5-variant Til strukturasi nazariyasi. Izomorfizm nazariyasi. Sathlar iyerarxiyasi
Download 96.5 Kb.
|
5-7 variant.javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Nutqning yuzaga kelish bosqichlari. Matn segmentlar.
3. Qiyosiy-tarixiy metod. Qiyosiy metod. Olamni bilishda o‘rganilayotgan obyektni qiyoslash katta rol o‘ynaydi. Oldin o‘rganilgan obyektni yangi o‘rganilayotgan obyektga qiyoslash bilishning eng asosiy usullaridan biridir. Qiyoslash natijasida qiyoslanayotgan obyektlarning umumiy va o‘ziga xos jihatlari aniqlanadi. Bunday usul tilshunoslikda ham qardosh va qardosh bo‘lmagan tillarning umumiy va o‘ziga xos jihatlarini yoritishda keng qo‘llaniladi. Shuning uchun ham qiyoslash umumilmiy tafakkur jarayoni sifatida lingvistik tahlilning barcha metodlarida uchraydi.Lekin lingvistik tadqiqot metodikasida bir tilning ichki tuzilishi bo“yicha qiyoslash va tillararo qiyoslash jiddiy farqlanadi. Bir tilning ichki tuzilishi bo“yicha qiyoslash shu tilning turli grammatik hodisalari va kategoriyalarini o‘z ichiga oladi. Masalan, sifat bilan ravish qiyoslanadi va ularning umumiy hamda o‘ziga xos jihatlari aniqlanadi.Tillararo qiyoslashda turli tillar bir-biriga taqqoslanadi.Tillararo qiyoslash, bir tomondan, qardosh tillarni, ikkinchi tomondan, noqardosh tillarni o‘rganish va o‘qitish tajribasi ta’sirida maydonga keldi.Tillararo qiyoslash o‘ziga xos tadqiqot usullari sistemasiga ega. U ikki xil tilshunoslik metodini vujudga keltirdi. Birinchisi, qardosh tillarni qiyoslash, ikkinchisi esa noqardosh tillarni qiyoslash.Birinchi tipdagi qiyoslashda qardosh tillardan bittasini boshqasiga qiyoslash yo‘li bilan ularning tarixiy taraqqiyoti, ular o‘rtasidagi farqlanish jarayoni ochib beriladi. Bunday qiyoslash qiyosiy-tarixiy metod asosida olib boriladi. Bu metod tillarning genetik umumiyligiga asoslanadi.
4. Nutqning yuzaga kelish bosqichlari. Matn segmentlar. Nutqiy faoliyat” tushunchasi. F. de Sossyur tomonidan til va nutqning farqlanishi psixolingvistik tadqiqotlarda “nutqiy faoliyat” tushunchasining yanada aniqroq bo‘lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. A.A.Leontev fikriga ko‘ra, F.de Sossyur nutqiy faoliyatni til va lisoniy qobiliyatning birligi sifatida tushuntirgan. L.V.Shcherba esa nutqiy faoliyatni so‘zlash va tushunish jarayonlarining umumlashmasi, deb belgilagan. Ye.S.Kubryakovaning ta’kidlashicha, aynan L.V.Shcherba til hodisalariga oid bo‘lgan nutq, uning real asosi hamda nutqiy jarayon mahsulini ajratib ko‘rsatgan. Shuningdek, olima nutqiy faoliyat termini ostida nutq yaratilishi va uning qabul qilinishiga oid barcha hodisalarni tushunish kerakligini alohida qayd etgan.Nutqiy faoliyatning tuzilishi. Insonning barcha boshqa faoliyatlari kabi nutqiy faoliyat ham darajali yoki bosqichli tuzilishga ega. I.A.Zimnayaning fikricha, nutqiy faoliyat qo‘zg‘atuvchi-motivasion, yo‘naltiruvchi-tadqiqot va ijro kabi uch bosqichdan tuzilgan bo‘ladi.Birinchi bosqichda faoliyat ehtiyojlar, motivlar va maqsadlarning o‘zaro ta’sirida amalga oshadi. Bunda faoliyatning asosiy manbasi ehtiyojdir. Umumiy psixologiyada ehtiyoj shaxsni faoliyatni amalga oshirishga bo‘lgan xohishi, intilishi, urinishi, deb izohlanadi. Buni nutqiy faoliyatga “gapirishni xohlayman” yoki “jim turolmayman” ko‘rinishida tatbiq qilish mumkin. Nutqiy faoliyatning barcha ko‘rinishlarida uning asosiy manbasi kommunikativ-bilish ehtiyoji va unga mos bo‘lgan kommunikativ-bilish motivi hisoblanadi. Bu ehtiyoj nutqiy faoliyatning predmetida o‘z o‘rniga ega bo‘lgandagina fikrlar mazkur faoliyatning motiviga aylanadi.Nutqiy faoliyat birinchi bosqichining muhim tarkibiy qismlaridan biri nutq niyati bo‘lib, u ehtiyojni nutqning turg‘un motiviga aylanishida katta rol o‘ynaydi. Nutq niyati nutqiy faoliyat subyektining bu faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan ongi, irodasi va hissidir. Nutqiy faoliyatningikkinchi bosqichini faoliyatni amalga oshirish sharoitlarini o‘rganishga, faoliyat predmetini aniq belgilashga va uning xususiyatlarini yoritishga qaratilgan yo‘naltiruvchi-tadqiqot (yoki analitik) qism tashkil qiladi. Ayni paytda bu bosqich nutqiy faoliyatning rejalashtirilishi, dasturlanishi va ichki-ma’noviy tuzilishidir.Bu bosqichning birinchi unsuri nutqiy faoliyat subyektining bu faoliyatni sharoitlarda amalga oshirishdagi (birinchi galda nutqiy kommunikatsiya sharoitida) turlicha plandagi yo‘nalishini ko‘zda tutadi. U nutqiy faoliyat subyekti yo‘nalishining quyidagi savollar bo‘yicha “Kim bilan”, “Qayerda”, “Qachon”, “Qaysi vaqt oralig‘ida” nutqiy faoliyat amalga oshishini ko‘zda tutadi. Uchinchi bosqich ijro bosqichidir. Bu bosqich nutqiy ifodalarni amalga oshirish (yoki qabul qilish va tushunish)ni, shu bilan birga, faoliyatni amalga oshishini va uning natijalarini nazorat qilish amallarini o‘z ichiga oladi. Download 96.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling