5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Qiyiqchani bichish va zanjir chokda tikish


Download 1.39 Mb.
bet76/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Qiyiqchani bichish va zanjir chokda tikish
Qiyiqchada uning naqshi asosan 4 ta chetki qismida joylashgan' bo'ladi. Avval naqsh guli qiyiqchaga tushirib olinadi va zanjir chokda gazlama rangidan farq qiluvchi rangli ipda tikib chiqiladi .
Asbob va moslamaiar: stol, stul, zanjirsimon popop chok namunalari, 110 x110 sm o'lchamdagi sidirg'a gazlama bo'lagi, igna, angishvona, qaychi, santimetr lenta, turli xildagi mulina iplar, gardish.

  1. 110 x 110 sm o'lchamdagi sidirg'a gazlama bo'lagining qirqimlariga tikuv mashinasida ishlov beriladi.






  1. Belbog'ning to'rt tomonidan bir xil kenglikdagi hoshiya chiziladi. Belbog'da gulning naqshi asosan 4 ta chetki qismining hoshiyasida joylashgan bo'ladi. (Hoshiyaning kengligi tikiladigan chokning kengligiga mos bo'lishi kerak. 2-rasm.)

3.Avval naqsh guli qiyiqchaga tushirib olinadi, belbog' bo'lib-bo'lib gardishga tortiladi va zanjir chokda gazlama rangidan farq qiluvchi rangli ipda tikib chiqiladi. Bunda mulina iplarini ikki qavat qilib ishlatish tavsiya qilinadi.


4.Belbog'ga hoshiyadan tashqari uning 4 ta uchi tomoniga (hoshiyadan ichkarida bo'ladi) naqsh gulini tushirib tikish ham mumkin.
5.Nusxa tikib bo'lingach, belbog'ning avval teskari, so'ngra o'ng tomonidan dazmollanadi.
Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Qiyiqcha-belbog'ning vazifasi nimalardan iborat?

  2. Qiyiqchani tikish uchun qanday asbob va moslamalar kerak bo'ladi?

  3. Qiyiqchaga qanday gazlama ishlatilgani ma' qul?

  4. Qiyiqchani tikishda qanday kashta choki turidan foydalaniladi?

  5. Qiyiqchaga tikiladigan naqsh guli gazlamaga qanday tushiriladi?

  6. Qiyiqchani tikish bosqichlarini aytib bering.

Dars yakuni.
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling