5-semestr 1-Mavzu: turmush madaniyati va turmush tarzi. Sharqda turmush madaniyati haqidagi qarashlarning tadrijiy rivojlanishi. Reja
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Turmush madaniyati – shaxs ma‟naviy dunyosining tarkibiy qismi bo„lib, u ma‟naviy
va jismoniy sog„lomlik haqida tibbiy-pedagogik, ma‟naviy-ma‟rifiy bilim, ko„nikma va malakalarni egallagan holda, ularni kundalik hayotiy ehtiyojga aylantirib yashash va sog„lom turmush kechirish g„oyasini targ„ib qilish demakdir. Demak, turmush madaniyatining ikki muhim qirrasi mavjud. Turmush madaniyati insonning jismoniy va ma‟naviy sog„lom turmush borasidagi bilim va malakalari majmuidan iborat, ikkinchidan esa, mana shu va malakalarning uning real hayotida amalga oshirilishiga bog„liq. Iste‟molga kiritilgan ma‟naviy sog„lomlik shaxsning ijtimoiy-ma‟naviy kamoloti, ruhiy yetukligining yuqori cho„qqisi bo„lib, fikr va dunyoqarash, til va dil sog„lomligidan iboratdir. Ijtimoiy-mafkuraviy sog„lomlik esa ijtimoiy-siyosiy yetuklikning yuqori cho„qqisi bo„lib, jamiyat taraqqiyotini ta‟minlashga xizmat qiluvchi milliy va umuminsoniy g„oyalar, qadriyatlar majmuasi, shaxs amaliy faoliyatida namoyon bo„lishdir. Turmush madaniyatini yuksaltirish bo„yicha amaliyotdagi ahvolni o„rganish natijalari shundan dalolat beradiki, bu muammoning ilmiy-amaliy yechimini topishda quyidagi masalalarga e‟tiborni qaratishi talab etiladi: - turmush madaniyatini yuksaltirishda uzviylik va uzluksizlik tamoyillari amal qilishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish; - turmush madaniyatini yuksaltirishning komponentlari va rivojlanganlik ko„rsatkichlarini aniqlash; - turmush madaniyatini yuksaltirishda ma‟naviy qadriyatlarning tutgan o„rni va ahamiyatini yoritish; - turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ijtimoiy loyihalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish; - turmush madaniyatini yuksaltirishda uzluksiz ta‟lim tizimida o„qitiladigan ijtimoiy fanlar mazmunini takomillashitirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; maxsus kurslar dasturini yaratish; - ta‟lim-tarbiya jarayonida yoshlar turmush madaniyatini yuksaltirishda ilg„or pedagogik va axborot-kommunikativ texnologiyalardan samarali foydalanish; - turmush madaniyatini yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlari rolini oshirish hamda oila, mahalla va ta‟lim muassasalari bilan pedagogik hamkorligini kuchaytirishning mexanizmini takomillashtirish. Bugungi kunda sog„lom tafakkur bilan bog„liq yuqorida sanab o„tilgan birlamchi elementlar: g„oyalar, qarashlar, tushunchalar, ularning inson hayotida maxsus sa‟y-harakatga aylanishi, ularning harakatga aylanishi uchun zarur bo„lgan ijtimoiy-pedagogik tizimning mavjudlik darajasi yetarlidek ko„rinadi. Biroq mana shunday qadriyatlar tizimining mavjudligiga qaramasdan, pedagogik ta‟lim jarayonidan talab etilayotgan narsa shundaki, insondagi turmush madaniyati shaxs va uning hayotiy maqsadi, ya‟ni moddiy va ma‟naviy salomatlik madaniyatiga aylantirishdir. Moddiy va ma‟naviy salomatlik qadriyatlari agar shaxs hayotida amalda qo„llanilmasa, oddiy g„oya va qarash tarzida qolib ketadi. Mazkur qarash va g„oyalar shaxs hayotining tarkibiy qismi va uning yashash tarziga aylangandagina ular turmush madaniyatiga aylanadi. Turmush madaniyati tushunchasi pedagogik mazmuni inson – shaxs - sog„lom bilim malakalarni egallashga intilish - sog„lom bo„lishiga sa‟y-harakat - salomatlikni shaxsiy qadriyatga aylantirish – salomatlik nuqtai nazaridan barkamollikka erishish, shaxsiy salomatlikning barqarorligiga erishish - o„z salomatligining posboni bo„la olish - jamiyat, ya‟ni oila, mehnat yoki o„qish dargohi, mahallada turmush madaniyatining shakllanishiga harakat qilish va jamiyatga ijobiy ta‟sir o„tkaza olish - jamiyatni moddiy va ma‟naviy sog„lomlashtirish kabi tushunchalarning uzviyligi, ularning davomiyligi va ustuvorligini talab etadi. Turmush madaniyati istilohi aslida bir necha o„zaro aloqador, ammo falsafiy, ijtimoiy va pedagogik jihatdan ma‟lum darajada mustaqil tushunchalarning uzviy aloqadorligidan tashkil topadi. Ular: salomatlik, turmush madaniyati va madaniyat tushunchalaridir. O„zbekiston Respublikasi mustaqilligi e‟lon qilingandan keyin qabul qilingan birinchi Qonun “O„zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to„g„risidagi O„zbekiston Respublikasi Qonuni bo„lib, yoshlarga oid davlat siyosati O„zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo„nalishi etib belgilandi. Qonunda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo„lgan fuqarolarga taalluqli yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy negizi belgilangan va uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo„lida imkoni boricha to„la-to„kis ro„yobga chiqishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy-tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iborat. Yoshlar – ijtimoiylik darajasiga ko„tarilayotgan kishilarning yaxlit bir avlodiga teng bo„lib, ular ta‟lim, mutaxassislik, madaniyat va boshqa ijtimoiy funksiyalarni egallashni o„ziga maqsad qilib oladi. Shu nuqtai nazardan yoshlar turmush madaniyatini yuksaltirishning pedagogik asoslarini yaratish masalasi ham ijtimoiy, ham siyosiy, ham sotsiologik jihatdan juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki yoshlar turmush madaniyatini yuksaltirish degani aslida butun bir kelgusi avlod va jamiyatning turmush madaniyatini ta‟minlab berish demakdir. Yoshlar ijtimoiy-demografik guruh bo„lib, u – biologik yoshga nisbatan o„xshash umumiy, ijtimoiy mavjudlik xususiyatlari, psixologik o„ziga xosligi asosida qatlam yoki guruh qilib ajratiladi, yoshlar - insoniyat va jamiyat hayotiy siklining ma‟lum bir fazasiga teng keladi. Demak, yoshlar jamiyat hayotining butun bir biologik va ijtimoiy qatlamiga teng kelar ekan, jamiyat turmush madaniyatining yuksalishi orqali yoshlar turmush madaniyati ta‟minlanadi va ro„yobga chiqadi. Shu bois ham yoshlar turmush madaniyatini yuksaltirish muhim istiqbolli ahamiyat kasb etadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling