5-semestr 1-Mavzu: turmush madaniyati va turmush tarzi. Sharqda turmush madaniyati haqidagi qarashlarning tadrijiy rivojlanishi. Reja
Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar. 1.Turmush madaniyatining tarkibiy qismlari 2.Maishiy turmush odobi haqida nimalarni bilasiz 3.Ovqatlanish odobida nimalarga e‟tibor berish kerak? 2-BO’LIM 1. Sharqda turmush madaniyati an’analari. Kishilik jamiyatining ilk davrlaridan boshlab shaxs va jamiyat munosabatlari masalasi, sog„lom avlod tarbiyasi va u bilan uzviy bog„liq ijtimoiy taraqqiyot, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‟minlash masalalari hamma vaqt ilg„or fikr egalarining diqqat markazida bo„lib kelgan. Inson axloqiy qiyofasining shakllanishida buyuk ajdodlarimiz ma‟naviy merosining o„rni beqiyosdir. Ularning purma‟no hikmatlari, oliyjanob fazilatlari, saxovatpeshaligi, didaktik hikoyalari, dono maslahatlari va ular haqidagi ibratomuz rivoyatlar ta‟lim-tarbiyaning bitmas- tuganmas manbaidir. Odamlar murakkab vaziyat va sharoitda doimo donishmandlarning “do„stona ko„magi va qo„llab-quvatlashi”ga tayanadilar, ulardan ma‟naviy-ruhiy madad olib turadilar, o„zlarining xulq-atvorlarini, yaxshi yoki yomon sifatlarini ularning hayotiy tajribasiga, o„gitlariga, pand-nasihatlariga qiyoslaydilar, ulardan foydali xulosa chiqarib olishga urinadilar. Sharqonalik – insoniy qadr-qimmatni yuksak tutuvchi, axloq-odob, jamiyat, tabiatga munosabat, ilm-ma‟rifat bobida fidoyi shaxslarni tarbiyalash, millatni chuqur anglovchi, xalqning tili, ruhi, fe‟l-atvori va an‟analariga ongli ravishda amal qiluvchi, tarixiy-etnik ildizlarini puxta bilgan, millatdoshlarning o„tmishi, buguni va istiqbolidan faxrlana oladigan insonlarni yetishtirishni nazarda tutadi. Sharqonalikning shakliy jihati xususida shuni aytish lozimki, u zamon va makon bilan chambarchas bog„liq. Insonning ijtimoiylashuvi oiladan boshlanishini hisobga olganimizda, shaxsning komil inson bo„lib shakllanishida oilaning o„rni beqiyodir. Zero, qadimdan oila bejiz muqaddas sanalmagan. Inson o„z hayotini oilasiz tasavvur qila olmaydi va aynan mana shu oila muhitida u jamiyat a‟zosi sifatida tarbiya topadi. Oiladagi tarbiya muhiti, avvalo, oilaviy munosabatlar madaniyatiga bog„liq bo„ladi. Ya‟ni ota-onalar bilan farzandlarning o„zaro yaxshi munosabati, qariyalarga hurmat e‟tibor, ota-onaning farzandlar tarbiyasiga o„ta mas‟ulligi, oilada o„rnatilgan namunali tartib va ijobiy urf-odatlar, ota-onaning mehnatiga, ijtimoiy hayot hodisalariga to„g„ri munosabatda bo„lishi kabilar oilaviy munosabatlar madaniyatining nozik qirralaridir. Bularning qay birida mutanosiblik buzilsa, demak, o„sha oiladagi sog„lom muhitga putur yetadi va nosog„lom munosabatlarning paydo bo„lishiga sabab bo„ladi. Shu sababli oila jamiyatning asosiy bo„g„ini hisoblanadi. Oila – kishilarning tabiiy biologik munosabatlari, uy-ro„zg„orni boshqarish, huquqiy nikohni fuqarolik holatlarida qayd etish, ma‟naviy er-xotin, ota-ona va bolalar o„rtasidagi sevgi, mehr-muhabbat tuyg„usi va shu kabi munosabatlarga asoslangan birlik. Oilaviy munosabatlardagi har qanday holatlar (salbiy, ijobiy) bolalarning ruhiy, ma‟naviy rivojlanishiga ta‟sir etadi. Zero, oilada shaxsning insoniylik, qat‟iylik, burch, mehnatsevarlik, samimiylik, kamtarlik kabi axloqiy xislatlari shakllanadi. Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga munosabati, o„zlarini tuta bilishlari muhim. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, bir-biriga mehribonlik, ayniqsa ayollarni izzat qilish odatga, qoidaga aylanishi lozim. Bolalarga otani hurmat qilish, unga mehribon bo„lishni o„rgatish otaning vazifasi sanaladi. Odatda, o„g„il bola otasiga, qizlar esa onasiga o„xshashga, ulardagi yaxshi xislatlarni o„ziga singdirishga harakat qiladi. Ota ham, ona ham bolani tarbiyalashga birdek mas‟ul bo„ladilar. Shu tariqa manfaatlari umumiy bo„lgan ahil oilada yaxshi odat, an‟analar vujudga keladi sog„lom muhit, mehr-oqibat, qadr-qimmat zamini yaratiladi. Bolalarning yaxshi tarbiya topishlari uchun sharoit vujudga keladi. Oiladagi er-xotin o„rtasidagi yuksak munosabat madaniyati bolalarning quvnoq, xushchaqchaq o„sishlariga, to„g„ri tarbiyalanishlariga, xonadonda sog„lom muhit yaratishiga bevosita ta‟sir ko„rsatadi. Qaysi oilada noahillik, qo„pollik, do„q-po„pisa, asabiylik hukmron ekan, unda halovat ham bo„lmaydi. Oiladagi arzimagan janjal ham dastavval bolalarning psixik holatiga ta‟sir qiladi, ularda yomon odatlar hosil bo„lishiga olib keladi. Bolalar ulg„aygach ular ham “qush uyasida ko„rganini qiladi” qabilida ish ko„rishadi. Shu bois, oilada sog„lom muhitni saqlab qolish uchun ota-ona bir-birini behurmat qilmasligi, obro„larini tushirmasligi, oilaviy nizolarni bola yo„q vaqtida bartaraf etishlari lozim. Milliy qadriyatlarimiz ming yillar davomida shakllangan tarix sinovlariga dosh berib, necha-necha avlodlardan o„tib kelayotgan ma‟naviy boylik ekanligi, shubhasiz. Lekin bu boyliklar osonlikcha qadriyatga aylanmaydi. Ma‟naviy qadriyatlarning aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yosh avlodning mulkiga aylanishi o„z-o„zidan sodir bo„lmaydi. Buning uchun shu millat taqdiri va istiqboliga befarq qaramaydigan ilg„or vakillarning sa‟y-harakati talab etiladi. Xulosa shuki, yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda qadimiy boy ma‟naviy merosimizdan o„rinli foydalanish katta samara berishi, shubhasiz. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling