5-sinf Servis xizmati yo'nalishi
Download 1.39 Mb.
|
5-sinf yillik konspekt qizlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savollar
Yangi dars bayoni:
Kashta tikish – qiziqarli va ijobiy ish bo’lib, u insonni nafosat olamiga olib kirishi mumkin. Qo’lda kashta tikishning ikki turi mavjud: birinchisi matoning arqoq hamda o’rim iplarini sanab kashta tikish; ikkinchisi esa matoga naqsh-gul, tasvir konturini chizib, erkin kashta tikish. Kashta kiyimlar va buyumlami bezashda katta ahamiyatga egadir. Kashta tikishni bilish orqali, kiyimlami yangilab olish, ko'pgina kerakli buyumlami: salfetkalar, panno, fartuk, yostiq jildlarini, yaqin kishilarga sovg'alarni bezash va tayyorlash mumkin. Kashta tikish san'atining ko'p asrlik tarixi bor. Arxeologik topilmalarda yozilishicha, qadimdan uy-ro'zg'or buyumlari - sochiqlar, to'r hoshiya, dastur-xonlar, bayram va kundalik kiyimlar, peshbandlar, bosh kiyimlar va boshqa narsalar kashtalar tikib bezatilgan. Kashta tikish usullari, gullari, ranglarning mujassamlanishi avloddan avlodga o'tib takomillashib bordi. Sekin-asta eng yaxshi kashtalar tanlanib qoldi va milliy xususiyatlari bilan xarakterli betakror kashta namunalari yaratildi. Xalq ustalari kashta tikib bezagan buyumlar chiroyli gullari bilan, ranglarining bir-biriga mosligi, to`la mutanosibligi, bajarish usullari ning aniqligi bilan ajralib turadi. Kashta tikilgan bar bir buyum amaliy vazifasiga to'g'ri keladi. Mamlakatimiz muzeylarida xalq kashtachiligining ko'plab namunalari to'plangan, ayniqsa XIX asr kashtalari eng yaxshi saqlanib, shu kunlargacha yetib kelgan. Kashtachilikda ishlatiladigan chok namunalaridan foydalanib kiyimlarni, uy-ro'zg`or va xona anjomlarini bezatish mumkin. Bu vaqtda albatta xavfsizlik qoidalariga amabqilish zarur, ya'ni kashta tikishda to'g'ri o'tirish, yorug'likni chap tomondan tushib turishi, asbob-moslamalardan to'g'ri foydalanish kerak. Qo'lda kashta tikish uchun juda oddiy asboblar kerak bo'ladi. Bular: igna, angishvona, qaychi, santimetr tasmasi, gardish, turli xil mulina iplari. Bularning hammasi maxsus qutichada saqlanishi kerak. Mustahkamlash uchun savollar: Kashtachilik haqida nimalarni bilasiz? Kashtachilikning ahamiyati haqida to'xtaling. Kashta tikish turlarini ayting? Kashtachilikda xavfsizlik texnikasi qoidalarini izohlang. Kashta tikishda qanday asbob va moslamalardan foydalaniladi? Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling