5-semestr 1-Mavzu: turmush madaniyati va turmush tarzi. Sharqda turmush madaniyati haqidagi qarashlarning tadrijiy rivojlanishi. Reja
Turmush madaniyati va uning tarkibiy qismlari
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
4. Turmush madaniyati va uning tarkibiy qismlari Turmush madaniyatining tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:Jismoniy salomatlik har bir fuqaroning eng avvalo o„z sog„lig„ini o„ylashi, turli zararli odatlardan o„zini chetga tortishi, o„zining jismoniy qobiliyatini oshirish uchun sog„lom turmush madaniyati asosida yashashga intilishi asosida shakllanadi. Shuningdek, jismoniy salomatlik kun tartibini to„g„ri tashkil etish, to„g„ri ovqatlanish, madaniy-gigenik ko„nikmalar hosil qilish, sport bilan muntazam shug„ullanish orqali yanada mustahkamlanadi. Tibbiy salomatlik - sog„liqni saqlash, sog„lom hayot kechirish, tibbiy tayyorgarlik bilan bog„liq bo„lib, sog„liqni mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlarga ega bo„lish, atrof-muhitdagi mavjud omillarning salbiy ta‟siridan himoyalana bilish asosida ta‟minlanadi. Ma‟naviy salomatlik - har bir kishining o„zini o„zi anglashi, qalbi va ruhini anglashi, jismoniy va ma‟naviy hayotini uyg„unlashtirishga doimo xarakat qilishi, o„zining jismoniy nafsi ustidan aql-idroki, ruhiy yetukligi bilan g„alaba qila oladigan holatni yaratishi orqali qo„lga kiritadi. Salomatlikka salbiy ta‟sir o„tkazuvchi turli illatlarga qarshi kurashuvchanlik turli zararli odatlar: kashandalik, ichkilik, giyohvandlikkka qarshi murosasizlik, OITSning yuqish yo„llari haqida xabardor bo„lish, kasallik manbalariga qarshi kurasha bilish, kompyuteramaniya, telefonamaniyaga nisbatan toqatsizlik, qarshi kurashuvchanlikni o„zida shakllantira bilishdan iborat. Sog„lom tafakkur - “Sog„lom tanda sog„ aql”deyilgandek sog„lom tafakkur har bir insondagi jismoniy va ma‟naviy hayot uyg„unligi asosida shakllanadi. Shuning uchun ham insonning egallagan bilimlari uniing o„z jismoniy hayotini to„g„ri belgilab olishiga xizmat qilishiga qarab unda sog„lom tafakkur mavjud ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Sog„lom tafakkur turmush madaniyatining ma‟naviy asosini tashkil etadi. Sog„lom dunyoqarash – aslida, dunyoqarash olam va odam haqidagi qarashlar va g„oyalar tizimi bo„lib, insonning olamga munosabati, dunyodagi o„rni, hayotiy yo„nalishi, o„zini anglashidir. Binobarin, sog„lom aql va tafakkurni shakkllantirishning asosiy maqsadi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan. Shunga ko„ra sog„lom dunyoqarash turmush madaniyatini yuksaltirishda alohida o„rin tutadi. Maishiy turmush odobi - maishiy turmush odobi turmush darajasi, turmush tarzi, turmush sifati asosida faoliyatda namoyon bo„lib, axloqning individual xususiyatlarida namoyon bo„ladi. Maishiy turmush odobi - odatlar, an‟analar, e‟tiqod, fikr-kechinmalarda ham namoyon bo„lib, yuksak turmush madaniyatining ma‟naviy yetuklik darajasini bildiradi. Ovqatlanish odobi - ovqatlanish odobi ham insonning yurish-turish me‟yorlari kabi o„zining nozik qonun-qoidalarpiga egadir. Bunda ham insonlar tomonidan avvaldan belgilangan me‟yorlarga amal qilish insonning madaniyatlilik darajasini ko„rsatadi. Kiyinish tartib-qoidalari - kiyinish ham yangi bo„lmasa-da tozalikka, ozodalikka, estetik tarbiyaga, uyda, xovlida, ko„chada, jamoatchilik orasida yurish-turishga ko„ra sharoitni hisobga olishni talab qiladi. Demak, kiyinish insonning madaniyatini, ma‟naviyatini, estetik didini, boshqalarga munosabatini ifodalaydi va turmush madaniyati darajasini muayyan darajada aks ettiradi. Shaxsiy gigena qoidalariga amal qilish - shaxsiy gigena qoidalariga amal qilish natijasida har bir inson hayot va mehnat faoliyatida amal qilishi zarur bo„lib, kasalliklarning oldini olish, yashash uchun qulay sharoit yarata bilish, salomatligini saqlash bilan bog„liq bo„lgan turmush tarzini yarata bilishi hisoblanadi. Shaxsiy gigiyena har bir kishining o„ziga va yoshiga bog„liq bo„lib, o„z hayotini, faoliyatini uzoq davom ettirishi uchun shaxsiy turmushini oqilona uyushtira olishi hamdir. Atrof-muhit va ekologik qadriyatlarga hurmat – atrof-muhit va ekologik qadriyatlarga hurmat, umuman, qadriyatlar jamiyat a‟zolarini tarbiyalash, ularning ma‟naviy barkamolligini ta‟minlashga xizmat qiladigan qadriyatlar tizimidir. Ma‟naviy qadriyatlar ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, estetik, huquqiy, ekologik qadriyatlarga bo„linadi. Ekologik qadriyatlar har bir fuqaroning atrof-muhitga, tabiatga munosabatini, hatti-harakatini belgilab beradi. Fuqrolarda ekologik qadriyatlar asosida faoliyat ko„rsatishlariga qarab ularning ekologik ongi va ekologik madaniyati shakllanganligi to„g„risida xulosa chiqarish mumkin. Turmush madaniyati aholi ongida shakllanishi va ularning hayot tarziga aylanishi uchun pedagogik jarayoni uzviy va uzluksiz olib borishni talab etadi. Uzviylik – amalga oshiriladigan ta‟lim-tarbiya ishlarining mazmunan izchilligi, bir-birini to„ldirishi tizimliligi, ilmiyligi, davomiyligi, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, xayotiy muammolarga hozirjavobligi, amaliyotga mosligi hamda o„zaro aloqadorlikda samarali pedagogik natijaga olib kelishi demakdir. Uzluksizlik esa – TM bo„yicha bilim, ko„nikma malakalardan iborat bo„lgan TM mazmunini yosh differensatsiyasi nuqtai nazaridan va pedagogik maqsadga mos ravishda bosqichma-bosqich tashkil qilish, oddiydan murakkabga qarab inson kundalik zarur ehtiyojlarini qoplashga yo„naltirilgan tarzda belgilangan reja asosida doimiy egallab borishida jamiyatning barcha ijtimoiy-pedagogik institutlari va tashkilotlar hamkorligi ular faoliyatini maqsadga qaratilgan holda uyushtirish jarayonidir. Bundan tashqari turmush madaniyati: Tevarak-atrofda bizni o„rab turgan tabiiy-ekologik obyektlarga nisbatan ehtiyotkorona munosabat va mehr-muhabbat tarbiyasi (havo atmosferasi, suv resurslari, yerning unumdor qatlami, o„simlik va hayvonot dunyosi); Xalq xo„jaligining turli sohalari taraqqiyotida tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va aholi salomatligini saqlashning tabiiy-iqlimiy omillarini unumli qo„llashdan iboratdir. Turmush madaniyatining asosiy bosh mohiyati - insonning jismoniy va ruhiy emotsional holati, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-maishiy yutuqlarga erishishi, tibbiy va salomatlik profilaktika prinsiplariga amal qilishi bilan belgilanadi. Turmush madaniyati insonning u yoki bu darajada ijodiy potensialini joriy etishiga imkon yaratuvchi, hayotiy faoliyatining madaniy, turmushga oid va ishlab chiqarish usullarining yuzaga kelishidir. Sog„lom turmush madaniyati esa mana shu yaratilgan usul va shart- sharoitlardan o„z salomatligini muhofaza qilish va uzoq umr ko„rish maqsadida samarali va ijodiy foydalanishdir. Turmush tarzi sog„liq va salomatlik haqida ijtimoiy, tarixiy, shuningdek, uning amaliy hayotga integratsiyasi haqidagi aniq tushunchadir. Turmush madaniyati esa mana shu bilim va malakalarni egallagan holda ularga real hayotda qat‟iy rioya etib yashash tartibidir. Turmush tarzi – inson hayotiy faoliyatining tipik kundalik shakllari va usullari bo„lib, ular organizmning rezerv imkoniyatlarini takomillashtirish bilan birga, iqtisodiy va ijtimoiy- psixologik holatlardan qat‟i nazar, o„zining ijtimoiy va kasbiy funksiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishdir. Turmush madaniyati esa insonning o„z salomatligini muhofaza qilishga yo„naltirilgan maxsus fiziologik, jismoniy, psixologik, ma‟naviy-mafkuraviy shakl, uslub, vositalarining ishlab chiqilishi va amal qilishidir. Turmush madaniyati ma‟naviy madaniyatning tarkibiy qismi bo„lib, u jamiyatning barcha sohalarini sog„lom barqarorlikka olib keladi. Sog„lom turmush madaniyatini rivojlantirish jarayoni murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo„lib, insonni barkamollika yetaklaydi. Turmush madaniyati o„zaro hurmat, hamkorlik, mehr-muhabbat, insonparvarlik, tinch-totuvlik kabi xislatlarda ko„rinadi. Har bir millat o„z maishiy turmush madaniyatiga ega, har bir xalqning o„z milliy turmushini tashkil etishga uning milliy mentaliteti, madaniyat darajasi, turmush sharoiti va tarixiy davri ta‟sir ko„rsatadi. Ular o„sha millatning turmush madaniyatiga ega yoki ega emasligini belgilab beradi. Shuningdek, har bir xalqning turmush madaniyatini belgilovchi uning tili, axloqiy fazilatlari bolalarga g„amxo„rlik ko„rsatish, keksalarni qadrlashi, yurish-turishi, kiyinishi, ovqatlanishi, o„zaro muomalasidagi madaniyati kabi madaniyatlilik darajasini belgilab beruvchi mezonlari mavjud. Har bir millat o„z maishiy turmush madaniyatiga ega. Har bir xalqning o„z milliy turmushini tashkil etishga uning milliy mentaliteti, madaniyat darajasi, turmush sharoiti va tarixiy davr ta‟sir ko„rsatadi. Ular o„sha millatning turmush madaniyatiga ega, yoki ega emasligini belgilab beradi. Shuningdek, har bir xalqning turmush madaniyatini belggilovchi tili, axloqiy fazilatlari, bolalarga g„amxo„rlik ko„rsatishi, keksalarni qadrlashi, yurish-turishi, kiyinishi, ovqatlanishi, o„zaro muomalasidagi madaniyati kabi madaniyatlilik darajasi mezonlari mavjud. Salomatlik madaniyati keng ma‟nodagi “turmush madaniyati”dir. U shaxs umumiy madaniyatining asosiy qismini tashkil qiladi. Shaxsning turmush madaniyati uning ijodiy kuch va qobiliyatlarining rivojlanishi, hayoti va faoliyatini tashkil qilish shakllarida namoyon bo„ladi. Bugungi kunga kelib rivojlangan tibbiyot fani sog„liqni saqlash, mustahkamlash va yaxshilashning ishonchli metodlarini tavsiya qilmoqda. Bu metod har bir insonning turmush madaniyatiga qattiq rioya qilish va aholida turmush madaniyatini rivojlantirishdan iborat. Mazkur maqsadga esa faqat insonning turmush madaniyatini rivojlantirish va unga rioya etish orqaligina erishish mumkin bo„ladi. Bu nafaqat inson sog„ligini saqlashga olib keladi, balki ishchanlik faoliyatini oshiradi, turli kasalliklardan asraydi, shuningdek, erta qarishlikning oldini oladi. Millatimiz tarixiy-ijtimoiy qadriyatlari tizimida har vaqt sog„lom yashash va uzoq umr ko„rish aqidalari mavjud bo„lgan va nasl sog„lomligiga alohida e‟tibor bilan qaralgan. Nasl sog„lomligi tushunchasi esa, eng avvalo, yoshlar salomatligi masalalarida sa‟y-harakat qilish zarurligini bildirgan. Shu bilan birga, o„zbek millati qadriyatlari tizimiga sog„lomlik tushunchasi doirasida nafaqat tibbiy yoki jismoniy salomatlik, balki ruhiy, ma‟naviy sog„lomlik asoslari kiritilgan. Ayniqsa, inson salomatligi asosida ma‟naviy salomatlik alohida ta‟kidlagan. Turmush madaniyati – qadriyatlarni e‟zozlash, insonlarga, bolalarga g„amxo„rlik ko„rsatish, xalq tili, yaratilgan moddiy boyliklar va milliy urf-odatlar, an‟analarni asrash madaniyati demakdir. Sog„lom turmush madaniyati inson ma‟naviy dunyosining tarkibiy qismidir. Jamiyatimiz, xalqimiz hayotida sog„lom tutrmush madaniyati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, bugungi kunda yoshlarimiz ongi va qalbida turmush madaniyatini yuksaltirish uchun olib borilayotgan g„oyaviy-tarbiyaviy ishlarning ahamiyati ortib bormoqda. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling