yarasi bitadi, til yarasi bitmaydi.
14. Qator undoshlar ifodalangan so‘z berilgan
javobni belgilang.
A) Istiqlol B) istara C) estrada D) ishtirok
15. Tovush tushish hodisasi yuz bergan gapni toping.
A) Maktabda "O‘tkir zehnlilar" musobaqasi bo‘ldi.
B) Hech bo‘lmaganidan ko‘ra, kech bo‘lgani yaxshi.
C) Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘
yulduzdan seni so‘rayman.
D) Idoraga bor, senga ham pul berishadi.
16. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda talaffuzda
tovush orttirilishi kuzatiladi?
A) shariat, toifa, Noila B) iftixor, itoat, faxr
C) faxr, hukm, fazo
D) iftixor, fazo, toifa
17. Qaysi gapdagi so‘zda tovush almashinish hodisasi
yuz bergan?
A) Bu orada qiziq ishlar bo‘lib o‘tdi.
B) Qumloqda saksovul ildizlari chuqurlab ketgan edi.
C) Dushmanni tag-tugi bilan yo‘qotib yubordi.
D) Son-sanoqni bildiruvchi so‘zlar sanoq sonlardir.
18. Faqat lab undosharidan tashkil topgan ochiq
bo‘g‘inli so‘zlarni belgilang.
A) ma’no, mabodo, bobo
B) vabo, vafo, ma’vo
C) havo, bayot, badaviy
D) popop, moviy, pafos
19. Shovulladi tun bo‘yi shamol,
Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushhol:
"Yana keldi, do‘stginam, bahor". Ushbu parchada
burun tovushi bilan tugagan yopiq bo‘g‘inlar sonini
aniqlang.
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
20. Shovulladi tun bo‘yi shamol,
Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushhol:
"Yana keldi, do‘stginam, bahor". Ushbu parchada lab
undoshlari bilan boshlanuvchi ochiq bo‘g‘inlar sonini
aniqlang.
A) 1 B) 2
C) 3 D) 4


35
21. Oktava - insonning hayotda o‘z o‘rnini topishga
bo‘lgan intilishi. Bu intilish kuch-qudratingizni,
buyukligingizni, yoshligingiz va salomatligingizni
qanday timsolda ko‘rsangiz o‘shanday bo‘lishga
intilishdir.
Bu gapda nechta so‘z fonetik o‘zgarish
bo‘yicha yozilgan?
A) 5 B) 2 C) 3 D) 4
22. Qaysi qatordagi so‘zlarda i tovushi bilinar-
bilinmas talaffuz etiladi?
A) bilan, biroq, sira B) tushib, tirnoq, tingla
C) qiliq, qiziq, torlik
D) tartib, keltiring, kelib
23. Mehnat bilan inoqlashsang, tan og‘rig‘ini
ko‘rmassan. Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarish
kuzatilmoqda?
A) tovush tushishi B) tovush almashishi
C) tovush orttirilishi D) tovush tushishi va almashishi
24. Fevral oyiga kelib sovuqning shashti biroz
pasaydi. Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarish ro‘y
bergan?
A) tovush tushishi va almashishi
B) tovush orttirilishi va tushishi
C) tovush almashishi va orttirilishi
D) tovush almashishi
25. Berilgan so‘zlardan qaysi biri fonetik o‘zgarish
asosida yozilgan?
A) ulg‘aymoq B) ishda C) stol D) ketdi
26. Shundan so‘ng ikkovi shunchalik qalinlashdiki,
hatto bir juma kuni Murodxo‘ja domlaning
mehmonxonasida bir haftalik so‘z boyligini aytib
tamom qildi. Ushbu gapda nechta so‘z fonetik
o‘zgarish asosida yozilgan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
27. Qaysi gapdagi undalmada faqat til undoshlari
ishtirok etgan?
A) Ona tilim, sen ruhimning qanoti,
Abu turk nafasi, Oltoy chechagi.
B) Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor,
Nimaga uzoqroq kulmaysan?
C) Go‘zal yulduz, so‘yla mening taqdirim.
D) Aytgil, do‘stim, nima qildik vatan uchun?
28. Qaysi gapda egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi
natijasida jarangsiz tovush jarangliga aylangan?
A) Ro‘parasida tiniq suvday zilol ko‘zguni ko‘rdiki,
uning go‘zalligidan to‘xtab qoldi.
B) Ko‘chatni ekkani kelishibdi, ammo yomg‘irda
qolishdi.
C) Bir yoshroq va qoraroq bola eshikni taqillatdi.
D) Ko‘p ishlovchi ko‘p yashaydi.
29. Axloqiy fazilatlaring, yuqori estetik diding bilan
uyg‘unlashgandagina husningga husn qo‘shiladi.
Ushbu gapda chuqur til orqa undoshlari soni nechta?
A) 4 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 5 ta
30. Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan
so‘zni toping.
A) taraqqiyot B) tafakkur
C) shovqin
D) huquq
31.Qaysi so‘zlarda n va g alohida tovush hisoblanadi?
1) onangga; 2) shudring; 3) menga; 4) tutunga;
5) ko‘ngil A) 1, 2, 5 B) 2, 3 C) 3, 4, 5 D) 3, 4
32. muruvvat so‘zidagi qo‘sh undosh haqidagi to‘g‘ri
fikrni toping. A) til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi
B) lab undoshi, sirg‘aluvchi, jarangli
C) til undoshi, portlovchi, jarangsiz
D) lab undoshi, sirg‘aluvchi, jarangsiz
33. Do‘stning senga qanchalik muhabbati borligini
bilmoqchi bo‘lsang, uning eng yaxshi ko‘rgan
narsasini so‘ra, shunda hamma narsa ayon bo‘ladi.
Shu ikkalasidan keyin ham u qovog‘ini solmasa,
bunday do‘stni boshga ko‘tarish, shirin jon bilan
barobar tutish kerak. Ushbu matnda fonetik
o‘zgarishlarning qaysi turi kuzatiladi?
A) tovush tushishi, tovush ortishi
B) tovush ortishi, tovush almashishi
C) tovush tushishi, tovush almashishi
D) tovush tushishi, tovush ortishi, tovush almashishi
34.
Sovuqni sovuq saqlar, Issiqni issiq. Ushbu
topishmoqda qanday fonetik o‘zgarish yuz bergan?
A) tovush tushishi, tovush ortishi
B) tovush ortishi, tovush almashishi
C) tovush tushishi, tovush almashishi
D) tovush tushishi, tovush ortishi, tovush almashishi
35. Qaysi qatordagi so‘zlarning yopiq bo‘g‘inlaridan
biri til orqa jarangli undosh bilan tugagan?
A) jingalak
B) tinglamoq
C) zamburug‘
D) shtanga
36. Qaysi gapdagi so‘zlarning ochiq bo‘g‘inlari keng
unlilar bilan tugagan?
A) Kishining hurmati o‘z qo‘lida.
B) Ko‘z qayerda bo‘lsa, aql ham o‘sha yerda
C) Uydan maktabga bora boshladim.
D) Uning boyligi sira tugamas ekan.
37. Birovning narsasini so‘roqsiz olish gunoh
sanaladi. Ushbu gapda nechta so‘z tovush
o‘zgarishiga uchragan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
38. Faqat talaffuzda bir tovush ortadigan tor va keng
unli qator kelgan so‘zlar qaysi javobda berilgan?
A) doim, ilm, saodat B) tabiat, shariat, shior
C) soat, muallim, muomala
D) parvoyi, mavqeyi, obro‘yi
39.
Hayotning ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib, saboq
olib, tajribamni oshirdim. Ushbu gapda nechta
fonetik o‘zgarish kuzatilmoqda?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
40. Hayotning ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib, saboq olib,
tajribamni oshirdim. Ushbu gapda qanday fonetik
o‘zgarishlar kuzatilmoqda?
A) 1 ta tovush orttirilishi va 1 ta tovush almashishi
B) 2 ta tovush orttirilishi va 1 ta tovush almashishi
C) 1 ta tovush orttirilishi va 2 ta tovush almashishi
D) 2 ta tovush orttirilishi


36
41. Berilgan so‘zlarning qaysi birida faqat til oldi,
sirg‘aluvchi undoshlar ishtirok etgan?
1) muvozanat; 2) larza; 3) faylasuf;
4) shoira; 5) shovul; 6) salla
A) 1, 2, 3
B) 4, 5, 6
C) 2, 4, 6 D) 2, 5,
42. 1) ikki; 2) uch; 3) to‘rt; 4) besh; 5) olti; 6) sakkiz
Berilgan sonlarning qaysi birida faqat yuqori tor
unlilar ishtirok etgan?
A) 1, 2 B) 2, 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 5, 6
43. O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir. Ushbu gapda
nechta so‘z tovush o‘zgarishiga uchragan?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
44. Hadisi sharifda shunday deyilgan: "Odamlarga
nisbatan yomonligingni to‘xtat, shu o‘zingga sadaqa
bo‘ladi". Ushbu gapda nechta tovush o‘zgarishi ro‘y
bergan? A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta
45. Qaysi gapda fonetik o‘zgarishlarga uchragan
so‘z qatnashmagan
A) Odamning ko‘ngli nozik.
B) Burni qizarib kirib keldi.
C) To‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini indirar.
D) O‘zbekistonning ravnaqi yildan yilga el og‘ziga
tushmoqda.
46.
Sening 
tug‘ilib 
o‘sgan 
qishlog‘ingdan
ayrilmasligingni bilar edim. Ushbu gapda nechta so‘z
tovush o‘zgarishiga uchragan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
47. Unisi o‘ziga bergan azobdan qiynaladi, bunisi esa
o‘z qilig‘idan dard chekadi.
Ushbu gapda tovush
o‘zgarishiga uchragan nechta so‘z bor?
A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 1 ta
48. O‘zini sovuqdan qaltirayotgandek his qilgan
kampir qizi bergan qaynoq-qaynoq choydan ichgach,
tanasiga yoqimli issiqlik yugurdi. Ushbu gapda
necha o‘rinda fonetik hodisa yuz bergan?
A) 4 ta
B) 3 ta
C) 2 ta D) 5 ta
49. Yo‘q, hali bilagimda kuchim bor. Yuragimda o‘t
so‘ngani yo‘q. Bu alamlarni, bu xorliklarni oyoq
ostiga olib toptamagunimcha yashashim shart.
Yashayman! Ushbu parchada fonetik o‘zgarishga
uchragan so‘zlar necha o‘rinda ishtirok etgan?
A) 5 B) 2 C) 3 D) 4
50. Quyida berilgan gapdagi so‘zlar imlosida nechta
fonetik hodisa mavjud?
Ayrim paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini
esga olaman. Bolaligimning o‘ynoqi damlarini
eslayman; meni o‘tloqlarda dumalatgan, chang
ko‘chalarda o‘ynatgan damlarni aslo unutmayman.
A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 6 ta
51. Qaysi gaplarda qo‘shimchalar ta’sirida bir
so‘zning tovush tarkibida ikki xil fonetik o‘zgarish
ro‘y bergan?
1. Inson o‘z umrining hisobli bo‘lishini hamisha kech
anglaydi. 2. Jo‘jalarning sanog‘ini bilmadim.
3. Davr qiynoqlari vaqtincha - hali hamma narsa
oldinda. 4. Radiodan o‘ynoqi musiqa yangradi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 4
52.
Qaysi 
qatorda 
egalik 
qo‘shimchalari
qo‘shilganda asosda tovush almashinish hodisasi
kuzatiladigan, portlovchi, jarangsiz til orqa tovushi
bilan tugagan so‘zlar berilgan?
A) tilak, bilak
B) qishloq, buloq
C) erk, ishtirok
D) tog‘, bog‘
53. Jalil qo‘yin cho‘ntagidan gazetaga o‘ralgan pulni
olib sanamoqchi edi, yamoqchi urishib berdi. Ushbu
gapda fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini
aniqlang. A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
54.
Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar,
To‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini indirar. Ushbu
maqoldagi fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar
sonini aniqlang.
A) 1 ta B) 2 ta
C) 3 ta D) 4 ta
55. Shu so‘zlar og‘zimdan chiqar-chiqmas, do‘stim
etagimga yopishib xitob qildi: "Karam sohibi
bo‘lgan odam va’da berdimi, va’dasiga vafo qilishi
lozim!" Ushbu gapda egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi
natijasida fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini
aniqlang. A) 2 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 3 ta
56. Ona - u, bag‘rida millat beshigi,
Qalbida yopilmas qadr eshigi,
Allasi oromdir - hayot qo‘shig‘i,
Ayol omon bo‘lsa, dunyo go‘zaldir. Ushbu she’riy
parchada fonetik hodisaga uchragan so‘zlar soni
nechta? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
57.Birovning narsasini so‘roqsiz ravishda olish
kechirilmas gunoh sanaladi. Berilgan gap tarkibidagi
so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida qanday
fonetik o‘zgarish ro‘y bergan?
A) tovush tushishi
B) tovush orttirilishi
C) tovush almashishi
D) tovush tushishi va almashishi
58. Ahmoqlarning yuragi og‘zida, donolarning tili
esa yuragidadir. Berilgan gapda fonetik o‘zgarish
asosida yozilgan nechta so‘z mavjud?
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta
59. Ahmoqlarning yuragi og‘zida, donolarning tili
esa yuragidadir. Berilgan gapdagi nechta so‘zda
tovush almashishi yuz bergan?
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta
60. Ahmoqlarning yuragi og‘zida, donolarning tili
esa yuragidadir. Berilgan gapdagi nechta so‘zda
tovush tushishi yuz bergan?
A) 4 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 2 ta



Download 226.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling