5-semestr 1-Mavzu: turmush madaniyati va turmush tarzi. Sharqda turmush madaniyati haqidagi qarashlarning tadrijiy rivojlanishi. Reja
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
3. Madaniyat va turmush madaniyati Turmush madaniyatini rivojlantirish muammosini tadqiq etar ekanmiz, avvalo madaniyat, turmush madaniyati tushunchalarining mazmun-mohiyati, “madaniyat”ning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o„rni va ahamiyati masalalariga to„xtalib o„tish lozim. Fikrimizga ko„ra, madaniyat ma‟naviyatning moddiy voqelikdagi in‟ikosidir. Madaniyat konkret shaxsdan tashqarida bo„lgan insoniyat yaratgan qadriyatlar tizimigina bo„lib qolmasdan, aslida shaxs madaniy darajasi mana shu yig„ilgan sivilizatsion qadriyatlar tizimiga amal qilib yashash qonuniyatlari hamdir. Chunki shaxs qanday yashashni bilishi mumkin, ammo mana shu bilim va malakalarga amal qilib yashash boshqa narsa. Falsafiy talqinlarga ko„ra, inson ijodiy faoliyatining barcha mahsuli “madaniyat” tushunchasi tarkibiga kiritiladi. Ma‟naviyat, ya‟ni ma‟naviy qadriyatlarni shakllantiruvchi barcha qadriyatlar tizimi madaniyatni yaratadi. Ma‟naviyat – mana shu imkondan tug„ilgan mavjudlik hisoblanadi. Ma‟naviyat o„tmish, bugun va kelajakni qamrab oladi. Madaniyat esa o„tmish va bugungi taalluqli. Ma‟naviyat kelajakni belgilaydi. Madaniyat bugungi ahvolni ko„rsatadi. Shaxs madaniyati o„zida shaxsning bilim darajasi ma‟naviy rivojlanishi, uning faol hayot faoliyati o„zini va tevarak-atrofni o„zgartira olish qobiliyatini mujassamlashtiradi. Odatda, madaniyat shaxs xarakteridagi sifatlarni baholashda ishlatiladi. Shaxs madaniyati – insonning tabiat va jamiyatda garmonik holda yashashini ta‟minlovchi xususiyatlar (bilim, sifat, urf-odat, o„z maqsadiga erishish qobiliyati, qadriyatlar) majmuasidir. Insonda tashqi va ichki madaniyat bo„ladi. Sog„lom turmush madaniyati esa ana shu ikkala madaniyatning umumlashmasidir. Madaniyat - kishilarning tabiatni, borliqni o„zlashtirish va o„zgartirish jarayonida yaratgan moddiy boyliklar hamda bu boyliklarni qayta tiklash va bunyod etish yo„llari va uslublari majmui. Madaniyat moddiy va ma‟naviy, ishlab chiqarish, ijtimoiy va o„zaro munosabatlar, siyosat, oila, axloq, xulq, huquq, tenglik, tarbiya, ijod, ilm-fan, xizmat ko„rsatish turmush madaniyati kabilar bilan bog„liq keng qamrovli tushunchadir. Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko„rsatkichidir. Madaniyat ijodkori, eng avvalo, xalqdir. Faylasuf olimlar madaniyatni eng muhim dolzarb soha sifatida e‟tirof etib, ishlab chiqarish madaniyati, boshqarish madaniyati, rejalashtirish madaniyati, turmush madaniyati, xizmat ko„rsatish madaniyati, muomala madaniyati, ekologiya madaniyati, bola tarbiyasi madaniyati kabilarni sanab o„tadi. Turmush madaniyati ma‟naviy madaniyatning tarkibiy qismi bo„lib, u jamiyatning barcha sohalarini sog„lom barqarorlikka olib keladi. Turmush madaniyatini rivojlantirish jarayoni murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo„lib, insonni barkamollikka yetaklaydi. Turmush madaniyati kishilar o„rtasidagi o„zaro hurmat, hamkorlik, mehr-muhabbat, insonparvarlik, tinch-totuvlik kabi hislatlarda, shu bilan bir qatorda, insonning o„z salomatligi va jamiyatning sog„lomligiga nisbatan mas‟ullik bilan munosabatda bo„lishi, o„z salomatligining posboni sifatida faoliyat yuritishida ko„rinadi. So„nggi yillarda olib borilgan tadqiqot ishlari va ilmiy xulosalar shuni ko„rsatadiki, agar turmush madaniyatini yuksaltirish barcha davolash, kasalliklarning oldini olish, epidemiyaga qarshi kurashish tibbiyot muassasalari va jamoatchilik uyushmalarining muhim vazifasi bo„lib kelgan bo„lsa, bugungi kunda yoshlar turmush madaniyatini yuksaltirish ta‟lim muassasalari, davlat tashkilotlari, jamoatchilik birlashmalari, tibbiyot muassasalari va aholining hamkorlikdagi faoliyatini talab qiladi. Turmush madaniyati tushunchasi turmush tarzi tushunchasidan keng bo„lib, inson hayoti, shaxsi, yashash muhiti, oilasi madaniy qiziqishlari bilan bog„liq hodisa. Insonda TM shakllanishiga ijtimoiy tuzum o„zining kuchli ta‟sirini o„tkazmay qolmaydi, ya‟ni TM shakllanishiga tuzumning va ijtimoiy-iqtisodiy omillar (shaxsiy, oilaviy, fuqaroviy huquqiy, ma‟naviy-ruhiy, madaniy aloqalar)ning ta‟siri katta. Insonning dunyoqarashi, uni o„rab turgan tabiat, muhit, moddiy sharoit va tabiiy omillar TM shakllanishiga ta‟sir ko„rsatadi. Xalqning turmush madaniyatiga nafaqat ijtimoiy jarayonlar, milliy qadriyatlar balki shu bilan birga, tabiat omillari ham kuchli ta‟sir qiladi. Har bir xalq o„zi yashaydigan joyning ob- havosi, suvi, iqlimi, tuprog„i va tabiiy sharoiti bilan moslashib, shu muhit bilan omuxta holda yashash tarzini kechiradi. Xalq qanchalik mirishkor, bilimdon, sabr-toqatli bo„lsa, uning turish- turmushi, yemak-ichmagi, kiyim-kechagi, boringki, moddiy hayoti madaniylashib boradi. Umrining mazmun-ma‟nosini, yashashdan maqsadini, eng muhimi, o„zligini yaxshi taniy boradi, yuksak insoniylik fazilatlarini namoyon etadi, bunday xalq faqat mehnat tufayli, erishgan ma‟naviy fazilatlari tufayli dunyoga taniladi. Hozirgi kunda kishilarning turmush madaniyatini yuksaltirishda inson hayoti va taraqqiyotida muhim rol o„ynaydigan biologik va ijtimoiy omillar zarurdir: ovqatlanish, harakat, bioritmik, jinsiy, irsiy va oilaviy, ijtimoiy, orttirilgan zararli odatlar, atrof-muhit va aholining nisbatan kichkina hududlarda to„planib yashashi bilan bog„liq bo„lgan omillar, texnika va turmush taraqqiyoti; sog„liq masalasida ongsizlik, savodsizlik va malakasizlik omillari va boshqalar. Mazkur omillardan to„g„ri foydalanishda yoshlarning bilim va imkoniyatlari darajasini oshira borish biz o„rganayotgan kursning asosiy vazifasidir. Turmush madaniyati kishilarning ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan tizimida tutadigan o„rni, ijtimoiy kuchlarning yetukligi, moddiy ishlab chiqarish vositalari taraqqiyoti, shuningdek, ularning tub ijtimoiy manfaatlarini amalga oshirishga tatbiq etish, turmush subyektining yutuqlarga erishishi va ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadigan hayotiy faoliyatning aniq-tarixiy jarayonidir. Turmush madaniyati – zamonaviy turmushning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. U inson tomonidan uning salomatligi va rivojlanishi uchun eng qulay bo„lgan ijtimoiy va maishiy vazifalarni bajarishga yordam beruvchi faoliyatlarni birlashtiradi. Turmush madaniyati aholining turmush tarzini o„zgartirib, uni sog„lomlashtirish orqali salomatligini mustahkamlashda hal qiluvchi boshlang„ich asosiy dastak hisoblanadi. Bunda zararli xulq-atvor va odatlar, turmush madaniyatining boshqa noxush tomonlarini bartaraf qilish uchun kurashiladi. Tadqiqotchilarning ko„pchiligi “Turmush madaniyati inson salomatligini saqlash va yaxshilashga qaratilgan hayotiy faoliyat usulidir”, deb ta‟kidlaydilar. Turmush madaniyatining asosini quyidagilar tashkil qiladi: moddiy sharoitning yaxshiligi, yashash sharoiti, mehnat va dam olishda ratsional tartibga amal qilish, doimiy me‟yorga amal qilgan holda ovqatlanish, jismoniy yuklamaning yetarli darajada bo„lishi va zaruriy ko„nikma, shaxsiy gigiyena qoidalari, alkogolli ichimliklar iste‟mol qilish va chekish kabi zararli odatlardan holi bo„lish, stress holatlaridan qochish yoki stress holatlariga tushib qolishning oldini olish, sog„lom dunyoqarash asosida hayot kechirish o„z ma‟naviy va jismoniy salomatligiga mas‟ullik bilan munosabatda bo„lish, ma‟naviy sog„lomlik, mavjud imkoniyatlardan aniq maqsadga yo„naltirilgan va ongli foydalanish kabilardir. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling