5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Kashtachilikda ishlatiladigan chok namunalarini tikish


Download 1.39 Mb.
bet73/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Kashtachilikda ishlatiladigan chok namunalarini tikish
Kashtachilikda quyidagi chok turlari ishlatiladi. Qaytma chok . Bu chok bir xil yiriklikdagi qaviqlaming uzluksiz qatoridan iborat bo'ladi. Ignani o'ngdan chapga yuritib, birinchi qaviq bilan shu qaviq yirikligidagi oraliq hosil qilinadi. Ikkinchi qaviqni tushirish uchun ip chapdan o'ngga yotqizib birinchi qaviq tugagan joydagi nuqtaga igna sanchiladi-da, qaviq yirikligida o'ngiga chiqariladi. Uchinchi va undan keyingi qaviqlarni tushirishda, ulaming o'zidan oldingi qaviq tugagan joyga igna sanchiladi. Qaytma chokni qaviqlar orasida ochiq joy qoldirib tiksa ham bo'ladi.

Suv chok. (2-rasm )Bir-biriga zich joylashgan qator qiya qaviqlardan iborat bo'ladi. Bu chokni chapdan o'ngga tomon yoki o'zidan oldinga qaratib yo'naltirib tikish mumkin. Suv chokni tikayotganda ip doimo bir tomonda - chapda yoki o'ngda bo'lishi kerak. Tikayotganda ip yo'nalishini o'zgartirib bo'lmaydi, chunki chokning strukturasi buzilib qoladi.
Iroqsimon chok (3-rasm). Gazlamadan sug'urib chiqarilgan ikkita ip izi bo'ylab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulining motividan tikiladi. Bunda kashta gulining goh u, goh bu tomoniga navbatma-navbat igna sanchib, qaviqlar chapdan o'ngga tomon joylashtirib boriladi. Gazlamaga igna sanchilgan joylar oralig'i bir xil bo'lishi kerak. Yo'lning o'rtasi bo'ylab qaviqlar chalishib boradi. Har bir yangi qaviq oldingi qaviq ustiga tushadi.


Yo'rma chok. Ba'zan ziy chok ham deyiladi, chunki bu chok bilan gazlamaning chetlari tikiladi. Gazlamani teskari tomoniga 3-4 sm bukib, gazlama rangidagi ip bilan ko'klab chiqiladi. Petlya chok qaviqlari chapdan o'ngga tomon gazlama ziyiga perpendikular joylashtirib tikiladi. Bu choklar gardishsiz tikiladi. Chok qaviqlarining yirikligi bir xil bo'lishi kerak.
Popop chok. Chok bir-birining ichidan chiqib keladigan uzluksiz qator petlyalardan iborat bo'ladi. Bu chokni gardishda va gardishsiz tikish mumkin. Ikkala holda ham ignani o'zi tomon yuritib qaviq tushiriladi. Kashtani gardishsiz tikayotganda gazlama tortilib qolmasligini, chok petlyalari yumaloq shaklda bo'lishini kuzatib borish kerak. Popop chokni siniq chiziq tarzida tikish ham mumkin. Bunday chokning teskari tomonidan qaviqlari va o'ng tomonidagi petlyalari chokning o'rta chizig'idan navbatma-navbat bir chapga, bir o'ngga joy­lashgan bo'ladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling