5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet77/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Uyga vazifa: Qiyiqchaga gul tikish.
_________________20__-yil O’IBDO’:___________________
_________________20__-yil 5-sinf 55-56-dars
Mavzu : Milliy o'yinchoq (qo'g'irchoq) haqida ma’lumot. Milliy o’yinchoq turlari, ishlatiladigan asbob, moslamalar, gazlama va ularning turlari
Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga milliy o'yinchoq (qo'g'irchoq) turlari, uning uchun ishlatiladigan asbob, moslamalar, gazlama va ularning turlari
haqida tushuncha berish va tikishni o`rgatish;
Tarbiyaviy maqsadi: Mavzu bo`yicha o`quvchilarga estеtik va badiiy tarbiya bеrish
Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning milliy o`yinchoqlar turlariga oid bilimlarini kеngaytirish.
Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni milliy kasb-hunarga yo`naltirib borish.
Darsning jihozi: Darslik, igna, qaychi, gazlamalar.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: Savol-javob, suhbat, guruhlarda ishlash, amaliy mashg`ulot.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy davr.
2.Ma`naviyat daqiqasi.
3.Qiziqarli savol –javoblar.
Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi.
O`tilgan darslar bo`yicha savol-javoblar o`tkazish.

  1. Qiyiqcha-belbog'ning vazifasi nimalardan iborat?

  2. Qiyiqchani tikish uchun qanday asbob va moslamalar kerak bo'ladi?

  3. Qiyiqchaga qanday gazlama ishlatilgani ma' qul?

  4. Qiyiqchani tikishda qanday kashta choki turidan foydalaniladi?

  5. Qiyiqchaga tikiladigan naqsh guli gazlamaga qanday tushiriladi?

  6. Qiyiqchani tikish bosqichlarini aytib bering.

Yangi mavzu bayoni: Milliy o'yinchoq (qo'g'irchoq) tikish texnologiyasi
Turli xil gazlamalardan hamda gazlama qoldiqlaridan yumshoq o'yinchoqlarni tikish mumkin. Bunday o'yinchoqlarni bezashda tur­li тех, charm, porolon, tasma-lardan foydalaniladi. O'yinchoqning ko'zlari uchun tugmachalar va taqinchoqlar, og'zi uchun esa charm va kleyonka ishlatiladi.
Ko'p qizlar qo'g'irchoq o'ynashni va qo'liga igna ushlashni boshlashi bilan qo'g'irchoqlariga ko'ylak tikishni yaxshi ko'radilar. Umumta'lim maktablarida mehnat ta'limi darslarida qizlarga gazla­ma qoldiqlaridan qo'g'irchoqlarga ko'ylak tikishni o'rgatish bilan birga qo'g'irchoqni o'zini ham tayyorlash o'rgatiladi. Quyida taklif qilinayotgan qo'g'irchoq milliy uslubdagi qo'g'irchoq bo'lib, uni tikishda oddiy usullardan foydalanilgan (1rasm).
Mazkur qo'g'irchoqning avval tana qismi tayyorlab olinadi. Tana qismi uchun zich to'qilgan ochiq rangdagi sidirg'a gazlama­dan foydalaniladi. Tana qismi sintefon yoki paxta bilan to'ldiriladi. So'ngra sochlari qora jun ipdan tayyorlanib yopishtiriladi yoki tikib qo'yiladi. Qo'g'irchoqning yuz qismi kashta bilan bezatilishi mumkin. Tayyor bo'lgan qo'g'irchoq uchun ko'ylakni atlas yoki adras gazlama bo'laklaridan foydalanib tikish mumkin. Buning uchun tayyor qo'g'irchoqning o'lchamlari olinib, ko'ylakning chizmasi chiziladi. Bunda ko'ylakning orqa bo'lagida bel qismigacha taqilma bo'lishi kerak. Shunda ko'ylakni qo'g'irchoqqa kiydirish oson bo'ladi. Ko'ylakning bo'yin o'miziga va yengning etak qismiga burmalar bilan ishlov beriladi.
Qo'g'irchoq uchun lozim ham tikilib, uning pochasiga jiyak o'rniga tasma bilan yoki kashta tikib ishlov beriladi.
Qo'g'irchoqning kavishi esa qora rangdagi istalgan gazlamadan tayyorlanadi. Bunda berilgan o'lchamda kavish tikilib, sintefon bilan to'ldiriladi va qo'g'irchoqning oyoq uchlariga tikib qo'yiladi.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling