5-variant Til strukturasi nazariyasi. Izomorfizm nazariyasi. Sathlar iyerarxiyasi


Til va so'zlashuvchilarning ruhiy faoliyati


Download 96.5 Kb.
bet10/11
Sana28.12.2022
Hajmi96.5 Kb.
#1014380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-7 variant.javoblari

3. Til va so'zlashuvchilarning ruhiy faoliyati. So‘zlovchi shaxsining izi faqat uning nutqidagina emas, balki intonatsiyasi, mimikasi, imo-ishoralari va shu kabi noverbal vositalarda ham ko‘zga tashlanadi. Noverbal vositalar verbal vositalar kabi so‘zlovchi shaxsini, uning fikrini, munosabatini ifodalash imkoniyatiga ega bo‘lib, muloqot jarayonida alohida o‘rin tutadi. N. I. Farmonovskayaning fikrlariga qaraganda, odamlar suhbat jarayonida o‘zlari aytmoqchi bo‘lgan fikrning 7% inigina so‘z orqali, qolgan 38% ni ohang va 55% ni imo-ishora orqali bayon etar ekanlar.[2] Chunki “har safar «obyekt» elementi paydo bo‘lishi bilan, ongda darhol “subyekt” elementi ham vujudga keladi, yoki, aksincha, “subyekt” elementi paydo bo‘lishi bilan – “obyekt” elementi ham paydo bo‘ladi, va, bu bilan bir vaqtda, obyektivga subyektiv ishlov berish mexanizmi ham qo‘shiladi.[3] Nutqiy jarayon esa to‘la ma’noda subyektiv hodisa bo‘lib, u birinchi galda noverbal vositalar orqali ko‘zga tashlanadi. Chunki psixofiziologik jarayon, nutq yuzga kelmay turib, nutqiy jarayongacha bo‘lgan muddatda o‘zini namoyon qiladi. Nutqning yaralishida motiv asosiy rol o‘ynaydi. Motiv bo‘lmasa, nutq shakllanmaydi. So‘zlovchining axborot uzatish yoki biror narsa haqida ma’lumot olish, o‘z munosabatini bildirish, ichki hissiyotini namoyon qilish istagi nutqning shakllanishiga turtki beradi.Demak, nutqning shakllantiriuvchi vositalar ikkiga bo‘linadi: bularning birinchisi, nutqning shakllanishigacha bo‘lgan jarayonda yuzaga keluvchi psixofiziologik hodisa bo‘lib, u nutqning shakllanishiga turtki beruvchi noverbal omillarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa, nutqning yuzaga kelishi bilan bog‘liq verbal omillar sanaladi. Bularning bari nutqning yaralish jarayonini boshqaradi va uning individualligini ta’minlaydi hamda ular vositasida nutqda (matn)da so‘zlovchi shaxsi ifodalanadi.
4. Milliy tilning shakllanish omillari. Milliy tilning xalq tilidan farqi unda adabiy yozuv shaklining mavjudligidir. Har bir millatning madaniy merosi ana shu tilda o‘z aksini topadi. Tilning rivojlanish tarixi jamiyat tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. Til taraqqiyotida qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi turli munosabatlar, savdo-sotiq va madaniy aloqalar, urushlar o‘z ta’sirini qoldiradi. Bu ba’zi tillarga ko‘proq, ba’zilariga kamroq ta’sir etadi. Dunyoda sof tilning o‘zi yo‘q. Masalan, ingliz tili lug‘at boyligining 30 foizi sof ingliz so‘zlari bo‘lib, qolganlari roman va sharq tillaridan o‘zlashgan.Tillarning chatishuvida substrat va superstat haqida gapirish mumkin (tag qatlam va ustki qatlam). lkkala tushuncha mag‘lub tilning g‘olib tildagi elementlaridir. Bir tildan ikkinchi tilga so‘zlaming o‘zlashtirilishi substratga kiimaydi. Substratda g‘olib til mag‘lub tilni siqib chiqaradi va bunda mag‘lub til g‘olib tilga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Superstatda kelgindilar tili mahalliy tilga sezilarli ta’sir o‘tkazadi, lekin uni siqib chiqara olmaydi.Tilda inqilob bo‘lmaydi. Tildagi o‘zgarishlar asta-sekin evolyutsion yo‘l bilan amalga oshadi. Til taraqqiyotida turg‘unlik bo‘lmaydi. U doim rivojlanadi.Har qanday til o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida lug‘at tarkibini ichki va tashqi manbalar hisobiga boyitib, rivojlantirib boradi. Til taraqqiyotining bu umumiy qonuniyati o‘zbek tili uchun ham taalluqlidir. O‘zbek tili lug‘at tarkibining boyishida ichki manbalar muhim manbalardan hisoblansa-da, dunyodagi hech bir til faqat oz ichki manbalarigagina tayanib ish ko‘rmaganidek, o‘zbek tili uchun ham faqat o‘z so‘zlari, o‘z qatlam boyligi va imkoniyatlarigina kifoya qilmaydi. O‘zbektili lug‘at sostavining boyishi va takomillashuvida tashqi manba (resurs) muhim rol o‘ynaydi. Umuman, dunyoda hech bir til boshqa tillardan mutloq ajralgan holda rivojlana olmaydi. Shu sababli, har qanday tilning lug‘at tarkibida shu til bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan boshqa tillarning elementlari mavjud bo‘ladi. Xalqlar o‘rasidagi o‘zaro munosabatlar negizida tillararo so‘z almashtirish yoki o‘zaro so‘z o‘zlashtirish hodisasi sodir bo‘ladi. Chunki xalqlar o‘rtasida sodir bo‘lgari o‘zaro munosabatlar natijasida o‘zlashgan moddiy ashyolar va ma’naviv-ma’rifiy tushunchalar bilan birga, o‘z navbatida, ularni ifodalovchi leksemalar ham o‘zlashadi.

Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling