5-semestr 1-Mavzu: turmush madaniyati va turmush tarzi. Sharqda turmush madaniyati haqidagi qarashlarning tadrijiy rivojlanishi. Reja


 Turmush tarzi va turmush madaniyati tushunchalarining o’zaro aloqadorligi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana24.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1718262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
2. Turmush tarzi va turmush madaniyati tushunchalarining o’zaro aloqadorligi. 
Turmush madaniyati va turmush tarzi kishilar hayotining kundalik amal qilish 
jarayonidir. Kishilar o„rtasidagi munosabatlar, turli an‟ana va urf-odatlar, mehnatga hamda 
jamiyatga, yashash qoidalariga munosabat turmushda o„z ifodasini topadi. Jamiyatning tarixiy 
taraqqiyoti jarayonida turmush madaniyati rivojlanib, o„zgarib boradi. 
Turmush kishilar hayotining asosiy sohalaridan biridir. Kishilar o„rtasidagi munosabatlar, 
turli an‟ana va urf-odatlar, mehnatga hamda jamiyatga, yashash qoidalariga munosabat 
turmushda o„z ifodasini topadi. Turmush madaniyati va turmush tarzi aynan bir xil tushunchalar 
emas. Avvalo “turmush madaniyati” tushunchasining mohiyatini pedagogik talqin etish zarur. 
Falsafiy-ilmiy manbalarda “turmush madaniyati tushunchasiga quyidagicha ta‟rif berilgan: 
“Turmush madaniyati – insoniyatning buyuk qadriyati. Insonning ijtimoiy va biologik 
ehtiyojlari, shaxs sifatida rivojlanishning muhim omilidir”. 
Adabiyotlar tahlili shuni ko„rsatadiki, mutaxassislar tomonidan “turmush madaniyati” 
tushunchasi borasida aniq bir to„xtamga kelinmagan. “Turmush madaniyati” keng qamrovli, 
murakkab va g„oyatda keng tushunchadir. U kishilarning hayot faoliyatlari ishlab chiqarish
ijtimoiy-siyosiy, madaniy sohadagi faoliyatlarining barchasini, eng muhimi, ularning 
amaliyligini, ma‟lum bir ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, falsafiy, tibbiy va biologik qadriyatlar va 
ehtiyojlarning real hayotda aks etganligini o„z ichiga oladi. 
Turmush madaniyati negizida kishilarning ehtiyojlari, ularning maqsadlari va
qadriyatlari tizimi yotadi, lekin ehtiyojlar har doim ham anglangan va “to„g„ri, yaxshi, ijobiy” 
ehtiyojlar bo„lavermaydi. Anglangan, shaxs va jamiyat manfaatlariga mos keladigan 
ehtiyojlargina turmush madaniyatini tashkil etishi mumkin. Turmush madaniyati – jamoat 
hayotining barcha sohalarida inson hayotiy faoliyatining aniq shakllari yig„indisidir. 
Ma‟lumki, faylasuflar, etnograflar, tarixchilar, sotsiologlar, psixologlar va pedagoglar 
tomonidan turmush madaniyati muammosining falsafiy jihatlari, ijtimoiy munosabatlardagi 
o„rni, jamiyatga tarbiyaviy ta‟siri, aholi o„rtasida, ayniqsa yoshlardagi turmush madaniyatini 
yuksaltirish masalalariga bag„ishlangan qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 
Turmush madaniyati tarixan tarkib topgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma‟naviy omillar bilan 
belgilanadigan kundalik hayot bo„lib, shu asosda rivojlangan munosabatlar, an‟analar va urf-
odatlardan iboratdir. 
Tabiiy ravishda turmush tarzi insonning jamiyat muhitidagi hayotini, mehnat qilish, dam 
olishini o„z ichiga oladi. Uning tarkibiy qismlariga nafaqat ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarish 
faoliyati, balki ishlab chiqarishdan tashqari vaqtdagi ijtimoiy-madaniy faoliyati ham kiradi. 
Tibbiy va fiziologik faollik ham uning bir turidir. Tibbiy va fiziologik faoliyatning bosh 
maqsadi jismoniy va ma‟naviy sog„lom bo„lishga yo„naltirilgan. 
Turmushda odam turli xil salbiy taassurotlar, salbiy ta‟sirlar, nojo„ya holatlar va 
sharoitlarga tushib qolishi mumkin. Bularning oldini olish uchun aholining o„z salomatligiga 
bo„lgan adekvat va mutanosib munosabatlarini tarbiyalash va keng aholi qatlamlari, shu 
jumladan, yoshlar o„rtasida tibbiy bilimlarni targ„ib qilish taqozo etiladi. 
Turmush madaniyatida har bir xalqning uzoq asrlar davomida yaratgan ma‟naviy va 
moddiy boyliklari, yon-atrof, muhit va kelajak haqidagi tasavvurlari, milliy-etnik belgilari, 
mentaliteti, urf-odatlari, an‟analari hamda yashash usuli to„la aks etadi. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda turmush madaniyati xalq, millat, etnosning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida 
yaratgan hayot kechirish usullarining majmuidir. Turmush madaniyati inson hayoti va insoniyat 
mavjudligining, borligining asosiy belgisi sifatida qadim kishilik jamiyati bilan birga mavjudlik 
kasb etgan. Turmush madaniyatiga ega bo„lish har bir xalq, har bir millat, har bir inson, har bir 


shaxsning ongi, uning tafakkuri va dunyoqarashi, yashash tarzi bilan uzviy va bevosita bog„liq 
psixologik-axloqiy va ijtimoiy-tarixiy zarur xususiyat hisoblanadi. 
Turmush madaniyati kishilarning individual va ruhiy hayotiy faoliyati ko„rinishi bo„lib, u 
ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy-siyosiy faoliyat, muloqot dunyoqarashi, xulq-atvor, mehnat, 
maishiy dam olish kabi omillar ta‟sirida shakllanadi. 
Turmush madaniyati kishilarning ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan tizimida tutgan 
o„rni, ijtimoiy kuchlarning yetukligi, moddiy ishlab chiqarish vositalari taraqqiyoti, shuningdek, 
ularning tub ijtimoiy manfaatlarini amalga oshirishga tatbiq etish, turmush madaniyati 
subyektining yutuqlarga erishish va ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadigan hayotiy 
faoliyatning aniq tarixiy jarayonidir. 
Turmush madaniyati: 
- tabiat, jamiyat va insonning o„zini-o„zi yaratuvchanlik qobiliyati; 
- moddiy va ma‟naviy ehtiyojlarni qondirish usuli; 
- kishilarning ijtimoiy-siyosiy faoliyat sohasida va davlatni boshqarishda ishtirok etish 
shakli; 
- nazariy, empirik va qadriyatlarga – yo„nalish darajasidagi bilish faoliyati; 
- jamiyat va uning ijtimoiy tizimlari (xalq, sinf, oila, mahalla va boshqalar) doirasida 
amal qiladigan kishilar o„rtasidagi muloqotlarni o„z ichiga oladigan kommunikativ faoliyati 
hamdir. 
Bundan tashqari, turmush madaniyati insonning jismoniy va ma‟naviy rivojlanishiga 
qaratilgan pedagogik faoliyat hamdir. 
Sotsiolog olimlarning fikriga ko„ra, turmush madaniyati muayyan tarixiy ijtimoiy 
munosabatlarga mos keluvchi inson hayot faoliyatining individual yoki jamoaviy turi. Jamiyat 
hayotida shaxs turli sohalarga oid fikrlarga ega bo„ladi. Turmush madaniyati iqtisodiy, ijtimoiy, 
siyosiy, madaniy, tabiiy va boshqa sharoitlarga bog„liq holda shakllanadi hamda jamiyatning 
moddiy va ma‟naviy hayoti unsurlaridan tashkil topgan yaxlit tuzilma sifatida namoyon bo„ladi. 
Turmush madaniyati muayyan ijtimoiy qurilmani tavsiflaydi va bu jamiyatda individ qanday 
yashayotganini, u inson o„z “men”i rivojlanishi va takomillashishi uchun nima qilayotganini, 
uning ehtiyojlari, manfaatlari va ijodiy imkoniyatlari amalga oshayotganini ko„rsatadi. Turmush 
madaniyati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mafkura va madaniyat, atrof-muhitning insonga 
ta‟siri natijasida shakllanadi hamda jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga faol 
ta‟sir etadi. Birgalikdagi faoliyat usullari, ijtimoiy jamoaviy munosabatlar va kishilar o„rtasidagi 
aloqa, muloqot va xulq-atvorlarning ustuvor shakli, muloqotning maqsad va vazifalari, 
faoliyatning manfaatlari turmush madaniyatining xarakterini belgilaydi. 
U yoki bu millat, elat va e‟tiqodga (dinga) taalluqlilik turmush madaniyatiga o„ziga 
xoslik bag„ishlaydi. E‟tiqod va ishonch nuqtai nazaridan buddaviylar, xristianlar, musulmonlar 
va boshqalarning turmush madaniyati bir-biridan farqlanadi. Turmush madaniyati shahar, 
qishloq, yoshlar, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, talabalar turmush madaniyati kabilarga 
ajratiladi. So„nggi yillarda jamiyat rivoji, uning zamonaviy holati, globalizatsiya sharoiti
jamiyat hayotiga bo„lgan turli tahdidlar, ilmiy-texnik va texnologik taraqqiyot, ijtimoiy 
transformatsiya jarayonlarining ilmiy-nazariy anglanishi natijasida turmush madaniyati 
tushunchasi yangicha mazmunga ega bo„lib “sog„lomlik” tushunchasi bilan birgalikda ishlatila 
boshlandi. 
“Sog„lomlik” tushunchasi sog„liq, salomatlik ma‟nosida bo„lib, aqlning sog„lomligi, 
o„zining sog„lomligiga nisbatan ham keng qo„llaniladi. Bu tushunchalar insonning turmush 
madaniyati, uning ma‟naviy, mafkuraviy, psixologik, emotsional, tibbiy va ruhiy holati bilan 
bog„liq holda qo„llanila boshlandi va “turmush madaniyati” tushunchasi paydo bo„ldi. 
“Turmush madaniyati” va “salomatlik” tushunchalarining o„zaro bog„liqligi “turmush 
madaniyati” tushunchasini keltirib chiqaradi. Tibbiyot ensiklopediyasida keltirilgan ta‟rifga 
ko„ra: turmush madaniyati – kishilar hayotiy faoliyatining aniq turi haqidagi tasavvurlarni 
muvofiqlashtiruvchi muhim ijtimoiy kategoriyalardan biri. Turmush madaniyati ma‟lum 
jamiyatning tavsifi hamda unda kechayotgan ko„plab ijtimoiy jarayonlar mohiyatini yoritib 


beradi. Turmush madaniyati va aholi salomatligini saqlash o„rtasida o„zaro aloqadorlik mavjud. 
Shu bois, “turmush madaniyati” tushunchasi turmush madaniyati va aholi salomatligini 
saqlashga yo„naltirilgan faoliyat o„rtasidagi o„zaro aloqadorlikning mujassam ifodasi sifatida 
qo„llaniladi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling