5-variant Til strukturasi nazariyasi. Izomorfizm nazariyasi. Sathlar iyerarxiyasi


Download 96.5 Kb.
bet2/11
Sana28.12.2022
Hajmi96.5 Kb.
#1014380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-7 variant.javoblari

2. Til vajamiyat. Tayanch tushunchalar: til va jamiyat,sotsiolingvistika, me’yorlashtirilgan tillar, mahalliy tillar, kreol tillar, pijin tillar, sun’iy tillarTil va jamiyatning o‘zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani o‘rganadi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir.Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko‘p vazifali, hamma uchun umumiy bo‘lgan aloqa-munosabat vositasidir; sheva esa, vazifa nuqtai nazaridan chegaralangan bo‘lib, tilning nutqiy ko‘rinishini tashkil etadi. Masalan, o‘zbek tiliga qarluq-chigil-uyg‘ur dialekti asos bo‘lgan. Bu sheva Farg‘ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalarini o‘z ichiga oladi. O‘zbek tili—ko‘p dialektli til. Bu hol o‘zbek tilining o‘ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o‘zbek millatining o‘tmishdagi xilma-xil etnik tarkibi bilan izohlanadiTil va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni, tilning falsafa, ijtimoiy psixologiya, etnografiya bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganuvchi soha sotsiolingvistka (ijtimoiy tilshunoslik)dir. Sotsiolingvistika quyidagi masalalarni o‘rganadi: jamiyat va til o‘zaro bog‘liq, mutanosib tarixiy jarayon, hodisadir. jamiyat taraqqiy eta borgan sari tilning ijtimoiy vazifalari ham takomillashib boradi.adabiy tilning, shevalarning lug‘at boyligi kengayadi, ortib boradi.yashash muhiti yaqin, turmush tarzi o‘xshash hamda o‘zaro iqtisodiy munosabatlari shakllangan xalqlarning tillari bir-biriga ta’sir ko‘satadi. Tillar leksik jihatdangina emas, balki grammatik jihatlariga ko‘ra ham ta’sirlashadi. Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini tahlil qiluvchi asosiy soha hisoblanadi. Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini yoritishda tarixiylik, hayotiylik, me’yoriylik, hududiylik kabi qator mezonlarga amal qiladi.Avvalo, til voqelik sifatida mavjud bo‘lishi uchun muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichini o‘tishi kerak. Tilning paydo bo‘lishi, yaxlit tizim tarzida shakllanishi, ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi uning tarixiyligi bilan bog‘liq. Me’yorlashtirilgan tillar adabiy til me’yoriga ega bo‘lgan tillardir. Bunday tillarga adabiy shakliga ega bo‘lgan barcha tillar kiradi. Adabiy til tarixiy taraqqiyot jarayonida takomillashib, o‘zgarib boradi. Qadimiy tillar tillarning dastlabki taraqqiyoti davrida shakllangan, takomiliga yetgan, eng qadimiy madaniy-ma’naviy yodgorliklar yaratilgan tillardir. Bu tillar keyingi davrlarda shakllangan bir qator tillar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Qadimiy tillar kishilik jamiyatining umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyat kasb etgan. Ma’lum davrda aloqa-munosabat vositasi sifatida mavjud bo‘lib, keyingi davrlarda iste’moldan chiqa borgan. Natijada o‘lik tilga aylangan. Lotin tili qadimiy tilning yaqqol namunasidir. Mahalliy tillar kam sonli aholiga xizmat qiladigan tillardir. Mahalliy tillar o‘z yozuviga ega emas. Bunday tillar faqat og‘zaki shaklda mavjud bo‘lib, aholining kundalik aloqa-munosabat ehtiyoji uchun xizmat qiladi. Kreol tillarYevropa mustamlakachilarining afrikaliklar, Sharq mamlakatlari xalqlari va Amerika hindulari bilan muloqoti natijasida mahalliy aholi tillariga Yevropa tillari (fransuz, ingliz, portugal) xususiyatlarining singishidan hosil bo‘lgan tillardir. Masalan, Amerikadagi Gaiti oroli mahalliy aholisi tilining fransuz tili bilan aralashuvi natijasida giti-kreol, Lotin Amerikasidagi mahalliy aholi tili bilan ispan tilining aralashuvidan ispan-nauatal kreol tili hosil bo‘lgan. Kreol tillarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda birdan ortiq tilning o‘ziga xos xususiyatlari yaxlit holda namoyon bo‘ladi. Pijin tillar ham Yevropa tillari bilan mahalliy tillarning aralashuvidan yuzaga keladi. Lekin pijin tillarida so‘zlashadigan jamiyat yo‘q (kreol til jamiyat uchun aloqa-munosabat vositasi sifatida xizmat qiladi). Pijin tillardan port shaharlarida ikkinchi til sifatida foydalaniladi. Sun’iy tillar maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi L. Zamengof tomonidan yaratilgan esperanto tili sun’iy til hisoblanadi. Bu tilning lug‘aviy asosi Yevropa tillaridan olingan, grammatikasi agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosida. Bu tilda mashhur asarlar tarjima qilingan. Radio eshittirishlar ham tashkil qilingan. Bu tilning keyingi taqdiri muayyan davr bilan bog‘liq.

Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling