5-variant Til strukturasi nazariyasi. Izomorfizm nazariyasi. Sathlar iyerarxiyasi
-variant 1. Til va tafakkur. Til va mantiqiy
Download 96.5 Kb.
|
5-7 variant.javoblari
6-variant
1. Til va tafakkur. Til va mantiqiy tafakkur. Tilning bo‘lishi, uning amalga oshishi tafakkur orqali bo‘ladi. Buni Nosir Xisravning quyidagi shе’ri bilan asoslash maqsadga muvofiqdir:So‘z ichra mudom aql yashirindir,So‘z – chimildiq, aql kеlindir.Tafakkursiz til bo‘lmagandеk, tilsiz tafakkur ham bo‘lmaydi.Til bilan tafakkurning o‘zaro munosabati, birligi haqidagi masala falsafa tarixida ham, umumiy tilshunoslik tarixida ham eng muhim muammolardan hisoblanib keladi va kelmoqda. Til va tafakkurning o‘zaro jamiyat o‘rtasidagi aloqani puxta o‘rganish lozim bo‘ladi.Til bo‘lmasa, jamiyat a’zolari orasida ijtimoiy aloqa va munosabat ham, odamlar yashayotgan jamiyatning o‘zi ham bo‘lmas edi. Til vositasida bir narsa va xodisalarning mohiyatini chuqurroq bilib olamiz. Bu jarayon tafakkur yordamidagina amalga oshiriladi. Insonning amaliy faoliyati tafakkursiz kechmaydi.Til tafakkur bilan mustahkam bog‘liq bo‘lib, fikrni moddiylashtiradigan, kishilarning fikr almashishlarini ta’minlab beradigan quroldir. Shu jihatdan til va tafakkur bir biridan ajratib bo‘lmaydigan dialektik birlik deb qarash lozim.Til va tafakkur masalasi nihoyat darajada murakkab jarayon bo‘lib, u tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq, psixologiya, fiziologiya fanlari bilan bevosita aloqadadir.Til abstrakt, umumlashma tafakkurning amalga oshishi va mavjud bo‘lishi uchun asosiy vositadir.Til va tafakkur dialektik aloqada, dialektik birlikdadir. Bu shakl va mazmun munosabatiga ham aloqadadir. Mazmun qanchalik chuqur va to‘g‘ri bo‘lsa, shakl shunchalik ixcham bo‘ladi. Mazmun qanchalik hayotiy bo‘lsa, shakl shuncha aniq bo‘ladi. Mazmun qanchalik aktual bo‘lsa, shakl shunchalik tushunarli bo‘ladi.Mantiqiy kategoriya hukmda ikki asosiy birlik (sub’yekt, predikat) va bog‘lama mavjud. Bog‘lamaning vazifasi sub’yekt bilan predikat orasidagi aloqani ko‘rsatish, predikatdagi belgining hukm predmetiga xos yo xos emasligini - fikrning tasdiq-inkorini belgilashdir.Grammatik kategoriya gapda uch asosiy birlik ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘lak mavjud.Gap va hukm bir-biriga mos keladi: Bola yugurdi.Gap va hukm bir-biriga mos kelmaydi: Rasm bolalar tomonidan ishlandi. Bunda ega (rasm) mantiqiy ob’yektni, ikkinchi darajali bo‘lak esa (bolalar) mantiqiy sub’yektni ko‘rsatadi. Download 96.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling